Tavsiya etamiz
Eng sara mazmunli ta'sirli sherlar to'plami:
Hikoyalar va Rivoyatlar Munajjimlar bashorati kunlik Abdulla Oripov sherlari
Alifbo bayrami uchun barcha harflarga atalgan eng sara sherlar to‘plamini qabul qilib oling.
Mundarija
- 1 HARFLAR TILGA KIRDI
- 2 “A” harfi
- 3 “B” harfi
- 4 “D” harfi
- 5 “E” harfi
- 6 “F” harfi
- 7 “G” harfi
- 8 “H” harfi
- 9 “I” harfi
- 10 “J” harfi
- 11 “K” harfi
- 12 “L» harfi
- 13 “M” harfi
- 14 “N” harfi
- 15 “O” harfi
- 16 “Y” harfi
- 17 “P” harfi
- 18 “Q” harfi
- 19 “R” harfi
- 20 “S” harfi
- 21 “T” harfi
- 22 “U” harfi
- 23 “V” harfi
- 24 “X” harfi
- 25 “Z” harfi
- 26 “O’ » harfi
- 27 “G’ «harfi
- 28 “Ch” harfi
- 29 “Sh” harfi
- 30 “Ng” harfi
- 31 “ ’ “ tutuq belgisi
HARFLAR TILGA KIRDI
Barcha harf jam bo’ldilar,
Dildan suhbat qurgani.
Bolajonlar, soling quloq,
Oling hatto, o’rganib.
Tartib bilan so’zga chiqdi,
Har bir harf shoshmasdan.
Har birini o’rganingiz,
Bilim oling, qochmasdan.
Eng birinchi «A» harfi
So’zga chiqdi, turib tik.
Biz ular so’zlariga
Jim turib quloq tutdik:

“A” harfi
Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!
A
Alifboda sardorman,
«Ayiq», «Asal»da boshman.
Agar so’rsangiz yoshim,
Albat, siz kabi yoshman.
“B” harfi
Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!
B
Bolalar, bilim oling,
Besh baho ko’plab oling.
Bolari kabi tinmay,
Bilimni to’plab oling.
“D” harfi
Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!
D
Do’lana dona-dona,
Donalar-chi, dugona.
«Do’ppi», Dazmol»,»Daraxtda»
Doim shayman men yana.
“E” harfi
Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.
E
Eh, qandayin zo’r kitob,
Ertaklari ko’p kitob.
Ertakda echki, hatto,
Eshak ham o’qir kitob.
“F” harfi
Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.
F
Filcha rosa o’ynadi,
Favvorada suv bilan.
Fartugini ho’l qilgach,
Futbol o’ynar to’p bilan.
“G” harfi
Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!
G
Globus o’xshar to’pga,
Gulga o’shar chiziqlar.
Gir aylanar teginsam,
Globus xo’p qiziqda.
“H” harfi
Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt
H
«Humo», «Handalak», «Hunar»
Har vaqt mendan boshlanar.
Hunarli bo’ling doim,
«Hunar, hunardan unar».
“I” harfi
Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.
I
Ikrom bilan Ilhom
It uchun zo’r in yasar.
Iroda-chi, chevardir,
Ignaga ip o’tkazar.
“J” harfi
Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.
J
Jayrondan bo’ldi hafa,
Jajjigina jirafa.
Joyga talashdi ular,
Jo’ja ustidan kular.
“K” harfi
Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
K
Kakku, kaptar, kaklik
Ko’pdir ushbu kitobda.
Kim ko’rmoqni istasa,
Kelib ko’rsin shu tobda.
“L» harfi
Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.
L
Laylak uchun osh suzdi,
Laganga oshpaz xo’roz.
Lof emasdir, qoldirmay
Laylakvoy urdi paqqos.
“M” harfi
Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.
M
Maymun daraxt shoxidan
Mevalarni o’g’irlar.
Maymoqvoy uni lo’rib,
Menga ber deb vovullar.
“N” harfi
Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.
N
«Non», «Nok» va «Nog’ora»
«N»dan boshlanar doim.
Nay sozini chalsangiz,
Navo chiqar muloyim.
“O” harfi
Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.
O
Oy ko’rindi osmonda,
Oq bulutlar ortidan.
Oqshom tushgani shudir,
Oybek, Ozod oling dam.
“Y” harfi
Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.
Y
Yo’lbars o’rmonda yashar,
Yo’l-yo’l bordir chizig’i,
Yovvoyi hayvondir u,
Yong’oq yemas qizig’i.
“P” harfi
Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!
P
Paxta gulli piyola
Peshtaxtada turibdi.
Piyolaning ichida
Paxta yog’i turibdi.
“Q” harfi
Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.
Q
Qalam olib qo’liga
Quyon rasmin chizdi Esh.
Qoyil qolib ustozi
Quyon uchun qo’ydi «besh».
“R” harfi
Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston
R
Randa bilan yogochni
Rosa silliqlab Rustam
Rom yasadi uychaga
Rustam-chi, mohir usta.
“S” harfi
Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor
S
Sabzi chizdi Salima,
So’ng sariqqa bo’yadi.
Suratdagi serka ham
«Sabzi ber»-deb qo’yadi.
“T” harfi
To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.
T
Tovug’im tuxum qo’ydi,
Tulki-chi, ko’rib qo’ydi.
Tulkining tumshug’idan
Tosh bilan urib qo’ydim.
“U” harfi
Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.
U
Uzumdan uzib oldi,
Umida qarang bir bosh.
Ukasiga ham berdi,
Uzum navidir- charos.
“V” harfi
Vatanim, volidam vatanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.
V
Varrak yasadi Vali,
Valijon mohir usta.
Vaqt o’tmadi uncha ko’p,
Varragi bo’ldi uchta.
“X” harfi
Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.
X
Xo’rozboy xat yo’lladi,
Xorazmlik xo’rozga.
Xabarida yozdi u
Xurmo keltir, deb bizga.
“Z” harfi
Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.
Z
Zinadan chiqayotib
Zokirjon topdi zirak.
Ziyrakda u juda ham
Zuhraniki, der zirak.
“O’ » harfi
O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.
O’
O’lkamga keldi bahor,
O’t-o’lanlar qoplandi.
O’rik gulladi bog’da,
O’rdak suvga otlandi.
“G’ «harfi
Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.
G’
G’ildiragin g’izillatar,
G’ani degan sho’x bola.
G’am neligin bilmaydi,
G’uncha kabi yosh bola.
“Ch” harfi
Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.
CH
Chumchuq topib chigirtka
Chaqirdi sherigini.
Chunki topgan edi u
Chigirtka yirigini.
“Sh” harfi
Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.
SH
Shaxmat o’ynar edilar
Shavkat bilan Shohista.
«Shoh» bergan edi Shavkat,
Sham ham o’chdi ohista.
“Ng” harfi
Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.
NG
Qishlog’imda otdi tong,
Xo’rozlar-chi, urar bong.
Chiqmoqda quyosh qarang,
Quyosh nuri tilla rang.
“ ’ “ tutuq belgisi
Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.
(TUTUQ BELGISI)
Alifboda o’rnim bor, bilib qo’y-ki,
Nomimni deyishadi — tutuq belgi.
Gar qo’ymasang «sa’va», «a’lo»larga,
Kulgi bo’lib qolasan bolalarga.