Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar ma’lum qilindi batafsil:

Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida ma’lum qilindi.

Xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga bazaviy ta’rif stavkalariga nisbatan:

🥇 oltin medal uchun 200 foiz;
🥈 kumush medal uchun 175 foiz;
🥉 bronza medali uchun 150 foiz.

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 150 foiz;

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 100 foiz;

👉 tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga ta’rif stavkalariga nisbatan – 50 foiz;

👉 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga ko‘ra – 50 foiz;

👉 kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining – 5.5 barobari;

👉 fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga – 50 foiz;

Tavsiya etamiz  2023-2024 o‘quv yiliga umumta'lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati

👉 chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga – 50 foiz ustamalar beriladi.

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun toʻlanadigan ustamalar

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun:

➖ Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;

➖ Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;

➖ Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizi;

🔹 Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;

Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:

🔸 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

🔸 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;

Tavsiya etamiz  2023-2024 o‘quv yiliga umumta'lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati

🔸 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;

🔸Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq boʻlsa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) to‘lanadi.

Ayol oʻqituvchilar uchun:

🔺 Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayol oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;

🔘 Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli tanlov jarayonlaridan oʻtgan oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.

Bu haqida Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Прокрутить вверх