Tegina begim (1318-1353)
Tegina begim, Takina xotun. Tegina Mohbegim (taxminan 1318 — 1353, hozirgi Shahrisabz) — Amir Temurning onasi. Amir Muhammad Taragʻayning xotini. Takina xotun 16 yoshida Kesh amiri Muhammad Taragʻaybekka uzatilgan (1334). Keyinchalik yaratilgan “Qissai Temur” (“Malfuzoti Temuriy”), “Temur qissasi” va Toshkentlik tarixchi Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” (1908) asarida Takina xotun hayotiga oid ayrim maʼlumotlar mavjud. “Temurnoma”da boʻlajak sohib-qiron Amir Temurning tavallud …