Aziz va beg’ubor bolajon;arimiz uchun Bayroq haqida sara sherlar to’plami.
18-noyabr – yurtimiz uchun juda muhim sana!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
O‘zbekiston bayrog‘i
Yurtim quyoshidek yuzlari porloq
Boshim uzra mag‘rur hilpirar bayroq.
Shavkatga, shukuhga undanda
boyroq,
Dunyoda ramz yo‘q, yuragimdan boq.
Ozod O‘zbekiston qalbi misoli –
Yorug‘lik va mehrning go‘yo visoli.
Uni tutganlarning kular iqboli,
Saodat manzilin porloq timsoli.
Ko‘nglim tog‘day o‘sar yuksalgan sari
Siyosat, ilm-fan, sportu sohalar bari
Ilg‘orlar safining bo‘lib sarvari
Renessans deganin surar ilgari.
Bayrog‘im jahonda shonli o‘tibdir,
Uni tutgan qo‘llar tengsiz o‘zibdir,
Dildora olqishlab, shunday yozibdir:
“Shonli yoshing muborak, qutlug‘ o‘ttiz bir!”
✍️D.Usmanova
Bayroq
O’n ikkita yulduzcha
Hamda bitta yarim oy.
Yashil, oq va ko’k ranglar.
Uni bezar, Bozorboy.
Qani top-chi, u nima?
Bilimingni sinab boq!
Topish muammo emas,
U yuzimiz – u bayroq.
Bayroqga va Vatanga
Sodiq bo’lgin, o’rtoqjon.
Bayroq tug’i ostida,
Yashnagay O’zbekiston!
Hilpiraver bayrog’im
Bayrogʻimiz toʻrt rangda,
Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham koʻproq.
Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar koʻzgusi.
Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqan qon.
Moviy rang oʻlkadagi
Koʻm-koʻk musaffo osmon.
Oʻn ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.
ABDULLAYEVA MARGʻIYONA
Bayrog’im
Bayrog’imiz to’rt rangda
Qizil,yashil,moviy,oq.
Menga moviy rang yoqar
Hammasidan ham ko’proq.
Moviy rang osmonga xos
Musaffo osmon belgisi.
Qizil rangi ham inson
Tomirida oqqan qon.
Yashil rangi vatanning
Qir-adirlar ko’zgusi.
Oq rang esa insonning
Odil,soflik belgisi.
O’n ikki yulduz asli
Viloyatlar belgisi.
Bu bayroq asl vatanning
Chiroy, faxri,ko’zgusi
Ro’zimuhammadova Jasmina