Windowsda foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Dokumenti (Hujjatlar), Zagruzki (Yuklanmalar), Rabochiy stol (Ishchi stoli), Video (Videolar), Muzika (Musiqalar) va boshqalar.
Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:
1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).
2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.
3️⃣. “Dokumenti” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Svoystva”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).
4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Raspolojenie” varaqa (vkladka)siga o‘ting va “Peremestitь…” tugmasi ustiga bosing.
5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.
6️⃣. “Vibor papki”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.
7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉
📝 Manba: @GooogleTM