25-may kuni o’tkaziladigan “So’ngi qo’ng’iroq“ tadbiri ssenariysi

Tavsiya etamiz

kontrakt.edu.uz online ariza berish tartibi

Eng sara ta'sirli sherlar to'plami

25-may kuni o’tkaziladigan “So’ngi qo’ng’iroq“ tadbiri ssenariysi

Vosilxo’ja : Assalom azizlar , muhtaram zotlar,
Tashrif uchun rahmat diydor g’animat
Bu damlar g’animat , umr g’animat
So’zimiz boshlashga etingiz ruxsat
Elshod : Assalomu alaykum , mehridaryo ustozlar , mehribon murabbiylar, hurmatli ishchi aka-opalar.
Vosilxo’ja : Assalomu alaykum , bugungi “So’nggi qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar
Elshod : Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin
Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin
Taklif etmoqlikka berasiz ruxsat
Qarsak urib turing maktabdoshlarim
Vosilxo’ja : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 9-sinf bitiruvchi o’quvchilarini kutib olaylik.
( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )
1-boshlovchi : Assalom, ey ahli donishlar salom
Mehri ummon qalbi quyoshlar salom
Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom
Aziz ustozlarim salom assalom
2-boshlovchi : Ey olloh nazari tushgan ustozlar
E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar
Dillarda ehtirom tillarda kalom
Deymiz biz sizlarga, salom assalom
1-boshlovchi : Assalomu alaykum ,aziz ustozlar, qadrli mehmonlar, maktabdoshlar.
Bugun biz bitiruvchilar uchun eng hayajonli hamda quvonchli kun .
2- boshlovchi : Tuprog’ingda daholar xoki
Ul sohibi dunyolar xoki
Bobolarki, ulug’ chinordek
Momolarki, Qutlug’ Nigordek
Chinorlarki, beshiklar bo’lgan
Kelajakka eshiklar bo’lgan
Sen onasan muqaddas Vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
Xazinamsan, taxtim o’zingsan
Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan
Yer yuzining jannati sensan
Yaratganning san’ati sensan
Jannatbog’im hazrattog’imsan
Mehrobimsan, sajdagohimsan
Sen onasan, muqaddas Vatan
Yagonasan, muqaddas Vatan
Manglaydagi Durri Akbarim
Ne ko’zlarni olgan gavharim
Qora niyat, g’araz so’zlardan
Asragaymiz yomon ko’zlardan
Ko’ksim ichra yuragim tumor
Bu tumorda qutlug’ noming bor
Sen onasan muqaddas Vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
1-boshlovchi : Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning g’urur va iftixorimizdir.
Madhiya ijro etiladi.
1-boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasini ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internatimiz direktori , muhtaram ustozimiz I. O. Qodirovga beramiz. Marhamat ustoz.
2-boshlovchi :Biz ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodlarimiz. Bizning bu hayotda orzularimiz , ko’zlagan maqsadimiz qiladigan ishlarimiz juda ko’p, lekin eng buyuk , eng muqaddas vazifamiz xalqimiz istiqbolini ko’z qorachig’day asrash, uning xafsizligini ta’minlashdir.
Vatan haqida she`rlar:

Bugun bizlar barkamol avlod
Shu vatanning suyanch, ardogi Azim chinor bolsa gar Vatan
Bizlar uning korki, yaprogi

Mag`rur dilda muqaddas maqsad
Shu vatanning koriga yarash
Va shuuriga bosilgan farah
Tiniq fitrat, keng dunyoqarash

Biz hech kimdan kam bo’maymiz Kam bolmaymiz, illo hech qachon
Biz birdammiz, sofid qadammiz
Ortimizda Vatan jonajon
Hamma
Biz barkamol, oktam avlodmiz Kelajagi buyuk davlatmiz 1-boshlovchi : Bugun yuragimizda hayajon, quvonch qarshingizda turar ekanmiz dono bobo – buvilarimizning “Umr oqar daryo” degan hikmatlarini yana bir bor esga olmoqdamiz 2-boshlovchi :. Ha keksalarning har bir sozi hikmat, hayot yollarimizda mayoq. 1-boshlovchi : Keksalarning davrlar sinovidan otgan sozlari purhikmat maqollarga aylanib ketgani hech kimga sir emas 2-boshlovchi :.”Ustoz otangdek ulug” deydilar. Hayotda yaxshi ustozdan talim olishning ozi baxt-omad.
Ustoz haqida sherlar Kongling zilol suvdek oqib ketadi
Tanangga havolar yoqib ketadi
Quyosh ham havasla, boqib ketadi
Yo’lingda muallim – ustoz uchrasa Ezgu – orzularla konglingni sof tut
Qayerda bolsang ham yaxshilarni kut Ustozga ta’zim qil, gamlarni unut
Yo`lingda mualli