Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 📆 Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan …