Navro’z umumxalq bayrami bayram senariysi
Xush kelding Navro`z!
Chechaklar barq urib, keldi Navro`zim,
Don-dunim, osh-nonim ham rizqu ro`zim,
Jaxonga tik boqqan sen qora ko`zim,
Xush kelding Navro`zim, dillarga xamdam,
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
“Navro`z” bayramini o`tkazish ssenariysi
Aylabon Lutfiy – karam Navro`zi olam keldilar.
O`smadan qoshi qalam Navro`zi olam keldilar.
Tadbir o`tkaziladigan zal bayram libosida qilib bezatiladi. Zalning to`rida “Assalom Navro`z” yon tomonlarida bahorni madh etuvchi shiorlar yozilgan plakat va lozunglar ilingan bo`ladi. Zalning har to`rt tomonida stollar to`rt -olti kishi o`tiradigan qilib did bilan qo`yiladi.
Dasturxonlar to`shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko`k somsa, chuchvaralar, xar-hil o`zbek milliy taomlari).
Dinamik orqali bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado berib turadi.
Bayramga maktab o`quvchilari, o`qituvchilar, faxriylar, mahalla oqsoqollari taklif etiladi. Bayramni olib boruvchi barcha bayram qatnashchilarini bezatilgan dasturxonga taklif etadi. Shu tariqa Navro`z bayrami tantanali ravishda boshlanadi.
Boshlovchi: Ona yurtim bag`ring to`lib ol nafas.
Ozodlikning Navro`zlari muborak!
Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.
Turkistonim istiqboldan ber darak.
Erk nasimi elaversin gurkirab.
Dala-tuzing chechaklarga burkansin.
Alp o`g`loning tuprog`ingga bosh urib.
Maysalardan birlashmoqni o`rgansin.

Boshlovchi: Assalomu alaykum Navro`z qatnashchilari!
Sizlarni yangi yil bahor bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Aziz mehmonlar! Navro`zning nozu-ne’matiga to`la bo`lgan dasturxon sizga muntazir. Navro`z dasturxoniga marhamat!
Bugungi bayramingiz ko`ngilli o`tsin.
Navbat san’atkorlarga beriladi. Navro`zni madh etuvchi qo`shiqlar zal bo`ylab jaranglaydi.
Boshlovchi: Navro`z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning bunday an’anasi bor. Bu an’anasi Navro`z saylidir. Shoirman, mussavirman, san’atkorman degan kishi borki, bu shodiyonani tasvirlashga albatta urinib ko`radi. Bu shodiyona-dan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug`ilmagan. Bu fasl muhabbat va uyg`onish fasli, qo`yi baraka, mehnat va jasorat fasli. Bayram qatnashchilari-ni tabriklash uchun mehmonlarga so`z beriladi.
Boshlovchi:
To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.
Bo`sh tuproq bag`rini yorib.
Nozik yashil maysa uyg`ondi.
To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.
Navdalarni uchida kulib,
Bahor uyg`ondi…
Tavsiya etamiz: 21 mart navro’z bayrami uchun tabrik sherlar va tilaklar to’plami
Ha bahor uyg`ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg`ondi.
Dalalar uyg`ondi. Dalalarda jasorat uyg`ondi, mehnat uyg`ondi. Navro`z saylida qaytayotgan dehqon to`g`ri dalasiga yo`l oladi. Navro`z, shu zahmatkash dehqonlar haqqi hurmati qadaming qutlug` bo`lsin.
Tabrik so`zi beriladi. San’atkorlar bahorni madh etuvchi qo`shiqlar kuylaydi. Bayram qatnashchilari raqsga tushadilar.
Boshlovchi: O`ynamoq, kuylamoq kerak
Kelganda Navro`z bayrami
Bog` aro yurmoq kerak.
Kelganda Navro`z bayrami
Lolalar termoq kerak
Kelganda Navro`z bayrami
Gashtini surmoq kerak.

Ha, bu faslda somsa-yu sumalak pishirish bilan ovvora bo`ladi. Erkaklar ketmon-u o`roq charxlab yerga kerakli bo`lgan asbob uskunalar tayyorlaydilar. Xuddi ana shu kezlarda og`ilxona mollarini oftoboy joylarga olib chiqiladi. Qish bo`yi ifloslangan junlarini yuvib taraladi. Bu faslda yerga ko`chat o`tkaziladi, urug` tashlanadi. Shundan so`ng bir guruh qizlar “Navro`z” haqida she’rlar mushoirasini davom ettiradi. Qizlar she’r o`qiyotganda “Bahor” valsi kuyi san’atkorlar tomonidan ijro etiladi. Navbat san’atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Lolalar alvon-alvon,
Sumalak berar darmon
Sumalak yetmay qolgan,
Bir umr qilar armon.
Bilasizmi? “Sumalak” ne deganq “Sumalak” aslida “Sumalak” o`ttiz farishta degani. Sumalak pishayotganda qozon boshida o`ttiz malak o`tiradi. Oshpaz emas o`shalar, pari-yu farishtalar pishiradi. Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo`lidan tuz yegan sumalak shirin bo`ladi. Ha do`stlar, sumalak – qutluqosh, uni yegan savob topadi.
Afsona shunday talqin topgan.
Tarixiy guvox berishicha esa “Sumalak” forscha “Samoni” bug`doy maysasi so`zidan kelib chiqqan deb faraz qilishadi. Navbat san’atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar
Osmonda boshuraziz mehmonim
Navro`zing muborak, O`zbekistonim!
Ha, ne-ne davrlar o`tdi boshingdan, O`zbekistonim. Ne-ne zamonlar o`tdi. Ne-
ne bo`ronlarda ne-ne g`oyalar yemirilib ketdi.
Lekin xalqning asriy bir an’anasi hamon yashab kelmoqda. Bu mehnat, ezgulikni, bahorni ulug`lovchi umumxalq bayrami “Navro`z” saylidir.
Navbat san’atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Turnalar yurtinga qaytgani kabi
Bag`ringa qaytmoqda alyor baytlaring
Moviydan xayolchang ko`rinish berar
Ming shukur tabarruk ulug` zotlari
Buyuk daxolarni bergan bo`stonim
Yangi yiling qutlug`, O`zbekistonim…
Bu faslda odamlar to`da-to`da bo`lib sayrlarga chiqishadi. Bir – birlarini bahor bilan qutlashadi. Bir – birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab kuylagan bunday paytda olam sevinchga to`lib ketadi.
Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi.
Boshlovchi: Maysalarning yashil tug`yoni dilda
Qalblarda nish urgan orzular go`zal
Yurtim tuprog`ingga kirib kelmoqda
Xirotdan Navoiy bitgan shox go`zal
O`zliging muborak, O`zbekistonim
Navro`zing muborak, O`zbeksitonim!
Navro`z bahorning boshlanishi, boychechak bahorning elchisi. Boychechakni ko`rganda faqat ezgu niyat qilish kerak. Shu Navro`z tongida qo`lida boychechak tutib qiyqirib o`ynayotgan shu bolalar baxti uchun ne-ne urushlardan bag`ri kuygan xalqim ulkan koinotdagi mitti sayyora Ona zaminga tinchlik omonlik tilaydi:
Yomon yurmasin, to`zon turmasin.
Gullar so`lmasin, inson o`lmasin.
Hammasin, hammasin osmon asrasin
Dushman hammasin bolalar sasin
Sovuq nafasin olov yamlasin.
Ko`ngilli o`tayotgan “Navro`z” sayli shu tariqada davom etadi.
Bayram senariysini word variantda yuklab oling. Navro`z umumxalq bayrami.senariysi yuklab olish