2022-yil biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shartmi

Tavsiya etamiz

Eng sara mazmunli ta'sirli sherlar to'plami:

Hikoyalar va Rivoyatlar Munajjimlar bashorati kunlik Abdulla Oripov sherlari

TV dasturlar:

Tush tabiri:

2022-yil biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shartmi bu haqda Davlat test markazi oydinlik kiritdi.

Aprel oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari lozimligi haqida e’lon berilgan edi.

Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

Lekin ayrim telegram kanallarda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarda ID-karta bo‘lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Buning natijasida Davlat test markaziga abituriyentlar tomonidan pasportimiz bo‘lsa ham ID-karta olishimiz shartmi, degan mazmunda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

  • joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
  • ro‘yxatga olishda abituriyentlarning rasmi va pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;
  • buning uchun abituriyentda biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim;
  • bunda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas;
  • abituriyentlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Xabar berganimizdek 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.