Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami

O’zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy eng sara g‘azallari to‘plami o’rin olgan marhamat.

Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo…

Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,

Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

G‘am bila jonimg’a yettim, g’amgusore ko‘rmadim,

Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.

Ishq aro yuz ming mahmal o‘qiga bo‘ldim nishon,

Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishona topmadim.

Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g’uncha paykon, gul tikon,

Dahr bog’i ichra mundog’ gulsitone topmadim.

Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,

Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim.

Ko‘p o‘qudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,

O‘z ishimdin bulajabroq dostone topmadim.

Ul armon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men,

Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.

Tab ganjidin maoniy xurdasin, yuz qatla hayf —

Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

Kecha kelgumdur debon

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.  

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.  

Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay,
deb o‘lturmang meni – Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.  

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.  

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

O‘n sakiz ming olam oshubi

O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.  

Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur.  

O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa uldurur – Husn shohi,
ul balolarkim ko‘z-u qoshindadur.  

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun naqqoshindadur.  

Tan anga siym-u, ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ich-u toshindadur.  

May ketur, ey mug‘ki yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.  

To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

***

Junun vodisig’a moyil ko’rarman joni zorimni, Tilarman bir yo’li buzmak buzulg’on ro’zgorimni

Falak bedodidan garchi manim xoki g’ubor o’ldum, Tilarman, topmag’aylar to’tiyolikka g’uborimni.

Demang, qay sori azm etding, menga yo’q ixtiyor, oxir Qazo ilkiga bermishman inoni ixtiyorimni.

Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroni yuz, Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.

Tavsiya etamiz  Zahiriddin Muhammad Bobur sara ruboiylari va g'azallari to'plami

Diyorim ahli birla yordin boshimg’a yuz mehnat, Ne tong, boshim olib ketsam qo’yub yoru diyorimni.

Yomon holimg’a bag’ri og’rig’ay har kimsakim ko’rgay, Bag’ir pargolasidan qong’a bulg’ong’on uzorimni.

Hayotim bodasidin sargaronman asru, ey soqiy, Qadahqa zahr qotil quy,dog’i daf’ et xumorimni.

Jahon tarkini qilmay chunki tinmoq mumkin ermastur, Navoiy, qil meni ozod o’rtab yo’qu borimni.

***

Meni men istagan o’z suhbatig’a arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas.

Ne bahra topqomen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg’a Ayon ul zahr chashm aylab nixon, bu no’shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin, Ichim ul chok- chok etmas, tanim ul band- band etmas.

Kerak o’z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim, Buzug’ ko’nglimdin o’zga yerga javloni samand etmas.

Ko’ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir Ajal sarrishtasidin o’zga bo’ynung’a kamand etmas.

Ul oy o’tlug’ yuzun ochsa, Navoiy tegmasun deb ko’z, Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas.

* * *

Tavsiya etamiz: Umar Xayyom sara ruboiylar sherlari

Muvofiq kiydilar, bo’lmish magar Navro’z ila bayram..

Muvofiq kiydilar, bo’lmish magar Navro’z ila bayram, Chaman sarvi yoshil xil’at, mening sarvi ravonim ham.

Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon, Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.

Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim bo’lub dilbar, Ani yel aylabon muztar, bu yeldin sekretib adham.

Qo’nub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidan g’ulg’ul, Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.

Qilib ohim sari parvo, bu yon mayl etmading qat’o, Sabodin, ey, qadi ra’no, bo’lur ham sarv gah-gah ham.

Bu bog’ ichra, ey, soqiyki bormen asru mushtoqi – Ki, anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.

Navoiy, ko’yin et manzil, yuzu qaddig’a bo’l moyil – Ki, bog’ etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram.

Qaro ko‘zum

Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.  

Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.  

Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.  

Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx,
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.  

Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il.  

Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.  

Yuzida terni ko‘rub, o‘lsam, ey rafiq,
meni Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il.  

Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,
Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.

Tun oqshom bo’ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim,

Tun oqshom bo’ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim, Bu anduh o’tidin har dam kuyar parvonadek jonim.

Ne g’am, ko’rguzsa ko’ksum porasin choki giribonim, Ko’rinmas bo’lsa ko’ksum yorasidin dog’i pinhonim.

G’amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek, Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g’altonim.

Tavsiya etamiz  Alisher Navoiy ruboiylari va tuyuqlari to‘plami

Falak ham to’ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin, Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o’lgum, vah, Menga bo’lsang ne Xizri rah, yetib, ey, obi hayvonim.

Dema ko’ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish, Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg’onim.

Quyosh qochib – yuzin uydi, shafaq o’tqa tushub – kuydi, Falakka dog’lar qo’ydi g’amingdin so’zi pinhonim.

Navoiy kibi hijrondin bu oqshom o’ldum afg’ondin, G’amim yo’q bo’yla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

Bizing shaydo ko’ngul bechora bo’lmish,

Bizing shaydo ko’ngul bechora bo’lmish, Malomat dashtida ovora bo’lmish.

Anga baskim, yog’ar tosh ustida tosh, Tanida yora uzra yora bo’lmish.

Urarda dam-badam xorog’a boshin, So’ngaklar anda pora-pora bo’lmish.

Balo tog’i aro yotqanda bemor Xazu sinjobi xoru xora bo’lmish.

Qaro qildi nechukkim ro’zg’orim, Oning ham xonumoni qora bo’lmish.

Qadah xurshidi qonikim, g’amidin Sirishkim kavkabi sayyora bo’lmish.

Navoiy, choradin ko’p dema so’zkim, G’amingg’a chorasizlik chora bo’lmish.

* * *

Ey yuzung gulbargiga oshuftau hayron sabo,
Telbalardek gulshani koʻyungda sargardon sabo.

Qoʻpmogʻi mumkin emastur, balki tebranmakligi,
Topmasa jonbaxsh laʼling nuktasidan jon sabo.

Sunbuli zulfin agar oshufta qilmaydur, nedur,
Kim, shabistongʻa esar har dam abirafshon sabo.

Pora-pora jism aro ohim netib qolgʻay nihon.
Boʻlmoq imkon yoʻq xasu xoshok aro pinhon sabo.

Yordin keldi sabo kech kelmakin aylarga fosh,
Koʻnglum ichra tez qildi shuʼlai hijron sabo.

Notavonlar ohi ul gul koʻyida har subhidam,
Oʻyladurkim, gulsiton ichra esar har yon sabo.

Subh chun esti sabo, ichkil qadahkim, boʻlmogʻung
Senu koʻp esturgusi bu bogʻ aro davron sabo.

Lolaruxlar ahdining mahkamligi mumkin emas,
Sobit oʻlmoq lahzai bir yerda ne imkon sabo.

Tong emas, solsa Navoiy ohi koʻyungda girev,
Chun guliston sayrida zohir qilur afgʻon sabo,

***

Tavsiya etamiz: Abdulla Oripov sherlar to’plami

Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor,

Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor, Goho ko’zumga xol tushuptur, gahe g’ubor.

Yuzungda xol safhada tomg’an kibi qora, Xoling malohati tuz erurkim qorada bor.

Jonimni o’rtagan yuzu xolingni bilmasang, O’t shu’lasida ayla gumon bir o’chuk sharor.

Bilman, ko’ngulda xollaringning xayolidur YO kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor?

Har dam ko’ngul haloku ko’zum tiyra bo’lmag’in, Bilgay birovki, yori erur sho’xu xoldor.

Mashshotan qazo bezamish xolu xattini, Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?

Miskin Navoiy xoli labing ko’rsa, jon berur, Boqsang ne bo’ldi surati holig’a, ey, nigor?

* * *

Ul parivashkim, boʻlubmen zoru sargardon ango,
Ishqidin olam menga hayronu men hayron ango.

Oʻqlaringdin dam-badam taskin topar koʻnglum oʻti,
Bordurur bir qatra suv goʻyoki har paykon ango.

Bir dilovardur koʻngulkim gʻam sipohi qalbida,
Ohi novak toza dogʻidur qizil qalqon ango.

Novakining parru paykonida rangin tuz erur,
Yoki koʻnglumdin chu parron oʻtti yuqmish qon ango.

Nomai shavqum ne navʼ ul oyga yetgay chunki, men
El otin oʻqur hasaddin yozmadim unvon ango.

Xizr xattingning ajab yoʻq sabzu xurram boʻlmogʻi,
Lab-balab chunkim berur suv chashmai hayvon ango.

Tavsiya etamiz  Mavlono Lutfiy hayoti va ijodi

Ey xusho, mugʻ koʻyikim rifʼat bila ziynatda bor,
Mehr anga bir shamsau koʻk toqidur anvon ango.

Istamish buloul vafo guldin magarkim joladin,
Bagʻri qotmish gunchaning baskim erur xandon ango».

Qilmamish jonin fido jononga yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu soʻz birla fido yuz jon ango.

***

Tavsiya etamiz: Xurshid Davron sara she’rlar to’plami

Ey, mug’anniy, yor bazmida navo soz aylasang,

Ey, mug’anniy, yor bazmida navo soz aylasang, Jon fidong o’lsun g’amim sharhidin og’oz aylasang.

Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila, Nag’mada udung lisonin sehripardoz aylasang.

O’zga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong, Bu risolat birla gar izhori i’joz aylasang.

Rozim ar sozing lisonidin ba’id ul-fahm esa, Anga ruhafzo unungni dog’i hamroz aylasang.

Otlanib, boshimni raxshingning ayog’i ostig’a, Tig’ birla solg’udek masti sarandoz aylasang.

Parda yop roz uzrau doxil bo’l ushbu bazm aro Kim, erur xorij agar beparda pardoz aylasang.

Chekmading lahne Navoiy ko’nglun istab, ayb emas, Anglab o’zungni, navo ahlig’a shahnoz aylasang.

Anga

Necha koʻnglum pora boʻlsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bagʻrim toʻlsa qon, boqmas dame dildor anga,

Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,
Kim yiqilib, sanchilibtur har tarafdin xor anga,

Nomam eltur qush agar mazmunin aytib qilsa sharh,
Sochqay oʻt qaqnus kibi ming chok oʻlub minqor anga.

Laʼling ollida chekar el jonini olgʻach koʻzung,
Bah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bomor ango.

Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga.

Tortasen isyon yukin, xam qil qadnng toatgʻakim,
Yuk ogʻir boʻlsa, rukuʼ ul dam boʻlur nochor anga.

Umr gʻaflat uyqusi birla tilarsen kechsa, oh, –
Koʻz yumub-ochquncha kimning eʼtimodi bor anga?

Men xud oʻldum, ey sabo, koʻnglumni koʻrmang koʻyida,
Chiqma andin, deb nasihat qilgʻasen zinhor anga.

Zor jismim tushgali hajr oʻtidin gʻam changgiga,
Ey Navoiy, oʻxshashur ham ud anga, ham tor anga.

***

Ey sabo, holim borib…

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,

Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.

Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i,

Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.

Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili,

Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.

Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi,

Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt.

Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,

Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.

Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim,

Qilmag‘um nazzora hargiz, ko‘zi fattonimg‘a ayt.

Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,

Men o‘lib el jon topar, beboki nodonimg‘a ayt.

Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin,

Yuzi gul, jismi suman, ko‘yi gulistonimg‘a ayt.

Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo,

Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a ayt.

Tavsiya etamiz: Hamid Olimjon sara sherlar to’plami

Прокрутить вверх