Ahad Qayum sara sherlar to’plami

Ahad Qayum ijodidan sara sherlar to’plami qabul qiling marhamat.

Mundarija:

Yo’qchilik emas do’stlar to’qchilik g’avg’o ekan

Mansabu boylik emas, do‘st yiqqan podsho ekan,
Davlating ortganida dushman ham oshno ekan,
Dil mulki bir koshona, hikmati dunyo ekan,
Dunyo ishin o‘ylamang pishmagan savdo ekan,
Yo‘qchilik emas do‘stlar, to‘qchilik g‘avg‘o ekan.

G‘animing ko‘p bo‘lsa gar, otgani tosh izlama,
G‘amlaring ko‘p bo‘lsa ham to‘kkani yosh izlama,
Halol riz-qingni qo‘yib, ortiqcha osh izlama,
Qayda badnafs ko‘p bo‘lsa, shayton ham shaydo ekan,
Yo‘qchilik emas do‘stlar, to‘qchilik g‘avg‘o ekan.
Baxtga to‘lib yurganing ko‘rolmaydi ba’zilar,
Nafas olmay hasadsiz turolmaydi ba’zilar,
Nechun haqiqatga tik qarolmaydi ba’zilar,
Nomardning ko‘zlari ko‘r, yuzlari qaro ekan,
Yo‘qchilik emas do‘stlar, to‘qchilik g‘avg‘o ekan.

Yo‘qchilikda bir burda nonga ham ko‘nar inson,
Yo‘qchilikda sabr etib har dardga chidar inson,
To‘qchilikda boylik deb, balchiqqa botar inson,
To‘qchilikda ortingdan topganing ig‘vo ekan,
Yo‘qchilik emas do‘stlar, to‘qchilik g‘avg‘o ekan.

Eh, bu tirikchilik deb qancha yo‘llarni yurdim,
Eh, bu yigitchilik deb qancha kunlarni ko‘rdim,
Qismat, sherikchilik deb qancha yillarni berdim,
Dili borda dunyo bor, puli bor gado ekan,
Yo‘qchilik emas do‘stlar, to‘qchilik g‘avg‘o ekan.

Ahad, joning g‘animat, o‘tar oning g‘animat,
Olgan nafasing boylik, tirikliging bir ne’mat,
Taxti podshoh bo‘lsa ham, odamdan emas qimmat,
Yahshilarga mol tugul, jonimiz fido ekan,
Yo‘qchilik emas do‘stlar, to‘qchilik g‘avg‘o ekan.

Iqror

Men qotilman hech kim bilmaydi,
Bu aybimni yashirib tuydim,
O’lgan ishqqa qabr bo’lmaydi,
Men sevgimni o’ldirib qo’ydim.

Nima qilib qo’ydim ko’ringlar,
Orzularim ko’zlarin o’ydim,
Men qotilman bilib qo’yinglar,
Men sevgimni o’ldirib qo’ydim.

Men baxtkesar qo’lda qaychiman,
Men baxtto’sar yo’lda ovchiman,Men eng xafli jinoyatchiman,
Men sevgimni o’ldirib qo’ydim.

Alvastido’st nafsim-yalmog’iz,
Ajdar og’zi yutgan o’ljasan,
Uvolinga qoldimku essiz,
Tug’ulmagan farzandimni man.

O’tga tashlab sho’rlik yurakni,
Qonga bo’yab quvonch ko’ylakni,
Tashlab ketdim guldek malakni,
Ko’rmaysizmi mendek tentakni,
Men sevgimni o’ldirib qo’ydim.

Ishqqa maxbus qo’llarim kishand,
Ravo ko’rdim unga o’limni,
Kafanlikka topolmay mato,
O’rab ko’mdim oppoq ko’nglimni.

Tavsiya etamiz  Mening birinchi ustozim haqida sherlar va tadbir senariylari

Men sevgimni o’ldirib qo’ydim,
Pushaymonko’l hanjarida qon,
Qabrtoshga ismingni o’ydim,
Men adashdim kechir sevgijon! 

Tavsiya etamiz: Muhammad Yusuf sara she’rlar to’plami.

Odamlar

Bu xayot biz uchun nima odamlar,
Sinovmi, jumboqmi yoki bir o’yin.
Bilmoqqa qanchalar intilsang agar,
Yashamoq shunchalar tuyular qiyin.


Bu dunyo biz uchun nima odamlar,
Zo’rlar bo’lib olgan kurash maydonmi.
Noxaq otasidan ranjir o’g’illar,
Onalar qiziga qarab xayronmi.


Bu nafas biz uchun nima odamlar,
Demak biz borlikning bir bulagimiz.
Bizga nesamardir ganimat damlar,
Osmonni yoritsin tilaklarimiz.


Bu yurak biz uchun nima odamlar,
Xar laxza bo’lingay ming bir bo’lakka.
Uning xonishin tinglasak agar,
Ruximiz uchadi qushdek falakka.


Bu yoshlik biz uchun nima odamlar,
Kim xam bosa olgay yurak taftini.Yuzimizga ajin tushsa xam agar,
Yana sog’inamiz uning atirini.

Muxabbat biz uchun nima odamlar,
Ming yillab kutamiz visol onini.
Buni ishq o’tida kuyganlar bilar,
Sevgidan yaratmish inson jonini.

Guzallik biz uchun nima odamlar,
Kim xam ayta olgay oshiqlik sirin.
Goxo sarob misol turar jilvagar,
Shuncha ko’p anglaysan tushungan sarin.

Bu umr biz uchun nima odamlar,
Bu yillar, bu kunlar soat-dakika.
Qancha yoqib, qancha yoqdik shamlar,
Kimlar bizni eslar, kimlar unutar.

Bu ko’ngil biz uchun nima odamlar,
Ne uchun chalinar dil torlarimiz.
Kimnidir ko’ziga tushurgay namlar,
Bilmayin yetkazgan ozorlarimiz.

Bu yo’llar biz uchun nima odamlar,
Olg’a yursang ortga qaytish xam bordir.
Unga qaraganda o’ylang xar safar,
Bu xayot yo’llari juda xam tordir.

Bu taqdir biz uchun nima odamlar,
Xudo yorug’ qilsin peshonangizni.
O’ksinmang ustma-ust tushsa xam g’amlar,
Doimo pok tuting iymoningizni.

Tiriklik biz uchun nima odamlar,
Aziz saqlamokmi do’stlar nomini.
Yaxshilik yo’lida bog’lasak kamarini,
O’shada sezgaymiz xayot totini.

Bu sherim siz uchun nima odamlar,
Balki bir shunchaki ko’ngil ermagi.
Shu yerda so’zimni qilsam muxtasar,
Axadning bir tushdek shirin ertagi

Uni visol demayman

Shabboda mayin essa,
Uni shamol demayman,
Sevgim bir kelib ketsa,
Uni visol demayman.

Dilga baxt yo’llamasa,
Bir yashnab gullamasa,
Orzuga o’ramasa,
Uni bahor demayman.

Dunyo g’amin yemayman,
Sevmaganni sevmayman,
Chorlamasa kelmayman,
Ishqni xayol demayman.

Dilga darding yuklama,Kerak paytda uxlama,
Bilaman, noz reklama,
Seni makkor demayman.

Tavsiya etamiz  1-iyun bolalar kuniga bolalar uchun sara sherlar to'plami

Demayman, yo’tk demayman,
Men tomon boq demayman,
Dilga o’t yo’q demayman,
Menga bo’l zor demayman.

Uchsa ham samolyotlar,
Bo’shasa aeroportlar,
Kemasiz qolsa portlar,
Senam yo’qol demayman.

Kechirgin men telbani,
Tabletka deb tugmani,
Tugma deyman tangani,
Bu bir misol demayman.

Sherdan to’lgan disketam,
Oyoqda ipsiz ketam,
Bo’m bo’sh bo’lsa ham kissam,
Ahad nochor demayman.

Shabboda mayin essa,
Uni shamol demayman,
Sevgim bir kelib ketsa,
Uni visol demayman.

Ey do’st

Tug’ilmoq, yashamoq har bir boshda bor,
Kimlarga omad yor, kimlar baxtga zor,
Kimningdir gul umri so’lganda bekor,
O’yla, bu umrning savdosin ey do’st,

Tingla bu ko’ngilning sadosin ey do’st.
Ey do’st, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolg’onchilik nedur, oxiri chohdur,

Olgin ota-onang duosin ey do’st,
Xato yozma ko’ngil inshosin ey do’st.
Baxtning ildizi bu sabr degani,
Ey do’st besabrlik jabr degani,
Yaxshilik oxiri qadr degani,
Tushun, zarhikmatlar manosin ey do’st,
Ko’tarma nodonlar g’avg’osin ey do’st.
Sevgini rad etmoq gunohdir azal,

O’zga yurt vatandan bo’lolmas avzal,
Eng avval dilxonang bezatgin go’zal,
Topgaysan har dardning davosin ey do’st,
Qilmagin buyuklik da’vosin ey do’st.

Atrofga boq, sendan pastroqlaram ko’p,
Dushmanlar ichida do’stroqlaram ko’p,
Gulzorlar ichinda tuzoqlaram ko’p,
Olarsan rohatlar jazosin ey do’st,

Orttirma joningni jafosin ey do’st.
Sen uchun Ahaddan sharhi nasihat,
Bir yaxshi, bir kuni yomon vaziyat,
Bir kuni chekmayin desang aziyat,

Tanigin olamlar podshosin ey do’st,
Qilmagin gumrohlar xatosin ey do’st.
Ey do’st, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,

Yolg’onchilik nedur, oxiri chohdur,
Olgin ota-onang duosin ey do’st,
Xato yozma ko’ngil inshosin ey do’st.

Tavsiya etamiz: Ona haqida ta’sirli sherlar to‘plami

Yana qaytib kelaman

Bu yerlarga yana qaytib kelaman,
Bunday olamlarni xech ko’rmagandim,
Sog’inchli salomim aytib kelaman,
Bunday odamlarni xech ko’rmagandim.

Otamning yuzini eslatish uchun,
Onamning so’zini eslatish uchun,
Ustozlar izini eslatish uchun,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Shirin hotiralar qo’llarin ushlab,
Quvonchga cho’milib baxorday yashnab,Shaxarda eng zarur ishlarim tashlab,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Tavsiya etamiz  Mustaqillik haqida sara sherlar to‘plami

Unutib, shon shuxrat mag’rurligimni,
Unutib, siz uchun mashxurligimni,
Xammadan eng oddiy odam bo’laman,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Kim sizchalik qadrim sezadi ayting,
Kim meni sizchalik sevadi ayting,
Do’stlarim agarda yo’lingiz tushsa,
Bizlar tomonga xam bir kirib o’ting.

Biringiz otamsiz, biringiz bolam,
Ko’rmadim dunyoda sizdan zo’r olam,
Minglab quyoshqalblar, mexmondo’st odam,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Axad Qayum yozar ming bir manoda,
Yashar ijod degan ertakbinoda,
Kitobga aylanib, yoki kinoga,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman

Hayot, menga imkon ber, hayot

Xayot menga imkon ber hayot,
To’siq qo’yma mening yo’limga,
Kimligimni etayin isbot,
Yomon niyat yo’qdir dilimda…
Hayot menga imkon ber hayot,
Meni sotgan nomard do’stlarim,So’rab kelsin qo’limdan najod,
Ochib qo’yay bir bir közlarin.

Uchmadim men zebu ziynatga,
Oxir borib qolmay g’iybatga,
Chidaganman og’ir mehnatga,
Chidaganman yolg’on tuhmatga,
Ko’nib yashab keldim qismatga,
IMKON BERGIN O’ZING AHADGA!!!

Men uchun ham o`zingni asra sevgi haqida she’r

Sevdim degan so’zingni asra,
Meni kutgan ko’zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o’zingni asra.

Asra, dilda muxabbatingni,
Asra menga ko’ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o’zingni asra.

Ko’ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko’p yig’latsa bu hayot,Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o’zingni asra.

Sinab bir bor vadalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o’chin,
O’rtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o’zingni asra.

Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig’lab izlaring o’pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o’zingni asra.

Yurakka in qurmayin qayg’u,
Hayotingga solmagin og’u,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham o’zingni asra.

To’ldir jonim, qalbingni nurdan,
Go’zal bo’lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o’zingni asra.

Прокрутить вверх