Mevalardan salat tayyorlash retseptlari, usullari, texnikasi.
Salat uchun boshqa mevalarga qaraganda yangi uzilgan nordon olma ko’p ishlatiladi. Olmalarni yuvib, po’chog’idan tozalanadi, urug’doni olinadi.
Ular kubik, taxtacha, bo’lakcha to’g’raladi yoki qir- g’ichdan o’tkaziladi. Maydalangandan so’ng darrov salatga qo’shiladi, bo’lmasa, ular tez qorayadi.
Agar olmaning po’sti nafis, shikastlanmagan bo’lsa, uni archmagan ma’qul. Olma mayin, yangilovchi ta’m beradi. Olmani salatlarga qo’rqmasdan qo’shish mumkin.
Olma qanday tayyorlansa, nok ham shunday tayyorlanadi. Ular o’zining chiroyli ko’rinishini yo’qotmasligi uchun limon kislotasi aralashmasida saqlanadi.
Salatlarda iloji boricha yirik olxo’ridan foydalanish tavsiya etiladi. Olxo’ri yuviladi, danagi olinadi, qalamcha shaklida to’g’raladi yoki o’rtasidan bo’linib ishlatiladi.

Olxo’ri turshagi salatlarning asosini tashkil etadi. Mayiz, o’rik turshagi olxo’riga nisbatan salatlarda kam ishlatiladi. Turshaklar yuviladi, suv quyib ivi- tib qo’yiladi, so’ngra danagi olinadi. Qalamcha va somoncha shaklida to’g’raladi.
Salatlar tayyorlashda boshqa mevalar, jumladan, maymunjon, qulupnaylardan foydalanish mumkin. Ularning kompotlarini ham ishlatsa bo’ladi. Kompotlar (olchali, olxo’rili, olmali, uzumli)dan sharbati olinadi, so’ngra mevalarga va maymunjonga aralashtirilgan sirka quyiladi. Bir necha soatdan so’ng ulardan marinovka sifatida foyda- lanish mumkin.
Tavsiya etamiz: Eng sara tortlar tayyorlash retseptlari
Apelsin va mandarinlar po’stidan tozalanadi, bo’laklarga bo’linadi.
Sharbat siquvchi yordamida limondan uning sharbati olinadi. Sovutgichda limonning bir necha kun yangi ko’rinishini saqlash mumkin.
Buning uchun limon qaynatilmagan sovuq suvga solinib, sovutgichga qo’yiladi va suvi tez-tez almashtirib turiladi. Foydalanishdan oldin ularni qaynoq suvga chayib olish kerak. Shunday qilinsa, o’z bebaho hidini yo’qotmaydi.
Olchaning danagi unga shikast etkazmasdan maxsus moslama yordamida olinadi.