Madhiya haqida she’rlar to’plami

O’zbekiston madhiyasi haqida she’rlar, madhiya haqida eng chiroyli sara she’rlar, madhiyamiz haqidagi she’rlar to’plamini qabul qiling.

Mundarija:

MADHIYAM! madhiya haqida she’r

Istiqlolning nishonasi sendursan,
Zulmatimda bo‘lgansan nur – Madhiyam!
Jahonlarga bitta o‘zing tengdursan,
Dunyo uzra kuylanib tur, Madhiyam!

Seni ko‘kka eltadur mard o‘g‘loning,
Qilich bo‘lsang, farzandlaring qalqoning.
Jahonlarga yetib borsin dostoning,
Qalam bo‘lsam, o‘zing shuur, — Madhiyam!

Istiqloling abad bo‘lsin betakror,
Gar aytilsang, yurakni chulg‘ar bahor.
Navolaring o‘zgacha berur mador,
Tillo-yu, zar, bebaho dur, — Madhiyam!

…………………….

Tor dunyoni aylarsan keng boshimga,
Parvo qilma, ko‘n iztirob yoshimga.
Butun dunyo kelsa hamki qoshimga,
Bo‘lgum mudom bir senga jo‘r, Madhiyam!

Sarhad bilmas nomus o‘zing, or o‘zing,
Kuylar bo‘lsam, qo‘limdagi tor o‘zing.
Har damimda bo‘lgan menga yor o‘zing,
O‘zbek elga milliy g‘urur – Madhiyam!

Osmonimga kelmas g‘ubor, bor bo‘lsang,
Armonim yo‘q, — agar milliard yosh ko‘rsang.
Senga sodiq Javohir Mirzo bilsang,
Yayra endi, qandingni sur, Madhiyam!

Tavsiya etamiz  25-may so’nggi qo’ng’iroq haqida sara she’rlar qo'shiqlar

Vatan himoyachilari haqida sara sherlar to‘plami

🇺🇿Davlat Madhiyasi🇺🇿 madhiya uchun qisqa she’r

💐Assalom Ona yurt, go‘zal tonglar o‘lkasi,
🌷Ta’rifu tavsifingni yo‘q nihoyasi.
💐Har yurak, har dil, har qalb kuylasin,
🌷Jaranglagin tillarda Yurtim madhiyasi

Bayroq haqida she’r, eng yangi she’rlar to’plami

Madhiya haqida she’r

Gulchehra Otamurodova

Yosh qo‘shilsin yoshinga,
Xumo qo‘ndi boshinga,
Keng jahonda yangraysan,
Har kuni jaranglaysan.

Abdulla Orifning so‘zi,
Xalqimning ko‘rar ko‘zi,
Shanimiz ģururimiz,
Qalbdagi sururimiz.

Dilimizda madhiya,
Tilimizda madhiya,
Bolajonlar bo‘ylashar,
Tongda seni kuylashar.

Xalqim yuragidasan.
Ezgu tilagidasan.
Omon bo‘l mangu bor bo‘l.
Elga hamroh bo‘l yor bo‘l.

Til haqida she’r, qo’shiq, topishmoq va boshqa barcha ma’lumotlar

Davlat madhiyasi yangragan mahal — juda ta’sirli she’r

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Yurtdoshim, daryoday oyoqqa qalqi.
Chunki, osonlikcha erishgan emas,
Bu baxtga jafokash, mard o’zbek xalqi.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Esla, ajdodlaring shavkat-u shonin.
Tarannum etgaydir, bu buyuk g’azal,
Asl insoniylikning oliy nishonin.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Tosh qotgin, ko’ksingni tog’dayin kerib.
Zero, bu baxt uchun kurashgan azal,
Ne-ne mard o’g’lonlar jonini berib.

Tavsiya etamiz  Xurshid Davron sara she’rlar to'plami

Davlat madhiyasin yangratib ko’p bor,
Hayratga to’ldir bu keng dunyolarni.
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O’ng qo’ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo’rg’oniga qalqon askarday,Yuraging doim o’z postida tursin.

Sheriyatni sevadiganlar uchun tavsiya etamiz.

Umar Xayyom sara ruboiylar sherlari

Abdulla Oripov sherlar to’plami

Muhammad Yusuf sara she’rlar to’plami.

Прокрутить вверх