Oliy ta’lim muassassalariga o’qishga kirishda kitilayotgan yangiliklar va imkoniyatlar bu haqda Davlat test markazi matbuot kotibi Orziqul Boboyev kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibiga kiritilgan o‘zgartirish haqida abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mundarija:
Tanlov ustuvorligi haqida yangilik
Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, oldinlari bitta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test natijalariga ko‘ra, shartnoma asosida, ikkinchisida esa grant asosida qabul qilingan bo‘lsa, abituriyent birinchi yo‘nalishda — shartnoma asosida o‘qishga majbur edi. 2021 yildan boshlab endi ikki bosqichda ko‘riladi: birinchisida — abituriyent agar davlat byudjetida o‘qishni tanlasa, tanlagan beshta yo‘nalishining grant bo‘yicha har bittasi qarab chiqiladi. Shundan keyingina, shartnoma bo‘yicha qarab chiqiladi. Bu haqda ushbu maqolada batafsil tanishish mumkin.
Imtihonlarni qay tarzda amalga oshirilishi haqida
Imtihonlarga tayyorgarlik ikkita ssenariy bo‘yicha amalga oshishi mumkin. Birinchisi — Maxsus komissiya pandemiya sabab testlarni yopiq binolarda o‘tkazishni taqiqlasa, imtihonlarni ochiq maydonlarda tashkil etish. Hozirda 65 ta ochiq maydon va stadionlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ikkinchi ssenariy bo‘yicha esa keng sig‘imli yopiq binolar tayyorlanyapti. Davlat test markazi hisob-kitobiga ko‘ra, 10 iyulga qadar 96 ta bino tayyor bo‘lishi kerak.
Shuningdek, kuzatuv kameralari soni oshiriladi va onlayn-translyatsiya uchun kameralar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, har bir guruhga ovoz yozishga qodir statsionar va 360 daraja burila oladigan kameralar o‘rnatiladi.
OTMga hujjat topshirish usullari haqida
Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. 2021 yilda «My.dtm.uz» yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (My.gov.uz)orqali hujjatlarni topshirish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma.
Nechta fandan imtihon topshiriladi?
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilgidan farqli o‘laroq, 2021 yilda imtihonlarni ixtisoslashgan ikkita fan bo‘yicha imtihon topshirish belgilangan.
Kirish imtihonlari beshta fan bo‘yicha bo‘ladi, ularning uchtasi majburiy — ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika. Va yana ikkita fan tanlangan mutaxassislik bo‘yicha. Beshta fandan testlarni ishlashga 3,5 soat vaqt ajratiladi.
Eslatma! Barcha fanlardan majburiy test namunalarini pdf shaklida ushbu sahifada yuklab olish mumkin: Majburiy fanlar namunaviy testlar pdf yuklab olish
Imtihon natijalarini qayerdan bilish mumkin?
Abituriyentlar imtihon topshirganining ertasi kuni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali test natijalarini bilishi mumkin. O‘qishga kirgan yoki kirmagani to‘g‘risida ma’lumot butun respublika bo‘ylab test sinovlar yakunganidan keyin, bir hafta ichida e’lon qilinadi.
Davlat test markazi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar Ittifoqi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda jamoatchilik kuzatuvchilari sifatida idora vakillarini jalb etishni boshlab yuborgan. Ya’ni nazorat DTMga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.