Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi

⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi tasdiqlandi.

Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023-y.) bilan huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

➡️ Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

➖ “Tergov faoliyati” yoʻnalishida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi shaklida tashkil etiladi.

➖ Yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarida tashkil etilishi mumkin.

📑 Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

➡️ Oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

🗓 “Tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1-fevraligacha (istisno tariqasida, 2023/2024 oʻquv yili uchun – 2023-yil 15-aprelgacha) eʼlon qilinadi.

🔖 Batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun Nizom bilan tanishib chiqing!

Tavsiya etamiz  Ehtiyojmand xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi
Прокрутить вверх