Super-kontrakt uchun kontrakt.edu.uz online ariza berish tartibi

kontrakt.edu.uz saytidan shartnoma olish tartibi.

Xabaringiz bor tabaqalashtirilgan (super), to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar tomonidan onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish uchun kontrakt.edu.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini elektron shaklda amalga oshirilmoqda.

kontrakt.edu.uz onlayn ariza berish tartibi

kontrakt.edu.uz saytiga kiramiz.

Ochilgan oynadan Kirish/ Ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz.

Ochilgan oynaga telefon raqamizni kiritamiz.

Ochilgan oynaga pasport ma’lumotlarimiz yangi parol kiritamiz faqat parol ikki marta kiritamiz sms kod olish tugmasini kiritamiz. Telefonimizga kelgan sms raqamni kiritib kirish tugmasini bosamiz.

Ochilgan oynadan Mening kabinetim tugmasini bosamiz.

Ochilgan oynadan Yaratish tugmasi bosiladi. Keyingi qadamda qaysi yo’nalishda super kontraktga ariza bermoqchi bo’lsangiz o’sha tugmani bosib ariza yuborish tugmasini bosasiz.

Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Tavsiya etamiz  Super-kontrakt narxlari 2023 yo’nalishlar kesimida

Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda.

Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman.

Tavsiya etamiz:
Super-kontrakt narxlari 2023 yo’nalishlar kesimida

kontrakt.edu.uz onlayn ariza berish video qo’llanma

Tavsiya etamiz: 2023/2024-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt narxilari

Прокрутить вверх