8-mart xalqaro xotin qizlar baytami munosabati bilan eng sara sherlar va tabriklar to’plamini qabul qiling.
Mundarija:
8-mart onajonim uchun sherlar
Dunyoda bahormi yoki gul go‘zal?
Dunyoda onami yoki yor go‘zal?
Qanchalik go‘zal bo‘lmasin gullar,
Gullar ifforini bahor taratar.
Qanchalik go‘zal bo‘lmasin yoring,
Uni go‘zal qilib ona yaratar

Eng go’zal insonsiz xayotimdagi.
O’zgani “go’zalim” deganim yolg’on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.
Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo’lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
Og’lingiz ham bir ovqat qilsin.
Bir yilda bir yo’lim poylamang!
Yo’l poylagan ko’zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo’lsin.

Mexr beray bugun sizga ko’p,
Hech bo’lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unutung butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.
Ko’zingizda aslo yosh ko’rmay,
Bugun baxtdan bag’ringiz to’lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo’lsin.
Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil so’zlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bo’lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo’lsin eng shirin so’zim!
8-mart bayram sherlari
Vafo ro’molini bo’yniga boylab,
Kutishga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz ishingda bo’lmagay baror.
Bayramingiz muborak bo’lsin.
Tavsiya etamiz: Ona haqida ta’sirli sherlar to‘plami
Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul “Lola” misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.
8-MART Ayyomingiz muborak bo’lsin!!

Baxor chechaklari bo’lsin armug’on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo’ling shodumon,
Har kuningiz o’tsin bayramday har on!
Beshik kuchib allalar aytgan,
Har tukkanda ýlimdan kaytgan,
Gul iforli nozik gulbadan,
Sen dunyoga keraksan AYoL.
Sen býlmasang erkaklar xarob,
Orzu, umid, ertaklar sarob,
Mayli ba’zan bersang xam azob,
Sen dunyoga keraksan AYoL.

Korasanmi yoki ok, sarik,
Semizsanmi yo ýrta, orik,
Býlsin mayli tovoning yorik,
Sen dunyoga keraksan AYoL.
Xar bir millat yashnashi uchun,
Qýrkmay kadam tashlashi uchun,
Har zamonda, xar kecha, xar kun,
Sen dunyoga keraksan AYoL.
Sen kuyoshsan mexrga týlgan,
Sen bir gulsan karovsiz sýlgan,
Opa, singil, ona, kiz býlgan,
Sen dunyoga keraksan AYoL.
Saxrodayu chaman bogda xam,
Yaxshi kunda, yurak dogda xam,
Sochinga ok tushgan chogda xam,
Sen dunyoga keraksan AYoL.
8-mart tabriklari
Bugun hamma xursand ochiq koʻngillar,
Bayramning shodligidan yayraydi dillar.
qoʻlimda siz uchun bu atirgullar,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon boʻling ayollar.
Azizim hayotda shodlik bor bo’lsin
Ana shu shodliklar sizga yor bo’lsin
Qalbingiz orzu va quvonchga to’lsin
Bugun tailayman sizga ko’p tilak.
8-MART bo’lsin muborak!

Yuzingizdan har doim quvonch ketmasin,
bahoriy kayfiyat tark etmasin.
gʻam-tashvish qalbingiz chertib oʻtmasin,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon boʻling ayollar.
Siz bor uchun fayzlarga toʻldi bu olam,
siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
sizlarsiz oʻzingiz yurakda nolam,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
Ayol
Bu zotga har qancha tariflar yetmas
Ayolning sabriga tan bergan kimlar.
Bugun siz uchun tilaklar bitmas
BAYRAM MUBORAK AZIZ AYOLLAR!
Ayolsiz hayotnig ma’nosi bòlmas
Ayol oldida uyalar gullar.
Ayol yòq uyga farishta kelmas
BAYRAM MUBORAK AZIZ AYOLLAR!

Bahoriy kayfiyat hamrohiz bòlsin
Ròyobga chiqsin ezgu niyatlar!
8-MART MUBORAK BÒLSIN
BAYRAM MUBORAK AZIZ AYOLLAR!!!
Ayollarga tilagimiz
Alloh Odam Atoga hamroh qilib momo Havvoni yaratibdiki yer yuzida xayot bor… Siz ayollar ushbu xayotning boshlanishi, baxorisiz… Siz ayollarning mexri, ishonchi, orzusi borki, bu olam yashaydi, yashnaydi, rivojlanadi… Siz bor kunning xar bir kuni bayram…
Aziz va muhtaram onalarimiz, opa – singillarimiz! Sizlar baxtimizga doyim bor bo‘ling! Siz bor xonadonda fayz bor, baxt bor, mexr bor..! Sizlarga ayollik baxti, sog‘liq va baxoriy kayfiyat doyimo xamrox bo‘lsin! Sizlar doyimo ardog‘imizdasiz!
Tavsiya etamiz: Sevgi haqida eng sara sherlar
Muqaddassiz, o’zbek qizi, ayoli!
Siz ayolsiz, shirin su’zli, muloyim,
Latofatni bergan sizga Xudoyim.
Yuzingizdan oy xam boqib uyaalar,
Zuxro yulduz havas bilan mo’ralar.
Muhabbatda sadoqatli xayoli,
Muqaddassiz o’zbek qizi ayoli.
Siz ayolsiz Momo Xavo naslidan,
Ochilasiz kelsa baxor faslidan.
Ishq bog’ida yigitlarni xayoli.
Muqaddassiz o’zbek qizi ayoli.
Sizga ochiq jannatning ham eshigi,
Qo’lingizda baxtli hayot beshigi,
Alla aytib mehr ila boqasiz,
Murg’ak qalbga oq sut bo’lib oqasiz.
Dardga malham bo’lgan mehri giyoli,
Muqaddassiz o’zbek qizi ayoli.
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol.
Bo’ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.
tavsiya etamiz: Eng sara Sevgi izhorlari –qizlar va yigitlar uchun