Kollej va texnikumlarga 10-20-noyabr kunlari KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkaziladi.
Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021/2022-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga SIRTQI, KECHKI va DUAL taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Kollej va texnikumlarga test sinovlari kunlari
📌 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 10-20-noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.
🏢 Test sinovlari professional taʼlim muassasalarining binolari va viloyat markazlarida tayyorlangan katta sigʻimli bino va inshootlarda oʻtkaziladi.
❗️Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning manzili va test sinovlarida ishtirok etish boʻyicha ruxsatnomalarni taqdim etish vaqti qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz:
Kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinov topshiriladigan fanlar majmuasi