Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari, ijodiy imtihon tartibi yo’riqnoma

⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari e’lon qilindi.

📆 2023-yil 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

✅ Imtihon 2 bosqichda tashkil etilib:

1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;

2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13

❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar:

Abituriyentlar uchun foydali:

Imtiyozli qabul kvotalari 2023

Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Imtihon formati va Test namunalari:

👉 Imtihon formati: https://uzbmb.uz/page/format_kasbiy
👉 Test namunalari: https://uzbmb.uz/page/test_namunalari_kasbiy

Tavsiya etamiz  Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar, kunduzgi va sirtqi kvotalar 2023
Прокрутить вверх