Til haqida maqollar va Til haqida hikmatli so’zlar to’plami.
Til — bu millat qalbi, xalqning tarixidir. Qadring baland bo‘lsin- ona tilim!
Til haqida maqollar
Til — aql bezagi.
Til — aql tarozusi.
Til — aql oʼlchovi.
Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar.
Til — dil kaliti.
Til — dil tarjimoni.
Til — dil jarchisi.
Til tigʼi qilich tigʼidan oʼtkir.
Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
Til tigʼdan oʼtkir.
Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz.
Tilga eʼtibor — elga eʼtibor.
Tilga ehtiyot — elga ehtiyot.
Tili nopok — oʼzi nopok.
Tili shirinning doʼsti koʼp.
Tilingda boʼlsa boling,
Kulib turar iqboling.
Tilni bogʼla dil bilan,
Dilni bogʼla til bilan.
Tigʼ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
To‘qson og‘iz so‘zning to‘qsonta tuguni bor.
Shakar ham tilda, zahar ham.
Shirin so‘z shoh kosasida suv ichar.
Shirin yuzingdan shirin so‘zing a’lo.
Egasiz qarg‘ish egasini topar.
Eldagi gap — dildagi gap.
Elni sevsang, elcha gapir.
Ona tilim — jon-u dilim.
Tavsiya etamiz: Til haqida sara sherlar to‘plami