Abay hikmatlari to’plami
Abay hikmatlaridan Yaxshilikni bilganga qayish, noshukurga qayishmoq qadrni yerga urmoqdir. Mard ko‘p so‘rasa ham ozga rozi bo‘ladi, nomard oz so‘raydi, ortiqcha bersang ham rozi bo‘lmaydi. Yomon do‘st soyaga o‘xshaydi. Peshonangga kun tug‘sa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut to‘plansa, izlab topa olmaysan. Do‘sti yo‘q bilan sirlash, do‘sti ko‘p bilan siylash. Qayg‘usizdan uzoq qoch, qayg‘uliga quchoq och. …