Qanday toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi

Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

➖ xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

➖ “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

➖ oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

➖talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

Tavsiya etamiz  Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi
Прокрутить вверх