Mundarija:
Qʻqishni koʻchirish perevod qabul 2023
Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz saytidan davlat OTMlaridan qabul qilinadi, hamda my.uzbmb.uz xorijiy va nodavlat OTMlaridan platformalari orqali qabul qilinadi.O‘qishni ko‘chirish 2023 o‘tish ballari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Davlat OTM larida o’qishni o’chirish tartibi
Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi: ✅talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda; ✅davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. o’qishni ko’chirish Bakalavr_turdosh 2023 yuklab olish Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi. Ma’lumot uchun: Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi: ➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”; ➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”; ➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”; ➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”. Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi. Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar:Javoblar varaqasi namunasi va baholash mezoni qabul 2023