Tushda tish tushishi ko’rish – ta’biri, ma’nosi

Tushda tish tushishini ko’rsa qanday ma’no anglatadi. Psixologiyada tushda kishini hayajonga, qo’rquvga soluvchi, xususan, tushda tish tushishini yoki yo’qligini ko’rish o’sha kishini ba’zi hodisalarga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi yoki boshqa nazar bilan qarashiga undash uchundir.

Psixologik nazariyadan kelib chiqib yana shuni aytish mumkinki, tushda tish tushsa, bu yaqin kishilarni yo’qotishdan qo’rqishning aksi bo’lishi mumkin, bu ham jismoniy ma’noda, ham ularning qo’llab-quvvatlashi, mehri, muhabbatini yo’qotishni ham nazarda tutadi.

TUSHDA TISH TUSHSA

Xalq orasida bunday tushlar quyidagicha talqin qilinadi: tushda tish tushishi yaqinlashib kelayotgan jiddiy halokatdan gapiradi. Agar tish tushganda qonasa — bu orzu siz bilan qondosh bo’lgan yaqin qarindoshning o’limini bildirishi mumkin. Agar tish qonamasdan tushgan bo’lsa, unda bunday tush oila a’zolaringizning kasallanishidan darak beradi.

TUSHDA TISHNING TUSHISHI: ITALIYA TUSH TA’BIRI KITOBI

Italiyancha tushlar kitobi tish tushishini hayotiy energiya, quvvat, ijobiy kayfiyatning yo’qotilishi bilan bog’laydi, faqat bitta nyuans — bu talqin bir vaqtda bir nechta tish tushganda o’rinlidir. Tishsiz tish qatori esa yaqin orada kasallanib qolish xavfi mavjudligidan darak beradi.

TUSHDA TISH TUSHISHI: SVETKOV BO’YICHA

Svetkov tush ta’biri kitobiga ko’ra, tish tushishi — muvaffaqqiyatsizlik, muhim ishda kutilgan natijaga erishmaslik, rejalarning tanazzulga uchrashi belgisidir.  Ammo, agar tushda tish tushishi qon oqishi bilan kechsa, bu qondosh bo’lgan kishining o’limi haqida gapiradi.

Agar tushda tish tushsa va bunda qon chiqmasa, bu yaqin kishilar bilan janjallashib qolish, ular bilan begonalashib ketish, oila a’zolaringizdan uzoq bo’ladigan joylarga ko’chib ketishdan darak.

Tavsiya etamiz: Tushda qabr (qabriston) ko’rish ta’birlari

XXI ASR TUSH TA’BIRI KITOBIDA TISH TUSHISHI HAQIDA

Bunga ko’ra, tushda tish qimirlasa yoki tushsa, yaqin kelajakda ishlaringizda omad sizga kulib boqmasligidan gapiradi.

TUSHDA TISH TUSHSA: MILLER BO’YICHA

Millerning tushlar kitobi tushida tishi tushgan odamni og’ir vaqtlar kelishi, ishda, oilada qiyinchiliklar, uning aqliy va hatto jismoniy sog’lig’iga putur yetkazadigan ruhiy azoblar boshlanishidan ogohlantiradi.

Agar tushda tish sinishi yoki u urib tushirilishi ko’rilsa, bu do’st qiyofasida yashirinib yurgan dushmanlar mavjudligidan gapiradi, ular sizga ziyon yetkazish uchun shunchaki qulay vaqtni kutib yurishibdi. Agar tushda tushishidan oldin tish sinsa yoki yorilsa, bu sizning sog’lig’ingizga ziyon yetkazlishi yoki ishdagi og’ir yumushlar tufayli karyerangiz zarar ko’rishini anglatadi.

Barcha tishlarni tupurib tashlash — ushbu tushni ko’rgan odamning o’zi yoki uning yaqinlari yaqin orada jiddiy kasallanib qolishlari mumkinligidan. Tushda tishni olib tashlashdan keyin undan qolgan chuqurchani izlash — unchalik ham xush ko’rmagan kishingiz bilan yaqin orada uchrashishingiz mumkinligidan.

Bundan tashqari, Miller tush ta’biri kitobida tushida bitta tishni yo’qotish — bu noxush yangilik va yomon xabar eshitishdan deydi. Agar bir vaqtning o’zida bir nechta tishlar yo’qotilgan bo’lsa, hayotda «qora chiziq»qa tayyor turing, muvaffaqiyatsizliklar va yo’qotishlar sizni uzoq vaqt davomida ta’qib qiladi. Bunda barchasiga aybdor faqat o’zingiz bo’lasiz.

TUSHDA TISHLAR TUSHISHI: NOSTRADAMUS BO’YICHA

Nostradamus tush kitobida uyqudagi odam tish tushishini ko’rsa, uning hayotiy pozitysiyasi beqaror, unda ustunliklarning yo’qotilishi mumkinligi qayd etilgan. Bunday tush ko’rgan odam hayotiy maqsadlarini qayta ko’rib chiqishi kerak, aks holda energiya va kuchlari besamar ketishi mumkin.

TUSHDA TISH TUSHISHI KO’RSA: CHJOU-GUN BO’YICHA

Chjou-Gunning fikriga ko’ra, odamda tushda tish tushsa, bunday tush ko’rgan odamning ota-onasi bilan baxtsizlik ro’y berishi mumkinligidan. Agar tish tushsa-yu, so’ng joyida yangi tish chiqsa, bunday tushni yangil avlodlar kelishi, baxtli va sokin hayot deya talqin qilish mumkin.

Manba: makepedia.uz

Tavsiya etamiz: Tushda pichoq ko’rish ta’biri ma’nolari to’liq ma’nosi

Прокрутить вверх