Ayollar opa-singillarimiz haqida sara sherlar to‘plami

Tavsiya etamiz

9-11sinf Imtihon 2023 javoblari barcha fanlardan yuklab oling

9-sinf barcha fanlardan imtihon biletlari 2023 yuklab oling

11-sinf barcha fanlardan imtihon biletlari 2023 yuklab oling

Arboblar yozuvchilar shoirlari hayoti va ijodi

TV dasturlar

Tush tabirlari

Aziz va mo’tabar ayollar opa-singillarimiz haqida eng sara sherlar to‘plami qabul qiling marhamat.

Mundarija:

Ayol haqida sherlar

Dunyoning ğamini yutguvchi , ayol!
Olamda muhabbat tutguvchi , ayol!
Sadoqatla birga rafiqa bõlib!
Eridan shirin sõz kutguvchi ayol!

Farzandiga mehr berguvchi , ayol!
Ranjitsangiz qahr qilguvchi , ayol!
Kõzlardagi ğamni bilguvchi , ayol!
Borini muhayyo qilguvchi ayol!

Kõzidan chiqarmang hech qachon kõz yosh!
Alamdan yonsa ham bermoqda bardosh!
Gõzallardan gõzal kamon qalamqosh!
Onamiz,singlimiz,opamiz AYOL!

Ayolga baxt bering sheri Zulfiya Mo’minova

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Gar ko‘zlari kulib tursa-da,
Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat,
Oy yuzlari kulib tursa-da…

Ko‘nglini ko‘taring hech bo‘lmaganda,
Qo‘lini silashga shafoat toping.
Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.

Nogoh yerga tushsa oppok ro‘moli,
Bosib o‘tmaslikka shafoat toping.
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Illohi nur toping, hidoyat toping.
Illohi baxt bergan ayol yonidan
Baxtiyor o‘tmokqa inoyat toping.

Illohi qalqonsiz, illoh qo‘rg‘onsiz
G’iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin.
Illohi hushyorsiz, illoh bedorsiz,
Itlar tishlamasin yurakkinasin.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,
Ayolga baxt bering, saodat bering, –
Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da

Dunyoda eng aziz muqaddas ayol

Yelkasida turmush yuklarin tutgan,
Tinmagan, halovat sirin unutgan.
Gohida sabrda ming azob yutgan,
Shukrona ruhidan to‘qlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Bosgan qadamiga fayzlar to‘kilgan,
Nigohin qarashiga nurlar ekilgan.
Kelajak go‘zalligi unga tikilgan,
Shukrona ruhidan to‘qlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Qadoqlab ketsa ham qavariq qo‘li,
Ming bitta joni bor degaylar uni.
E’tibor kutgaydir har umr yo‘li,
Shukrona ruhidan to‘qlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Bolam deb, bo‘tam deb umr tikkuvchi,
Mehrini qalbidan qalbga to‘kkuvchi.
Gohida o‘zini xo‘p unutguvchi,
Shukrona ruhidan to‘qlangan xayol,
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol!

Ayoldir go’zal

Yori qolsa xayotdan sovib,
Yor yonidan g‘amlarni quvib.
Joynamoz-u yaxtagin yuvib,
Savob yiqqan ayoldir go‘zal.

“Qimmatbaxo libos kiyishga,
Rag‘batim yo‘q xarom yeyishga,
Begim xalol toping” deyishga,
Xaddi siqqan ayoldir go‘zal.

O‘z yorini xisoblab qirol,
Qirolicha kabi qilsa lol,
Ko‘chaga, soch yashirib, ro‘mol-
O‘rab chiqqan ayoldir go‘zal

Janon birla erkakning g‘ari-
Yotganidan ko‘ra ilgari.
Chaqsa yaxshi chayon yo ari,
Buni uqqan ayoldir go‘zal.

Sabr ziynat ayol kishiga,
Kutsin, tishin bosib tishiga,
Xech kim demas erkak ishiga-
Burnin suqqan ayoldir go‘zal

Bor bisoti bo‘lib vafodan,
Xiyonatsiz o‘tsa dunyodan.
Momojoni Momo Xavodan-
Xayo yuqqan ayoldir go‘zal

Ro‘zg‘or yuki toldirib xoldan,
Xusni ketsa xamki jamoldan.
Tug‘maydigan soxibjamoldan-
Asli tuqqan ayoldir go‘zal.

Tavsiya etamiz: 8-mart bayrami uchun sara sherlar to‘plami

Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

Hayotning har qanday shartiga ko‘nding,
Ayt qachon ko‘ksingga tegibdi shamol?!
Bola – chaqa deding, ro‘zg‘or, ish deding,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

Sen- erning aybini yopguvchi qalqon,
Oila ko‘rkiga berarsan sayqal.
Mayliga har kunmas, lekin har zamon,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

Shaffof ko‘zgularni qo‘lingga olib,
Oltin qo‘g‘irchoqdek yasangin xushhol.
Yuzingga upa surt, yaxshilab kiyinib,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

_Gohida dard birla tilinsa bag‘ring,
Go‘yo to‘lishmayin qolganday hilol.
Qadringni bunchalar arzon qilmayin,
_Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

_Kunlarni o‘tkazding yelib, yugurib,
Qo‘y endi ko‘nglingni yozgin kelaqol.
Buguncha yornimas, o‘zingni sevib,
Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!

Olamni mehrga to‘ldirgan ayol.

Bir shirin jilmayib, tabassum ila
G‘amgin dunyolarni kuldirgan ayol,
Qalb qo‘ri limmo -lim mehrga to‘la,
Tosh dildan muhabbat undirgan ayol.

Nozik niholdayin tanasi, tinmas,
Bor bo‘lgin bolam der,nolasi tinmas,
Ayolning hech sabr ,bardoshi sinmas,
Dardu stamlarni sindirgan ayol.

Oylarni lol etar ko‘z, qoshi bilan,
Tog‘larni cho‘ktirar bardoshi bilan,
Ko‘zida marjonday ko‘z yoshi bilan,
Qalbida g‘am o‘tin so‘ndirgan ayol.

Qalblari bahordir, ko‘zlari mahzun,
Oila ro‘zg‘oridan ayamas kuchin,
Yeliblar yugurib farzandi uchun,
Yo‘qlarni bor qilib,yo‘ndirgan ayol.

Ko‘klamlar ayol chun quchog‘in ochdi,
Quyosh ham olamga nurlarin sochdi,
Jannatdur onalar oyog‘in osti,
Olamni mehrga to‘ldirgan ayol.

Aziz mukarramsan, o’zbek ayoli!

Husn-u malohatning tengsiz timsoli,
Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.
Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.
Har kiygan libosing malaklarga xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.
Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli.

Tavsiya etamiz: Ona haqida ta’sirli sara sherlar to‘plami