Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar

Uy sharoitida Pitsa tayyorlash usullari retsepti xamiri kerakli masalliqlar bilan tanishing.

«Pitsa» Italiya milliy taomi hisoblanadi.

PITSA TAYYORLASHDA KERAKLI MASALLIQLAR

Xamir uchun:

  • 500 g un;
  • 30 g yangi xamirturush;
  • 1 choy qoshiq shakar;
  • 1 choy qoshiq tuz;
  • 3-4 osh qoshiq zaytun moyi (kungaboqar yog’i ham bo’ladi);
  • 1-1,5 stakan iliq suv (240-320 ml).

Pomidorli sous:

  • 3 ta pomidor, tozalangan va to’g’ralgan;
  • 5 ta sarimsoq bo’lagi, maydalangan;
  • Bir shingil mayda to’g’ralgan ko’kat;
  • 1/2 choy qoshiq shakar;
  • 1 choy qoshiq zaytun moyi;
  • tuz;
  • 2 osh qoshiq tomat pastasi.

Qo’shimchalar:

  • 300 gramm maydalangan qattiq pishloq (ixtiyoriy: parmezan, gauda, xorazm pishlog’i, motsarella);
  • qo’ziqorin;
  • zaytun;
  • dudlangan kolbasa;
  • shirin bulg’or qalampiri;
  • pomidor;
  • dudlangan tovuq go’shti;
  • ko’kat.

Pitsa tayyorlash sirlari shundaki, masalliqlarni o’z xohishingizga binoan tanlashingiz mumkin!

Tavsiya etamiz: Qovurma lag’mon tayyorlash retsepti

PITSA TAYYORLASH RETSEPTI BOSQICHMA-BOSQICH

Ishni xamir qorishdan boshlaymiz. Eng avvalo un, xamirturush va shakarni bir idishga solib aralashtirib olamiz.

So’ngra unga yog’, suv va tuz solib xamiq qoramiz. Xamir o’rtacha yumshoqlikda bo’lishi kerak.

Tayyor xamirni 1,5-2 soatga tindirishga qo’yamiz.

Xamir tinguniga qadar pomidorli sousimizni tayyorlab olamiz. Buning uchun tovaga yog’ solib, pomidor va sarimsoq piyozni biroz qovurib, unga mayda to’g’ralgan ko’kat va qolgan masalliqlarni qo’shamiz va 2-3 daqiqa davomida dimlab olamiz. Agar sizda pomidor bo’lmasa, sous o’rniga tomat pastasi ishlatishingiz mumkin. Buning uchun tomat pastasiga ozgina suv, sarimsoq piyoz, ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar qo’shib, biroz qaynatib, so’ngra sovutib olsangiz bo’ldi.

Tindirilgan xamirni xohishga ko’ra yupqa yoki qalinroq qilib aylana shaklida yoyamiz. So’ngra yoyilgan xamirni gaz pechi tovasiga olamiz va qo’limiz bilan chetlarini ozgina ko’tarilib turadigan qilib tekislab olamiz.

Yoyilgan xamir ustiga sous suramiz. So’ng ketma-ketlikda to’g’ralgan masalliqlarimizni terib chiqamiz va gaz pechiga 4-6 daqiqaga qo’yib olamiz. Bunda masalliqlar va xamir ozgina pishadi. Shundan so’ng pitsa ustiga maydalangan pishloq sepib chiqamiz, uning ustidan pomidor halqalari va ko’kat sepamiz va yana 200 ºC haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo’yib, tillarang tusga kirguncha pishirib olamiz. Ko’rib turganingizdek bu ajoyib taomni tayyorlash juda ham oson. Yoqimli ishtaha.

Manba:

Прокрутить вверх