Malaka toifasi uchun sinovlar 2024 tartibi yangiliklar

Malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi.

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Prezident farmoni: birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilar 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi

Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.

❗️Bunda 2023/2024 oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

Manba: Ta’lim nazorati 

Прокрутить вверх