Ayrim abituriyentlar test sinovlariga kirishdagi to‘lovdan ozod etildi

Tavsiya etamiz

Eng sara mazmunli ta'sirli sherlar to'plami:

Hikoyalar va Rivoyatlar Munajjimlar bashorati kunlik Abdulla Oripov sherlari

TV dasturlar:

Tush tabiri:

Ayrim abituriyentlar testga kirishdagi to‘lovdan ozod etildi.

Prezidentning tegishli farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022 y.) ko‘ra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etildi:

1) “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
2) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

2019 yil 14 maydagi PQ-4319-son Prezident qaroriga asosan, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (hozir 135 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Test bo’ladigan yili maktab, lisey yoki kollejni tugatganlar abituriyentlar to‘lov qilmaydi. Faqat avvalgi yilda tugatganlardan to‘lov olinadi.

Oldingi yillarda 2 ta toifa — nogironligi bo‘lgan (I, II va III guruh) yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasi bitiruvchilari) ham test to‘lovidan ozod qilingan edi.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan yuqorida tilga olingan 2 toifadagi abiturientlar ham to‘lovdan ozod etiladigan bo‘ldi.

Xabar berganimizdek ayrim OTMlarga o‘qishga kirishda chet tili fanidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.