Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

Tavsiya etamiz

Eng sara mazmunli ta'sirli sherlar to'plami:

Hikoyalar va Rivoyatlar Munajjimlar bashorati kunlik Abdulla Oripov sherlari

TV dasturlar:

Tush tabiri:

Qiz bolalar uchun eng chiroyli o’zbekcha, islomiy, zamonaviy ismlar manosi top 100.

Safiya

Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.

Sumayya

Samo, osmon. Islomda birinchi shahid bo‘lgan ayol. Qiyomatdan keyin jannatga birinchilardan bo‘lib kiradigan ayol.

Shakllari: Sumayyyaxon, Sumayyabonu.

Safiya

Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.

Shakllari: Sofiya, Safiyaxon, Safiyabonu.

Yasmina

Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul

Shakllari: Yasminaxon, Yasmin, Yasminabonu, Yasminaoy, Jasmin.

Samiya

Sami — Sami’ ismlarning ma’nodosh shakli.

Shakllari: Samiyaxon, Samiyabonu.

Musfira

Ikki dunyo saodati ila nurli yuzli, yorqin chehrali, to’lei porloq, iqboli baland bo‘lgan baxtli, saodatli qiz.

Shakllari: Musfiraxon, Musfiraoy, Musfirabonu.

Hadicha

Chala tug‘ilgan. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Hadicha (taxm. 555 — 556 — 620 — 621) ning ismi, Fotimaning onasi

Muslima

Musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz.

Shakllari: Muslimaxon, Muslimaoy, Muslimabonu.

Farzona

Aqilli, dono, olima, ziyoli, o‘qimishli, donishmand, oqila yoki yagona, tengsiz yohud mehribon, muruvvatli, saxovatli, saxiy.

Shakllari: Farzonaxon, Farzonabonu, Farzonaoy.

Kamola

Kamolga erishgan yetuk,zebo, ko’rkam, mukammal inson. Boshqalarga namuna, ibrat, o‘rnak bo‘la oladigan qiz.

Shakllari: Kamolaxon, Kamolaoy, Kamolabonu.

Mohlaroyim

Yorqin nur, ochiq chehrali, kulib turuvchi, istarali, mehribon qiz.

Shakllari: Mohlaroy, Mohlaroybegim.

Nigora

Go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy.

Shakllari: Nigoraxon, Nigor, Oynigor, Gulnigor, Nigorabonu, Nigoraoy.

Umida

Orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz.

Shakllari: Umidaxon, Umidabonu.

Imrona

Tiriklik, barhayotlik, uzoq umr ko‘ruvchi

Shakllari: Imronaxon, Imronabonu, Imronaoy.

Rayhona

Nozbo‘y, iforli, rayhonday yoqimtoy, yoqimli, nafis, jozibali qiz. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning ayollaridan birining nomi.

Shakllari: Rayhon, Rayhonabonu, Rayhonaxon, Rayhonaoy, Rayhongul, Gulrayhon, Bibirayhon, Rayhonbu, Gulirayhon.

Mohinur

Oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz.

Shakllari: Mohinurxon, Mohinurbegim, Mohinurbonu.

Dunyo

Tarkibida «dunyo» so‘zi mavjud ismlarning eq. qismi. Dunyodek, olamdek katta, bag‘ri keng, mard, labzi halol inson.

Shakllari: Dunyoxon, Dunyonur, Dunyogul, Dunyobegim.

Aliya

Jamiyatda yuqori martabaga erishuvchi, o‘z o‘rnini topib obro‘-e’tiborli bo‘lib, oliy darajaga ko‘tariluvchi.

Shakllari: Aliyaxon, Aliyabonu, Aliyabegim.

Muxlisa

Oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz.

Shakllari: Muxlisaoy, Muxlisaxon, Muxlisabonu.

Anisa

Do‘st, o‘rtoq, dugona, sevimli, suyukli, qadrdon, dilga yaqin inson.

Shakllari: Anisaxon, Anisabonu, Anisaoy

Iymona

Iymonli, e’tiqodi mustahkam, qalbi pok, Allohga sig‘inuvchi, itoatkor qiz

Shakllari: Iymonaxon, Iymonaoy, Iymonabonu.

Afruza

Oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz.

Shakllari: Afruzaxon, Afruzabonu, Afruzaoy.

Shukrona

Sabr-toqatli, qanoatli, boriga qanoat qiluvchi, itoatkor, shukronalik hissini tuygan, Allohga shukr qiluvchi.

Shakllari: Shukronaxon, Shukronaoy.

Mushtariy

Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor.

Shakllari: Mushtariybonu, Mushtariyxon.

Soliha

Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, oq ko’ngil, mehribon, oqila, iymonli, sadoqatli, muslima qiz.

Shakllari: Solihabonu, Solihabegim.

Zahro

Yorqin, ravshan, oq yuzli. Nurli, porloq, nur taratuvchi yoki intiluvchi, havas qiluvchi, oldinga intiluvchi.

Sumayya

Samo, osmon. Islomda birinchi shahid bo‘lgan ayol. Qiyomatdan keyin jannatga birinchilardan bo‘lib kiradigan ayol.

Iymona

Iymonli, e’tiqodi mustahkam, qalbi pok, Allohga sig‘inuvchi, itoatkor qiz.

Aziza

Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob.

Yasmina

Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.

Soliha

Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, oq ko’ngil, mehribon, oqila, iymonli, sadoqatli, muslima qiz.

Feruza

Baxtli, iqboli baland, to’lei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi.

Saida

Baxtli, omadli, to’lei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz.

Farzona

Aqilli, dono, olima, ziyoli, o‘qimishli, donishmand, oqila yoki yagona, tengsiz yohud mehribon, muruvvatli, saxovatli, saxiy.

Mubina

Jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y latofatli, zebo qiz.

Muslima

Musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz.

Hadicha

Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Hadicha (taxm. 555 — 556 — 620 — 621) ning ismi, Fotimaning onasi

Yasina

Qur’oni karimda kelgan Yosin surasiga nisbat, qoriya bo‘lsin. Quro’on ilmini o‘rgansin degan niyatda ham qo‘yiladi.

Diyora

O‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand.

Afruza

Oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz.

Mohinur

Oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz.

Madina

Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism.

Shahnoza

Shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz.

Oysha

Yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan.

Robiya

Oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola.

Shukrona

Sabr-toqatli, qanoatli, boriga qanoat qiluvchi, itoatkor, shukronalik hissini tuygan, Allohga shukr qiluvchi.

Bibisora

Bibi — xonim, beka, oyim, yuqori tabaqaga mansub ayol. Bu so‘z o‘tmishda mashhur turk ayollarining faxriy unvoni bo‘lgan va «xonim, beka, uy sohibasi» ma’nolarini anglatgan. O‘zbek shevalarida bibi — buvi, ona, qaynona ma’nolarini anglatadi, qizlar ismining birinchi, ikkinchi qismida kelib hurmat, erkalash munosabatalarini hamda «qiz bola» ma’nosini anglatadi. Sora — tanlangan, saralangan, eng a’lo yoki toza, pokiza, xolis.

Mushtariy

Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor.

Fotima

Aynan: fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan.

Sabrina

Sabr-toqatli, bardoshli, chidamli, yengilmas, irodali, kuchli, matonatli. Sabriya ismining shakllaridan biri. Uels nomi Angliyadagi daryo nomidan kelib chiqqan. Afsonalarga ko‘ra, malika Sabrina baxtsiz sevgidan daryoga cho‘kib ketgan. Yozuvchi Samuel Teylorning «Go‘zal Sabrina» (1954 yildagi «Sabrina») romani hamda kinofilm, shuninglek spktakl chiqganidan so‘ng bu ism mashhur bo‘lib ketgan.

Marjona

Dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho, latofatli, go‘zal, yorqin, zebo va suluv qiz.

Omina

Himoya qilingan, xavf-xatardan holi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad SAVning onalarining ismi bo‘lgan.

Ifora

Hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi.

Aylin

Oyning yorugligi

Imrona

Tiriklik, barhayotlik, uzoq umr ko‘ruvchi.

Muxlisa

Oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz.

Asal

Bol, asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz.

Umida

Orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz.

Shirin

Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.

Parvina

Hulkar yulduzidek oliy martabali, to’lei baland, hayoti porloq, nurga to‘la, bekamu-ko‘st bo‘lsin.

Mumtoz

Tanlangan, saralangan, sarbaland, mashhur, e’tiborli, odamlar nazari tushgan, zo‘r.

Ruxshona

Xushro‘y, ko‘rkam chehrali qiz, chiroyli, nurli, go‘zal yuzli, suluv.

Kumush

Kumushdek qadrli, qimmatbaho, e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli oq badan, nafis, go‘zal qiz.

Parizoda

Parilardan tug‘ilgan, ya’ni go‘zallar avlodiga mansub, tengsiz chiroyli, suluv, go‘zal qiz.