Tush ko’rish sabablari, xillari

Tushlar 3 xil bo’ladi. 1 chi ilohiy. 2 chi shaytoniy. 3 chi insoniy tushlardir. Ilohiy tushda yaxshi xabarlar yetkaziladi va bo’lajak bir voqea xususida ogohlantiriladi. Shaytoniy tushlar qo’rqinchli bo’lib, kishi vahimaga tushadi. Insoniy tushlarni kundalik tushlar deb sharhlash mumkin.

Bu tush kishining o’ngidagi kechinmalari, o’yalari, ruhiy va jismoniy holati ta’sirida sodir bo’ladi. Shuningdek kitobda shaytoniy va insoniy tushlar ta’bir qilinmaydi. Chunki ular xabar bildirmaydi. Galen, Gippokrat, Ibn Sino fikrlari bo’yicha inson mijozi qanday bo’lsa, tushi ham shunga yarasha bo’lar ekan. Masalan o’ta issiq mijozli odam juda qotib uxlab, og’ir tushlar ko’radi. O’rta darajada issiq va O’rtacha quruq mijozli odamlar esa yengil uxlab yoqimli tushlar ko’radi. Uyqudan oldin inson ovqatga to’yib uxlaganda aloq-chaloq tushlar ko’rishi bilan birga pishib terlaydi. Bu tarzda uxlagan odamning ruhi dam olmaydi. Agar kam ovqatlanib uxlasa yaxshi tushlar ko’rishi mumkin.

Kunduzgi uyqu ham turli xil kasalliklarni yuzaga keltiradi. Kunduzgi uyqu teri rangini o’zgartidari , asablarni bo’shashtirib, odamni dangasa qiladi, ishtaxa bo’g’adi, hatto bezgak kasalligi ham shu tufayli qo’zg’alishi mumkin. Tush ko’rishni masofadan turib fikr uzatish desa ham bo’ladi. Tush ko’rgan odam o’sha voqealarni tushunmasa va ularni yo’ya bilmasa, har kimga ham murojat qilmaslik kerak. Tushni bilimdon va xushmuomila tabirchiga aytish kerak, deyilgan hadislarda.

Xalqimizda ” Tushingni suvga ayt “degan naql bor. Yaxshi-yomon tushni ham oqar suvga aytish kerak. Suv tushlarni yomonini oqizib ketadi. Barcha g’uborlarni tozalaydi. Tush tabirlarini 100 % ham haqiqat ekanligiga hech kim kafolat berolmaydi. Ammo qaysidir qismi Ro’yobga chiqishi ham mumkin. Shuni unutmang tushdagi hamma hodisa ham aynan tabirda aytilganidek bo’lavermaydi.

Manba: t.me/tushlar

Прокрутить вверх