Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) 1336-yil, 9-aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning oilasi Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik …