Bahor haqida sherlar tabriklar to’plami azizlar kirib kelgan bahor fasli barchangizga muborak bo’lsin, Bahor faslidek yosharib ochilib yuringlar.
Mundarija:
Sen bahorni sog’inmadingmi Abdulla Oripov sheri
Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog‘ingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o‘zingni,
Sen bahorni sog‘inmadingmi?
Uzoqlardan zarvorli tog‘lar,
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog‘lar,
Vasling menga bo‘lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g‘arib,
Sen bahorni sog‘inmadingmi?
Ungurlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqorilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
Sen bahorni sog‘inmadingmi?
Mana, bugun Navro‘zi olam,
Do‘stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, suyukli erkam…
Qo‘limda gul seni kutarman,
Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman:
Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Yana bahor keldi
Lolalar yuribdi qirda quvlashib,
Daraxtlar qo’ynida uyg’ondi kurtak.
Mayin shabbodalar bilan o’ynashib,
Yana bahor keldi. Yana bir ertak!
Chechaklar uyqudan ko’tardi boshni,
Iforlar shamolning qo’lida ermak.
Zaminning bag’ridan supurib qishni,
Yana bahor keldi. Yana bir ertak!
Navro’zni yetaklab keldingmi, bahor?!
Kafting qozonida qaynab sumalak.
Harir ko’ylagini kiyib beg’ubor,
Yana bahor keldi. Yana bir ertak!
Yilning quchog’iga Mart kelib qo’ndi,
Anvoyi gullarga ko’milib poygak.
Bahorim, uch oyga birgamiz endi,
Yana bahor keldi. Yana bir ertak!
Sovqotgan maysalar yelkasida nam,
Ariqlar bo’yida turibdi sergak.
Suv kabi toshqinman. Gul kabi jimman!
Yana bahor keldi… Yana bir ertak!
Solih Sulton
Men bahorni sog’inganim rost
Jondan o‘tdi qishning qaxri ham,
Sovuq kunlar qiynaydi biroz.
Yayrab quyosh ko‘rsaydi tanam,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Gurip bo‘lish jonimga tegdi,
Qorlardan ham zerikkanim rost.
Gullar xidin xidlagim keldi,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Boshdan shapka tushmaydi hech ham,
Qaxraton qish ko‘chalar ayoz.
Qishni yomon ko‘rmayman ammo,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Zerikish bor sivet ham o‘chik,
Tunda zulmat qiynaydi xolos.
Qishlog‘imni sevaman biroq,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Tunlar uzun tonglar otmaydi,
Shu qish fasli shaxarlarga mos.
Shaxarda gaz sivet o‘chmaydi,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Zulmat bosgan tun kechalarda,
Bir sham bilan ovunganim rost.
Sher ham bitdi shamim ham erib,
Men baxorni sog‘inganim rost.
Muallif: Qodir Qaxxor

Zar doʻppilar yarashardi boshingizga,
Surma surib yurardingiz qoshingizga,
Toʻlmay turib eh, oʻn sakkiz yoshingizga,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Yosh edingizgiz, gʻoʻr edingiz bir nafis gul,
Tol bargidan sochlar yasab yurgan sumbul,
Bogʻingizda ne dard bilan sayrar bulbul,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Bahor keldi, ikkimizga keldi alam,
Siz meniki boʻlmadingiz dunyo bir kam,
Biror marta yuzingizdan oʻpmadim ham,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Koʻylagingiz bezaydimi qaldirgʻochlar,
Ofton chiqsa yaltiraydi qoʻngʻir sochlar,
Sizni arzon sotdibdi-da koʻzi ochlar,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Baxtiyor Ziyo
Bahor seni sog‘indik
Fasllar erkasin erta daraklab,
Bahorni elchisi bodom gulladi,
Qorlarni ko‘ksini binafsha yorib,
Qirlarga zeblanib salom yo‘lladi.
Iliq nafasini sezgan chumoli,
Yoriqlar oralab g‘imirlab qoldi,
Sayroqi qushlarning chug‘ur- chug‘uri,
Ko‘ngilga bir ajib hislarni soldi.
Bulutlar ortidan quyosh mo‘ralab,
Beqiyos nurlarni zaminga sochdi.
Issiq taftidan muzliklar erib,
Unayotgan maysalar yuzini ochdi.
Suvlarni hirgoyin sog‘ingan anhor,
Qovjirar bag‘rini oromin buzdi
Jilovin yo‘qotgan mayin shaboda,
Manzilin topolmay izg‘irib kezdi.
Ko‘ngillar ardog‘i kelinchak bahor,
Xabaringni eshitib quvonchga to‘ldik.
Kunlarni sanashdan aslo charchamay.
Kelishingni intiqib xoldan toldik.
Yusupova Zulfiya.
Bugun keldi bahor yurtimizga
Derazangdan muraladim tonglari,
Mayus esgan bahor shomoling.
Yuzlarimni silab kelding bahor,
BUGUN KELDING YURTIMGA BAHOR.
Uzun qishga siltab uzun qo’lingni,
Bahor faslin kelding yurtimga bahor,
Oq muzlarni suvga g’arq qilib,
BUGUN KELDING YURTIMGA BAHOR.
Eshitgandek meni nolamni bahor,
Gul dastaga uralab olamni.
Tongda boshim silab uyg’otib,
BUGUN KELDING YURTIMGA BAHOR,
Guzallekni elitib jahon bo’ylab,
Sabolar aytib har o’tgan tongga.
Jamoling bo’lib intizor mahliyo,
BUGUN KELDING YURIMGA BAHOR.
Hissiyotga to’ldirib mehr dilini,
Kengaytirib kichchik ko’ngilni,
Tabiatni chamanzor aylab,
BUGUN KELDING YURTIMGA BAHOR.
O’ROL SIDIQOV

QIZG’ALDOG’IM…
Qizg’oldog’im qizil yuzing sog’indim men,
Bahornimas seni o’zing sog’indim men.
Qishning sovuq bu kunlari jondan o’tdi,
Qizg’aldog’im qizil yuzing sog’indim men.
Javoblarni topolmayman savollarga,
Hayotimni almashganman hayollarga.
Sevganimni berib qo’yib birovlarga,
Qizg’aldog’im qizil yuzing sog’indim men,
Parcha parcha zarralardan yaralar qor,
Mening qora sochlarimga oralar qor.
O’sha qizning bir o’g’il bir qizchasi bor,
Qizg’aldog’im qizil yuzing sog’indim men.
Sog’indim men sog’indim men sog’indim
Yoshlik davrim kunlarini sog’indim.
Sevdim desam urib ketgan yelkamga,
O’sha qizning qo’llarini sog’indim.
Umr degan ummonlarga cho’kdik do’stim,
Bolalikning bog’laridan ketdik do’stim.
Bir qiz uchun qancha alam yutdik do’stim,
Qizg’aldog’im qizil yuzing sog’indim men.
Hayr endi bolalikning bahorlari,
Bir umrga armon bo’ldi diydorlari.
Shirin edi o’sha qizning ozorlari,
Qizg’aldog’im qizil yuzing sog’indim men.
Bugun tunda kelarmish, Bahor
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Qoru muzni suvga g‘arq qilib,
Izg‘irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o‘rab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo,
Bizga iqbol tilarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yomg‘irlarni yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Bahor qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt…?
Qaraaa…sayrashyabdi bog’imda qushlar,
Gullar atrofida aylanib xalak.
Qara… jo’sh urmoqda qalbda tuyg’ular…
Bahor qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt?
Qara xiyobonlar qoldilar yolg’iz,
Ishq! sog’inch! muhabbat! sadoqat yolg’iz…
Sen yolg’iz, Men yolg’iz, yer… osmon yolg’iz!
Armon qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt…?
Eslab turibsanmi olis yurtlarda,
She’rlar yozganmushsan ismimga atab…
Men esa duoyim ishonchlarida..
Yashayapman noming vujudga qadab!
Omonmi yondirgan xayajonlaring…,
Tilingdan chiqmagan izxor dillaring.
Kelmaydi deyishar yaqin do’stlaring…
Yolg’on qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt?
Suratingga boqsam ichim yondirar,
Kulib turishlaring soladi g’ulu.
Chidayman Ayriliq zaxriga mayli,
Ammo chidolmayman unutusang meni!
Qara.. to’kilyabdi xazonli barglarr,
Daraxtlar jonsarak tutib qololmay.
Yoki qismatimiz to’kilmoqmikan,
Kuzlar qaytdi…senchi qaytmaysanmi ayt?
Muminova Gulnoza
BAHOR
Bola ko‘zlaridek beg‘ubor osmon,
Lablarda tabassum, qalblarda huzur.
Qahraton qaxridan chiqoldik omon,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
Insonlar charchamas zavq ila ishlab,
Yigitlar hizmatga ketar non tishlab.
Hasta, bemorlarga umid bag‘ishlab,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
“Ilik uzildi” da quvvat bo‘lar deb,
Dasturxonga “ko‘k” lar berib turar zeb.
Tabiat kelindek yoyar sarpo-sep,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
Duoga qo‘l ochar momo, kayvoni,
Bo‘y qizlar supurar hovli, ayvonni.
Tarovatga ko‘mib jumla jahonni,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
Soqoli ko‘ksini bezagan chollar,
Yoshlarni savobli ishlarga chorlar.
Ginani unutar hatto ag‘yorlar,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
Ko‘z yorgan ayoldek olib chuqur tin,
Kurtaklar ochilar o, birin-ketin.
Ko‘ngillar topadi halovat, taskin,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
Varrak uchiradi bolalar shodon,
Zarra yomonlikka qilinmas gumon.
Muborak bo‘lsin ey, Hazrati Inson,
Bahorga yetkazdi, O‘ziga shukr.
Dilobar O‘rolova

BAHOR
1
Bahor nima bahor bu hayot,
Bahor nima bahor bu najot.
Bahor sovuq kunlarga barham,
Va tushidan uyg’ongan olam.
Bahor sokin tundagi jilg’a,
Bahor guldan yasalgan kulba.
Bahor oliy janob kapalak,
Bahor umid bergan ishq, dilga.
Bahor moviy osmondagi nur,
Bahor tuproq ostidagi sir.
Bahor qo’shiq, bahor bu navo,
Bahor toza, musaffo havo.
Bahor tarix, bahor kelajak,
Bahor shamol uchirgan varrak.
Bahor buyuk, bahor hokisor,
Bahor quyosh chizgan kamalak.
Bahor eshik qoqib kelgan baxt,
Bahor martda uyg’ongan daraxt,
Bahor maysa ustidagi ter,
Bahor Sodiq yozgan yangi she’r..
2
Bahor dehqon ushlagan ketmon,
Bahor cho’pon ko’targan tayoq.
Bahor uch yo to’rt oylik mehmon,
Bilmam keyin ketadi qayoq.
Bahor qushlar tilidagi so’z,
Bahor toshni avaylagan tog’.
Bahor yerga qadalgan ildiz,
Bahor yangi yil boshi NOVRO’Z…
Sodiq_YO’LDOSHEV_ 01.03.2023
Tavsiya etamiz:
Bahor fasli haqida eng sara sherlar guldastasi Zulfiyaxonim sherlari
8-mart bayrami uchun sara sherlar to‘plami
Ayollar haqida eng sara she’rlar to’plami