Tavsiya etamiz
8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami senariylar to’plami yuklab oling:
8-mart bayrami uchun sara sherlar tabriklar to‘plami
Bahor fasli haqida eng sara sherlar guldastasi yuklab oling
Ayollar opa-singillarimiz haqida sara sherlar tabriklar to‘plami
“Hayotimiz guli,oftobi – ayol” 8 mart bayram ertaligi.
Zal bayramona bezatilgan. Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi
yoqimli, hazin kuy taraladi. Sahnaga 1 boshlovchi bo`lib o`g`il bola va 2 boshlovchi
sifatida qiz bola ohista yurib chiqib kelishadi .

B. Yigit : Jannat onalarning poyida emish,
Onadan tug`ilgan payg`ambarlar ham.
Munis onajonlar sochlari kumush,
Topar duosidan ming dardlar malham .
B. Qiz : Onam onajonim nuri jahonim ,
Tengi ,timsoli yo`q, farishta onam.
Jannat isi anqir jambil , rayhonim
CHin ibrat makoni har ishda onam.
B. Yigit : Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar – muhta-
rama onajonlar! Aziz ustozlar ! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan
lobar , bog`chamiz qizlari!
Faxmlagandirsiz, sizning yurak taftingizga bu yilgi qish
ham dosh bera olmay, ortga chekinib, ko`klam nafasi ufura boshladi .
B. Qiz : Ona diyorimiz uzra bahor nasmlari esib turgan kunlarda
xonadonlarimiz farishtasi, oila qo`rg`oni, biz farzandlarni oq yuvib,
oq taragan, yaratganning tengsiz mo`jizasi bo`lgan ayol zotini ulug`lash
va yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg`ularni ifoda etgan holda go`zal-
lik va nafosat bayrami 8 mart- Xalqaro xotin-qizlar kunini nishon-
lash uchun yig`ildik.
B. Yigit : Muhtarama onajonlar! Ustozlar! Opa-singillar va lobar
qizlar! Barchalaringizni go`zallik va nafosat bayrami bilan chin qal-
bimizdan muborakbod etamiz.
B. Qiz : Toleingiz hamisha baland, umringiz uzoq, xonadoningiz
tinch, oilangiz totuv, rizqi nasibangiz ziyoda bo`lsin .
Bola : Bahor keldi gul bilan, shohida bulbul bilan.
Onajonlar tabriklaymiz, bugungi ayom bilan.
Bola : Quyosh kulib boqqan kun, bahor tanga yoqqan kun.
8 mart bugun onajonlar bayrami .
– 1 –
Bola : Biri gul biri bulbul, o`g`il qizlar shod bugun,
Dilidan gul tutadi, mehribon ona uchun .
Bolalar “Onajon” qo`shig`ini aytib beradilar.
So`ng “ Binafsha “ raqsiga tushib beradilar .
B. Yigit : Xushxabar keltirsa kim farzandidan,
Yo`liga poyondoz to`shaydi ayol.
Bo`lsin u olima ,ishchi shifokor,
Dunyoda “ Bolam “ – deb yashaydi ayol !
B. Qiz : To`g`ri aytasiz, dunyoda bolam deb, kuyib yonmaydigan ayol
bo`lmasa kerak . Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib
ko`raylik, ular nima der ekanlar .
Tavsiya etamiz: 8-mart bayrami uchun sara sherlar to‘plami
/Musiqa ostida sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizchalar yoki tarbiya-
chilar chiqib o`zlarini tanishtirib she’r o`qishadi./
SHifokor : SHifokorman oppoq xalatda,
Oppoq tilak bilan yashayman.
El sog`-omon bo`lsin albatta ,
SHunda men ham yayrab yashayman.
SHifokorman lekin avvalo ,
Farzandimga sodiq onaman.
Sochsalarda boshimdan tillo,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
Muallima : SHogirdlarim jonu jahonim,
Hayotimning mazmun – ma’nisi.
Davrasida o`tar har onim ,
Farzandlarim ular barisi .
YAxshi ko`rmay suyib qanchalar,
Muallima oddiy onaman,
Farzand shirin, aziz bunchalar,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
SHoira : So`z qaymog`i suzilar betga,
Bahor misol yasharar olam.
Qog`oz, qalam surilar chetga,
Nogahonda yig`lasa bolam.
Dardga to`la bag`rim , yuragim,
SHoiraman lekin onaman.
El-yurt tinchi orzu tilagim,
Bolam deyman, kuyib yonaman .
– 7 –
CHevar : Qo`llari gul mohir chevarman ,
Ish tikaman mehrimni qo`shib.
Odamlarni dildan sevaman,
Xizmat qilay qalbimdan jo`shib.
Ko`zlarimda quvonch o`t chaqnar,
Tole kulgan baxtli onaman.
Mashhur qildi elga shu hunar,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
Tadbirkor ayol: Ishbilarmon tadbirkor ayol,
YUrt buguni, porloq ertasi.
Rejalarin demang puch xayol ,
Korxonaning rahbar bekasi .
Imkon qo`lda qilmayman inkor,
Tadbirkorman, ayol-onaman.
Mansab, shuhrat arzimas zinhor,
Bolam deyman kuyib yonaman .
Zardo`z : Iplarimning zari tillodan,
Bezaklarda quyosh aks etar .
Momomeros asli xudodan ,
Igna tutsam ular raqs etar.
Zardo`stlik bu, hunar emas-san’at ,
Kasbim faxrim ammo onaman .
Mehrim ulug` tuganmas davlat,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
Olima : Zaxmat chekib tunlar ko`z ilmay ,
Jumboqlarning yetdim siriga .
Va aylandim so`ng bilib bilmay ,
Bilim qasrin asirasiga .
Martabam zo`r mashhur olima ,
Eng avvalo , shukur , onaman .
Tilda , dilda yolg`iz kalima ,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
/SHe’r yakunida boshlovchi yigit va qiz chiqib barcha she’r o`qigan kasb egalari to-
mon o`ng qo`llarini ularga ishora holida she’r o`qiydilar.
B. Yigit : Qay bir kasbda , qanday mansabda ,
Ishlamasin , ayol-bu ona!
Pokiza va nasli nasabda,
Farzandiga mudom parvona .
B. Qiz : Jasoratda erlardan o`tar,
Ibo , hayo yo`l bermas xiyol .
Dilin faqat bir sevinch o`rtar,
– 8 –
Bolam deydi , dunyoda ayol .
Bolalar “ Qizalaq “ qo`shig`ini aytib beradilar . So`ng “ Do`ppi tikdim “ raqsini ijro etib beradilar .
B.Tarbiyachi: Xalqimzda ayolni ezozlagan millatning qadri baland,
degan naql bor . Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida xotin-
qizlarni qo`llab-quvvatlash davlatimizning asosiy yo`nalishlaridan
biriga aylandi. YUrtboshimiz ta’sis etgan Zulfiya nomidagi Davlat
mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo`llab-qu-
vvatlash , rag`batlantirish, yangi marralar sari har sohada yetuk bo`li-
shlariga zamin yaratmoqda .Buni birgina sportchi qizlarimizning
Vatanimiz sharafini jahon miqiyosida munosib himoya qilayotganli-
gi misolida ko`rishimiz mumkin . Bundan tashqari ularning ilm –
fan , ta’lim , sog`liqni saqlash , ishlab chiqarish , san’t , adabiyot va
boshqa sohalarda o`z hissalarini qo`shayotganliklarini guvohi bo`la-
miz.
Sportchi qizlarning chiqishlari .
/Musiqa ostida qizchalar xar-xil sport mashqlarini bajarib beradilar. /
B. Yigit : Hozir o`g`il bolalarimiz G`. G`ulomning “ Onajonimga” nomlishe’rini bayram tuhfasi sifatida aytib berishadi .
Bola : Mehri oftob bo`lgan,
Har so`zi kitob bo`lgan.
yog`u, qaymoq, murabbo,
Oy kulcham, shirin kulcham,
Jahon onajonimsiz .
Bola : YUlduzni uzib beray,
Kunduzni tizib beray.
Vatan axir chamanku,
Kunduzimiz ham kecham ,
Osmon onajonimsiz.
Bola : Bag`ringiz fazoga teng,
Uchushni ham o`rgating
Vatanimday bebaho,
Siz ko`rsating yo`l olay,
CHaqmoq ko`kda uchganday .
Bolalar “Mini yubka “ fonogrammasiga hazil raqs ijro etib beradilar. O`g`il bolalar qizbolacha kiyinib qo`shiqqa mos harakatlar qilib beradilar.
– 9 –
B. Qiz : Qizlarimiz ham bugungi bayramimizga shoir Rauf
Tolibning “ Oyi-Oyijon “ she’rini aytib beradilar . Marhamat
qizlar .
Bola : Oyi agar bo`lsaydim gul,
Sevarmisiz qizingizni ?
Ochilardim yonib yal-yal,
Quvnatardim ko`zingizni .
Bola : Oyi-oyi, bo`lsam shamol,
Qolmasdim hech izingizdan.
Sochingizni silar edim,
O`par edim yuzingizdan .
Bola : Oyi-chi, men quyosh bo`lsam,
SHula sochib boshingizdan .
Termilardim tunlari ham ,
Ketmas edim qoshingizdan .
Bola : Oyi, oyi bo`lsaydim qush,
Tong chog`lari sayrar edim.
Vaqtingizni etdim deb xush,
YAyrar edim, yayrar edim .
Qizlar “ Gulpari “ qo`shig`iga raqs tushib beradilar.
B.Tarbiyachi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan,
Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan.
Millatning jon tomiri sen Vatanga timsolsan,
YUrtning o`chmas chirog`i Momo Havo ayolsan .
Ona muqaddas, ona aziz va mo`’tabar siymo. Ona hayot
chashmasi . Ana shu chashmadan bolalarining chanqoqliklarini qon-
diradi. Onalar haqidagi donolar fikri, xikmatlari asrlar osha
saqlanib kelmoqda . Hozir bolalarimiz ana shu o`zlari o`rgangan
xikmatlardan misollar keltiradilar .
Bola : Onani bir qo`li beshikni
Ikkinchi qo`li dunyoni tebratadi .
Bola : Onaning dili og`risa
yer ham titraydi .
– 10 –
Bola : Ona qadri , hayot qadri .
Bola : Ona ko`nglini olmoq,
50 marta xaj qilgandan afzal .
Bola : Ona bilan lola, gul bilan lola .
Bola : SHaraf tojini izlama,
Onaning rizoligini izla .
Bola : Dunyo tor bo`lganda ham
Ona qorni keng .
Bola : Onaning achchiq so`zi ,
Bolaning aql ko`zini ochadi .
Bola : Bolaning barmog`i og`risa
Onaning yuragi achishadi .
O`g`il bolalar “ Qari navo “ kuyiga raqsga tushib beradilar .
Boshlovchi : Bolajonlar, hammamizni buvijonlarimiz bormi ?
Bolalar : Ha….
Boshlovchi : Kelinglar bo`lmasa ularni madh etuvchi qo`shiq va she’rlar
aytamiz .
Bola : Oq paxtaday sochingiz omon bo`lsin boshingiz,
Ayta qoling buvijon hozir qancha yoshingiz .
Bola : So`zlaringiz xo`p qiziq yuzingiz nega chiziq ,
Achomlasam buvijon bag`ringiz muncha issiq .
Bola : Dadamlarni boqqansiz oyimlarga yoqqansiz ,
Topishmog`u ertakka buvijonim chaqqonsiz .
Bola : Buvijonim qarilar hatto yuzdan narilar,
Yo`qlagan onlarida doim biz yonlarida .
Bola : Suv desa suv tutamiz so`zlarini kutamiz ,
Baxtimizga sog` bo`ling doimo omon bo`ling .
– 11 –
Bola : Sizlar uchun buvijonlar faqat, faqat sizlar uchun,
Quvnoq qo`shiqlar aytib , sizni hursand qilamiz .
Umringiz uzoq bo`lsin , uyimiz nurga to`lsin .
Bolalar “ Buvim bo`lo`rasizmi “ qo`shiq – raqsini ijro etib beradilar . Cong “Leylo “ raqsini ijro etib beradilar .
B. Bola : Ona ulug` zot. Tangri o`zi uni mukarram qilgan. Ne bir foti-
hlar uning qarshisida tiz cho`kmagan . Ular o`z boyliklarini va qud-
ratini uning poyiga sochishga tayyor , turmagan deysiz .
B. Qiz : Daho va allomalarimizni , prezidentimizni , ulug` olim-
larimizni voyaga yetkazgan ham onadir . Onajonlar ta’rifiga har
qancha madhiyalar ham aytsak oz.
Hozir navbatni “Kim chaqqon “ harakatli o`yiniga bera-
miz. Bundan maqsad bolalarimizni onajonlarimizga uy ishlarida
qanday yordam berib , chaqqon ekanliklarini guvohi bo`lamiz .
Bolalar kim chaqqon “ Oshpazlar “ harakatli o`yinini o`ynab beradilar . So`ng “ Samarqandning go`zali “ qo`shig`iga raqsga tushib beradilar .
B. Yigit : Mana, bayramimiz ham nihoyasiga yetdi . YAna bir bor ona-
jonlarimizni 8 mart bayrami bilan qutlab qolamiz .
B. Qiz : YAratgandan sizlarga omonlik , baxt-saodat, xonadonlarin-
gizga fayzu barokat tilaymiz .
Bayram dasturi “ Onajonlar “ qo`shig`i fonnogrammasi kompazisiyasi bilan yakunlanadi .
Bayram senariysi word variantida yuklab oling.
Tavsiya etamiz: 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami senariylar to’plami