Prezident maktablari Ijod maktablariga qabul 2023 hujjatlar qabuli e’lon qilindi

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

Mundarija:

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (a’lo) bo’lishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ 2023-2024-o’quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

IJOD MAKTABLARI

IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

Tavsiya etamiz  Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon 2023 natijalari bilish

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂Talabgorning:
➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

❓Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
➖ Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktablariga 7- sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🔸Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Прокрутить вверх