Tavsiya etamiz
8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami senariylar to’plami yuklab oling:
8-mart bayrami uchun sara sherlar tabriklar to‘plami
Bahor fasli haqida eng sara sherlar guldastasi yuklab oling
Ayollar opa-singillarimiz haqida sara sherlar tabriklar to‘plami
Alisher Navoiy ruboiylari va tuyuqlari to‘plami, Bobokalonimiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning sara ruboiylar va tuyuqlari to‘plami marhamat o’qing dilingiz va qablingiz yayrasin.
Alisher Navoiy ruboiylari
Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak
Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.
O’lsam yasamang munda mazorimni mening ,
Yuklab eliting jismi figorimni mening .
O’tru chiqarib ahli diyorimni mening ,
Ko`yida qo’yung tani nizorimni mening .

☆☆☆☆
Ey ulki , zamona ahlidin ayrilding ,
Ishq ahli tariqi xub ekanni bilding .
Xush qilding , alar tavrini – yu qotildings ,
Rahmat sanga , yaxshi aylading , xush qilding .
☆☆☆☆
Sadbarg , binafsha , yo’qsa nargis , yo gul ,
Ichmak bo’lmas bular havosi bila mul .
To hajr yelidin o’ldi oshufta dimog ‘ ,
Yuz noxuna ko’z ichravu yuz pora ko’ngul .
☆☆☆☆
O’lsam yasamang munda mazorimni mening ,
Yuklab eliting jismi figorimni mening .
O’tru chiqarib ahli diyorimni mening ,
Ko`yida qo’yung tani nizorimni mening .
☆☆☆☆
G’urbatqa tushub zaif – u bemor o’ldum ,
Dard – u g’am – u mehnat ilgida zor oldum .
Sartosar ajal toshidin afgor o’ldum ,
Sensiz ne balolarg’a giriftor o’ldum .
☆☆☆☆
Ey bodi sabo , agar havo aylagasen .
Gulshang’a yetarni muddao aylagasen .
Sarv ollida yer o’pub duo aylagasen .
Gul qoshida qullug’um ado aylagasen
Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami
☆☆☆☆
Menmenmu visol umididin shod o’lg’an .
Bir – bir g’am – u anduhdin ozod o’lg’an
Oz – ozg’ina bergan soyi gul atri nasim ,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o’lg’an
☆☆☆☆
Jonimg’a qilur javr – u jafo yor asru
Kim , yor ichida javr – u jafo bor asru
Bo’ldum chekibon javr – u jafo zor asru ,
Men javrkashu yor jafokor ” asru
☆☆☆☆
Hajring sipahi zer – u zabar qildi meni ,
G’am kishvari ichra darbadar qildi meni .
Andinki batar emas , batar qildi meni .
Jon olg ‘ucha ne deyld , nelar qildi meni .
☆☆☆☆
Jonimdag’i “jim” ikki dolingg’a fido,
Andin so’ng “alif” toza niholingg’a fido.
“Nun” dag’i anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’an ikki nuqta ikki xolingg’a fido.
☆☆☆☆
Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek
Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek,
O‘z holig’a sargashta-yu hayron mendek.
G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxon-u alomon mendek.
G’urbatda g’arib shodmon bo‘lmas emish…
G’urbatda g’arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikondek oshiyon bo‘lmas emish
☆☆☆☆
Yuz mehnat – u g’am ko’ngluma yetkurdi firoq ,
Jonimg’a balovu dard o’qin urdi firoq .
Jismimni fano o’tig’a kuydurdi firoq ,
Chun kuydi , kulini ko’kka sovurdi firoq .
☆☆☆☆
Ko’nglumni g’am – u dard ila qon ayladi ishq ,
Ko’z yo’lidin ul qonni ravon ayladi ishq .
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq ,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq .
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,
Eng bila menging yaxshi, saqog’ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi.
UMRI AZIZ
Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,
Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
KhUShLUQ
Kim kurdi ekin jahonda oyo khushluq,
To bir kishi aylagay tamanno khushluq.
Yuz yilda agar bir ulsa paydo khushluq,
Omodadur yonida yuz nokhushluq.
JONIMDAGI «JIM»
Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,
Andin sung “alif” toza niholingga fido,
Nuni dogi anbarin hilolingga fido,
Qolgon iki nuqta ikki kholingga fido.
UPAY
Dedim: Zaqaning tutub saqogingni upay,
Kuz-qoshingga surtubon qabogingni upay,
Guldek yuzing islabon dudogingni upay,
Yuq, yuq, yuq, agar desang, ayogingni upay.
BORMOGIN
Necha dedim ul sanamga: Bormogin!
Qilmadi ul tark okhir bormogin;
Munchakim khudroyliq kurguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmogin.
GAR OSHIQ ESANG
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf’ig’a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g’ayri rizo qilma havas.
Alisher Navoiy tuyuqlari
YO LABMUDUR
Yo rab,ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yo labdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G’amza o’qin qoshiga yolabdurur.

BORMOG’IN
Necha dedim ul sanamg’a:
Bormog’in! Qilmadi ul tark oxir bormog’in;
Munchakim xudroyliq ko’rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog’in.
OLMANGIZ
Pardani ruxsorasidan olmangiz,
Hohaq o’lturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristong’a sunsa ilgini,
Aytur: – Ul tursun,amonat,olmangiz!
Yoqilur
La’lidin jonimg’a o’tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va’dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.
Tavsiya etamiz: Hamid Olimjon sara sherlar to’plami