Tushda non ko’rish ta’biri ma’nosi

Tushda non ko’rish ta’biri ma’nosi qanday Non hozirgi holatingizning aksi hisoblanadi. Uning qanday ma’no anglatishini pishiriqning turiga qarab talqin qilish mumkin. Tushda non ko’rsa — daromadlarga, yeyish va ko’rish — quvonchga, yangiliklarga, non yopish, pishirish — baxtsizlikka ishora deya talqin qilinadi.

TUSHDA NON KO’RA

Siz biznesga bo’lgan intilishlaringizga erishasiz. Tushda non yeyish sog’lik va uzoq umr ko’rishga ishora qiladi. Kuygan non — o’ta noxush belgi sanaladi, yaqin orada fojia yuz berishi mumkin.

TUSHGA KULCHA NON KIRSA QANDAY MA’NONI ANGLATADI

Bu tushning talqiniga yutuqlarga erishish deya qaraladi. Tush ko’ruvchi ancha vaqtdan buyon birovning e’tiborini jalb qilmoqchi bo’layotgan bo’lsa, bu uning aksini bildiradi. Shu sababli yashirin imo-ishoralar emas, to’g’ridan-to’g’ri tushuntirish tezroq muvaffaqqiyatga erishishga ko’maklashadi.

Agar kishi tushida daraxtda non o’sayotganini ko’rsa — u bajarishga ikkilanib turgan ishga kirishishi kerakligini bildiradi. Bu ish unga ko’plab zavq va quvonch keltiradi.

BO’LKA (BUXANKA) NON TA’BIRI

Bu tushning ma’nosi — sizda ehtiyotkorlik kamligi. Agar kishi tushda bo’lka pishirishni ko’rsa — oldinda uni omad kutmoqda. Singan, bo’laklangan bo’lsa — juftliklar orasida tushunmovchiliklarga. Agar non o’z-o’zidan ko’paya boshlasa — ulkan yutuqlarga erishish, yosh juftliklar esa bir-birlari bilan baxtli hayot kechirishga.

Tavsiya etamiz: Tushda suv ko’rsa nimani anglatadi

NON HAQIDA ZIGMUND FREYD KITOBIGA KO’RA

Kishi tushda non yesa — u oddiy, sog’lom insoniy munosabatlarga ehtiyoj sezayotgani, biroq taqdir uni faqat qisqa va shiddatli davom etadigan tanishuvlar bilan siylayotganidan darak. Bularning hammasi, albatta, tuyg’ularni his etishga yordam beradi, lekin ba’zida siz oddiyroq hissiyotlar, masalan, jamoat transportida yurish yoki tagona bo’lgan mehribon juftingizga ega bo’lishni xohlaysiz.

Tushda non kesish, sindirish — yaqin munosabatlar uchun kuch sarflashdan qo’rqyapsiz, ammo bunday munosabatlarga «tejamkorlik» bilan qarab bo’lmaydi, bu uni qoniqarsiz qilib qo’yadi.

Qotgan non — uzoq o’tmishdagi munosabatni bildiradi, hatto u ilgari qiziq bo’lgan bo’lsa ham, u o’tmishda qolib ketdi, hozir boshqa narsalarga chalg’imaslik va undan voz kechish kerak.

Agar tushda issiq, tandirdan hozir uzilgan yangi non ko’rsa, demak, yaqinda kishi unga o’zining energiyasi va yengilligini «yuqtiradigan» odam bilan uchrashishi mumkinligidan.

MILLER TUSH TA’BIRLARI: NON KO’RSA MA’NOSI

  • Agar ayol kishi tushida non yesa, demak, uni qayg’u kutmoqda.
  • Nonni boshqalar bilan baham ko’rish, bo’lishish — butun hayotingiz davomida yaxshi ta’minlangan bo’lishingizdan gapiradi.
  • Ko’plab quritilgan nonlarni ko’rish — tush ehtiyoj va azoblarni va’da qiladi.
  • Agar non yaxshi bo’lsa va uni qo’lga olishni istasangiz, bu yaxshilikka.
  • Tushga javdari non kirsa — sizni samimiy va mehmondo’st uy kutayotganidan.
  • Agar qo’lda nonning faqat eng ustki qobig’i bo’lsa — tush yaqinda oldinda turgan muammolarni hal eta olmasligingiz, bunga sabab vaziyatlarga beparvoligingiz ekanligidan so’zlaydi.

SVETKOVNING TUSH KITOBIGA KO’RA

  • Yangi, yumshoq non — boylik, foyda, yangi imkoniyatlar;
  • Non qanday pishirilishini tomosha qilish — ishlarning iziga tushib ketishi;
  • Tushda non pishirish — qayg’uga;
  • Mog’orlagan, eski qora non — uyda qarama-qarshiliklar;
  • Issiq non yeyish — moddiy qiyinchiliklarning tez orada yechim topishi;
  • Qotib qolgan bo’lsa — qilgan mehnatingiz uchun pul to’lanmasligi, aldov belgisi.

Tavsiaya etamiz: Tushda pul ko’rish ta’biri — pul olsa, bersa, sanasa, ko’rsa nimani anglatadi?

Прокрутить вверх