Konstitutsiya haqida sara sherlar to‘plami

8-dekabr Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan.

Mundarija:

Konstitutsiya – baxtimsan

Sendan topdim baxtimni,

Huquqimni ahdimni.

Yo’lim nurafshon bo’ldi,

Ko’nglim zavqlarga to’ldi.

Sahifangni o’qisam,

Asarlar bor biz uchun.

Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?

Qomusim bor, baxtim bor

Mening suyangan tog‘im,
Yo‘l ko‘rsatar mayog‘im,
Gullagay chaman bog‘im,
Qomusim bor, baxtim bor.

Har satrida inju-zar,
Ajdodlar ruhi kezar,
Hayotim, umrim bezar,
Qomusim bor, baxtim bor.

El-ulusni teng deydi,
Xalqning g‘amini yeydi,
Dillar cho‘ng Baxtni tuydi,
Qomusim bor, baxtim bor.

Hech kimdan kam emasman,
Erta g‘amin yemasman.
O‘zga yurtni demasman,
Qomusim bor, baxtim bor.

Vatan obod, ko‘ngil to‘q,
Zarra bo‘lsin armon yo‘q,
Dilda o‘chmas mangu cho‘g‘,
Qomusim bor, baxtim bor.

Boshim baland, qo‘lda soz,
Madh etayin kuylab boz,
Do‘stlar, bo‘ling jo‘r ovoz,
Qomusim bor, baxtim bor.

Tavsiya etamiz  1-oktabr Ustoz va Murabbiylar kuniga bag`ishlangan tadbir ssenariylar sherlar

Konstitutsiya eng oily hakam

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!

Konstitutsiya — baxtimsan

Sendan topdim baxtimni,

Huquqimni ahdimni.

Yo’lim nurafshon bo’ldi,

Ko’nglim zavqlarga to’ldi.

Sahifangni o’qisam,

Asarlar bor biz uchun.

Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?

Qomusimni kuylayman

Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!

Zilola — Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,

Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.

Fidodirman toki tanda qonim bor,

Men elimning Qomusini kuylayman!

Adolatdan, ezgulikdan kuylayman.

Elimning qomusi

— Jahonda eng baxtlilarning biriman.

Men elimning qomusini kuylayman

Go’zal yurtim, iftixorim — Vatanim.

Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!

Hur elimning dovrug’i bor tillarda,

O’zbekiston madhiyasi dillarda.

Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,

Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman

Qomusim sharofati

Iymonli elimning baxtli farzandi,

Tavsiya etamiz  9-May xotira va qadrlash kuni haqida sara sherlar to'plami

Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.

Farovon zamonam porloq dilbandi,

Baxtliman buyuk        Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!

Mustaqil diyorimni himoya etgan,

Dono hur fikrlari jahonga yetgan.

El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan

G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon

Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.

Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!

Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,

Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.

Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!

Konstitutsiya muqaddas

Huquqimiz bayon etguvchi,

Har moddasin bilib olsak bas

Bizni doimo himoya etar,

U barchaga birday muqaddas.

Konstitutsiya kitobi:

— Men baxtnoma kitobman,

Aql hamda idrokman.

Kimki meni o’qisa,

Manguga men hamrohman.

Yo’l ko’rsatib charog’on,

Sizni qilay farovon!

Tavsiya etamiz: Vatan himoyachilari haqida sara sherlar to‘plami

Прокрутить вверх