Grekcha salat tayyorlash tartibi

Bekajonlar o’zining mazali ta’mi va tez tayyorlanilishi bilan ham butun dunyoda sevilib iste’mol qilinadigan grekcha salatning retseptini hoziroq qabul qiling. Bu salatni tayyorlashda eng muhimi kerakli mahsulotlarning yangi bo’lishi va ularni katta-katta qilib to’g’rashdir.

Mundarija:

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona bodring
  • 1 donadan sariq, qizil bulg’or qalampiri
  • 250 gramm pomidor cherri
  • 1/2 dona qizil piyoz
  • 225 gramm feta pishlog’i
  • 100 gramm danaksiz zaytun donachalari
  • 2 dona sarimsoq tishchasi
  • 1/2 choy qoshiq xantal (gorchitsa)
  • 1 choy qoshiq qurigan oregano
  • 60 ml qizil sharob sirkasi
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1/2 choy qoshiq murch
  • 125 ml zaytun yog’i

Tayyorlash usuli:

1. Bodringni ikki qismga bo’ling, o’rta urug’li qismini qoshiq yordamida ajratib oling va parrak shaklda to’rg’ang. Bulg’or qalampirlarini to’rtburchak, 1,5 sm hajmda to’rg’ang.

2. Piyozni yarim halqa qilib to’rg’ang. Pomidor cherrini ikki qismga bo’ling. Sabzavotlarni salat idishida birlashtiring.

3. Salat uchun zapravkani tayyorlang. Sarimsoqni mayda to’rg’ang. Venchik yordamida sarimsoq, oregano, xantal, sirka, tuz va murchni birlashtirib, aralashtiring. Aralshtirishni to’xtatmagan holda zaytun yog’ini quying. Tayyorlangan zapravkada sabzavotlarni cho’mdiring.

4. Fetani to’rtburchak shaklda, 1,5 sm hajmda kesing. Zaytun donachalarini sharbatidan ajrating. Zaytun donachalari va fetani sabzavotlar bilan uchrashtiring. Salatni 30 daqiqaga xona haroratida qoldiring. Grekcha salat tayyor!

Yoqimli ishtaxa!

Tavsiya etamiz: Gruzincha tuzlangan karam salati

Прокрутить вверх