Munajjimlar bashorati kunlik bilib oling

Tavsiya etamiz

Eng sara mazmunli ta'sirli sherlar to'plami:

Hikoyalar va Rivoyatlar Munajjimlar bashorati kunlik Abdulla Oripov sherlari

TV dasturlar:

Tush tabiri:

Munajjimlar bashorati, 27.01.2023

QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

27 yanvar kuni qo‘y burji vakillarining ko‘pchiligi ishxonasida maoshi oshirilishini rahbarlardan talab qila boshlashlari kutilmoqda. To‘g‘ri, qolgan hamkasblarning aksariyati negadir sizni qo‘llab-quvvatlashdan nari bo‘ladi. Lekin rahbarlar bu talabni hisobga oladi. Oilasizlardan kimdir bugun kun davomida o‘zining bo‘lg‘usi juftini uchratib tanishishi mumkin. Tashabbuskor bo‘ling. Bu sizga faqat yaxshilik keltiradi. Har ishda istaklar emas, tafakkur yetagida bo‘ling.

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

Moddiy ahvolingiz yomon emas. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hatto nonushtani ham nufuzli kafelarning birida tanovul qilishni xohlab qolasiz. Go‘yo uyingizda ko‘nglingizga yoqadigan taomlar pishirilmayapti-yu, shu sababli kafega borishdan bo‘lak iloj topa olmaysiz. Aslida bu bahona xolos. Asosiysi, oshqozonni ehtiyot qiling. Kissangizga ehtiyot bo‘ling. Firibgar va kissavurlar yo‘lingizda ko‘ndalang bo‘lishi kutilmoqda. Sayohatga otlanganlar poezdda yo‘l yurishdan voz kechganlari ma’qul.

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

27 yanvarda uyqudan ishchan kayfiyatda uyg‘onasiz. Haftaning ilk ish kuni bo‘lgani uchun shunday bo‘lsa kerak. Dam olish kunlari miyangizga yangi g‘oyalar kelgan bo‘lsa, bugun sira o‘ylanmasdan ularni haqiqatga aylantirish harakatiga tushavering. Ayollar va qizlar uchun bugun kosmetolog va sartaroshga chiqib kelish foydali kechadi. Tashqi qiyofangizga e’tibor qaratib qo‘yish ham kerakli amallarning biri-da. Kechqurun kissangiz pulga to‘lishi kutiladi. Omad sizga yor bo‘lsin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

Agar yaqindagina rahbarlar yangi vazifalarni zimmangizga yuklagan bo‘lsa, bugun ularni bajarish asnosida juda ehtiyot bo‘ling. Shunda ishingizda sifat bo‘ladi. Shaxsiy hayotda turli kelishmovchiliklar, janjalli lahzalar kuzatilishi mumkin. Janjallarning asosiy sababchisi moddiy ahvolingiz yaxshi emasligidir. Bu muammoni ham silliqchasiga bartaraf etishga urinib ko‘ring. Uddalaysiz. Asabni asrang.

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

27 yanvar kuni ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Ammo siz muhabbatga, ishqiy sarguzashtlarga berilishingiz ehtimolga yaqin. Hatto, rahbarlaringiz alohida topshirgan ishlar ham o‘lda-jo‘lda qolib ketishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri dushmanlik qilishga urinishi kuzatiladi. Sababi noma’lum, biroq uning niyati buzuqligini ko‘z qarashlaridan ham bilib olsa bo‘ladi. Na iloj?!. Arzirli javob qaytarmasangiz bo‘lmaydi. Faqat ehtiyotkorlik bilan ish tutishni unutmasangiz bas.

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

Do‘stlardan biriga qaysidir masalada tanbeh berganingizni anglab yetsangiz, u bilan ortiq muloqot qilmay tura qoling. Yolg‘iz qolganingiz ma’qul. Bugun emosiyaga erk bermasligingiz tavsiya qilinadi. Sport bilan shug‘ullanish, sport musobaqalarida ishtirok etish muvaffaqiyatli kechadi. Lekin tafakkuringiz bugun negadir o‘tmaslashgan kabi hadeganda sizga yordam bera qolmasligi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar dorilarni o‘z vaqtida ichishlari so‘raladi.

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

27 yanvarda ishga borish o‘rniga yotib dam olishni xohlaysiz. Filьm tomosha qilasiz. Gazeta yoki kitob o‘qiysiz. To‘yib uxlashga intilasiz. Bularning barchasi yaxshilikka. Ammo kechga borib muammolar ulgurjisiga boshingizga yog‘iladi. Kechki payt olisda yashaydigan qarindoshingiz ogohlantirmasdan mehmonga kelishi kutiladi. Ro‘zg‘oringizdagi jihozlar soz-nosozligini tekshirib ko‘rish ham yodingizdan chiqmasin. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun chayon burji ostida tug‘ilganlarni kutilmagan tanishuvlar, olis safar kutib turadi. Yaxshiki energiyangiz zahirasi to‘la. Aks holda yarim yo‘lda toliqib qolgan bo‘lardingiz. Muhabbatda ham bir joyda uzoq turib qolishdan saqlaning. Juftingizni xuddi o‘tmishdagi kabi favqulodda romantika bilan siylang. Yaqindagina tadbirkorlikni boshlaganlar bugun yangi hamkorlar bilan yangi shartnomaga imzo qo‘yishadi. Olloh sizga yor bo‘lsin!

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

27 yanvar kuni ish joyingizda hamkasblaringizdan kimlardir oyog‘ingizdan chalishga harakat qilib ko‘rishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling. Agar ayrim ishlarda omadingiz chopmasa, o‘zingizni ayblamang. Vaziyat shuni taqozo etishi mumkin. Tanqidlar, mayda-chuyda ko‘ngilsizliklarga e’tibor bermaslikka harakat qiling. Ba’zilar favqulodda bosh og‘rig‘idan bezovtalanishi kutiladi. Vrach ko‘rigidan o‘tmasangiz bo‘lmaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun tog‘ echkisi burji vakillarining vaqti dahshatli darajada tez o‘tadi. Yugur-yugurlar sizni kutib turadi. Xuddi o‘shalar vaqtingiz qanday o‘tganini sezmay qolishingizni ta’minlaydi. Faqat jismoniy zo‘riqishlardan o‘zingizni asrang. Moliyaviy masalada hech narsani unutib qo‘ymang. Bu sizni inqirozga yuz tuttirishi hech gap emas. Qarzingiz bo‘lsa, bugundan qoldirmay egalariga qaytarishingiz tavsiya etiladi. Bugun tanani chiniqtirishga yo‘naltirilgan muolajalar muvaffaqiyatli yakun topadi.

QOVG‘A (20. 01 — 18. 02)

27 yanvarda siz jamoaviy ishlardangina ijobiy natija olasiz. Yolg‘izlikda ijobiy natijaga erishishingiz mushkul. Shu bahonada professionalligingizni yana bir bor hamkasblarga namoyish etasiz. Shamollab qolishdan nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Shamollashga olib keladigan mayda belgilarni ham o‘tkazib yubormang. Agar shamollashga ulgurgan bo‘lsangiz, o‘z vaqtida davolanishingiz kerak. Yoga bilan astoydil shug‘ullansangiz, asab tizimingiz mustahkam tortadi.

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

Bugun har jabhada yetakchi rolini ado etasiz. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham tajribangiz yetarli. Shunday ekan, yetakchilikni a’lo darajada uddalay bilasiz. Kunning ikkinchi yarmida muloqotlar, qo‘ng‘iroqlashishlar boshlanadi. Har bir muloqotdan mazmun olishga harakat qiling. Ayrimlar suyukli insoni bilan ma’lum muddat ayriliqda bo‘lishi mumkin.