21 mart Navro’z bayrami haqida sara sherlar to’plami

Tavsiya etamiz

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami senariylar to’plami yuklab oling:

8-mart bayrami uchun sara sherlar tabriklar to‘plami

Bahor fasli haqida eng sara sherlar guldastasi yuklab oling

Ayollar opa-singillarimiz haqida sara sherlar tabriklar to‘plami

TV dasturlar:

Tush tabiri:

Har yili Yurtimida 21-mart Navro’z umum xalq bayrami Yangilanish yosharish fasli sifatida katta tantana bayram qilib nishonlanadi. Ushbu Navro’z haqida sara sherlari to’plamini qabul qiling.

Bahor

Biz kutgandik bahor taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sog‘ingandik bahor faslini,
Qarang baxor isi sezildi.

Qarang qushlar ovozi jarang,
Ko‘z quvnatar ko‘m ko‘k maysalar.
Ochilmoqda gullar rang barang,
Bahor go‘zal ayting qanchalar?

Yeh bahorni o‘rni bo‘lakcha,
O‘xshamaydi xech bir fasilga.
Bahordagi gullar o‘zgacha,
Mast bo‘lasiz gullar xidiga.

Sog‘ngandik bahor faslini,
Qarang bahor yo‘qlab kelibti.
Najot berib mayin shabboda,
Qarang ko‘kda varrak uchibti.

Biz kutgandik oftob taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sog‘ingandik bahor faslini,
Qarang bahor isi sezildi.

Tavsiya etamiz: 21 mart navro’z bayrami uchun tabrik sherlar va tilaklar to’plami

Navro’zi olam keldilar!

Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qoshi qalam,
Navro’zi olam keldilar.

Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!

Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko’rdik Navro’z.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik Navro’z

“NAVRO’Z MUBORAK “

Bahoringa biram yarashgan
Har insonga mehr ulashgan.
Sumalakka,halimga shoshgan
Navro’zingdan aylanay sening!

Gullolalar tizilgan marjon
Omonlikka yetsinda har jon.
Yuraklarda ajib hayajon
Navro’zingdan aylanay sening!

Zilol suvga to’lar ariqlar
Xush ifordan mastku borliqlar.
Qolib ketar ko’ngil og’riqlar
Navro’zingdan aylanay sening!

Sevaralar va Go’zaloylar
Ko’rinishar ochib chiroylar.
Maftunalar bayramni poylar
Navro’zingdan aylanay sening!

Iymoni but Imonaxonlar
Kutdi seni qumsab bahorlar.
Chechak ochdi so’lim naxorlar
Navro’zingdan aylanay sening!

Xush kelibsan yurtimga ko’klam
Olib kelding shodlikni to’plam.
Senla qarindoshlar jamuljam
Navro’zingdan aylanay sening!

Albattta o’qing: 21-mart «Navro’z» bayrami tadbirlar ssenariysi

Mirxalilova Shaxnoza

Avval yuragingga mo’ralaydi u,
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z.
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro’z!
Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to’kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro’z!
Ona bag’ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig’ g’am,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro’z!
Yana ko’ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko’z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro’z!

Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko’rdik navruz.

Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik navroz.

Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko’rdik navro’z.

Tavsiya etamiz: Bahor fasli haqida eng sara sherlar guldastasi

Navro’z tilaklari

Qadimiy bayramdir,ko’hna an’ana,
Yurtimda boshlanar to’yu-tantana.
Bir-birin qutlashar do’stlar do’stona,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Qaldirg’och qanotda baraka olib,
Olamni yashatib,yurtni yashnatib,
Yurakni yangilab ,dilga qo’r solib,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Ona yer taftidan g’uncha gul ochar,
Gullar qo’shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgach,bolari qochar,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bahorga o’xshagan suluv kelinchak,
Dala-qirlaringdan terar gul-chechak,
Go’zal tilak aytib kavlar sumalak,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Zumrad bahor iliq nafasin olgan,
Gulu-lolalarga poyondoz solgan,
Ko’ngilni yashnatib biz bilan qolgan,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!

Azizim baxt iqbol doim yor bo’lsin
Yurgan yo’llariz gullarga to’lsin
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin
Navrözi ayyomingiz muborak bo’lsin!

Doim go’zal qilaylik niyatimizni,
Tilaylik Allohdan rizq-ro’zimizni.
Olqishlab qo’yaylik bir-birimizni,
Navro’z ayyomingiz bulsin muborak !

Tavsiya etamiz: 21 mart navro’z bayrami uchun tabrik sherlar va tilaklar to’plami