Xayr bog’cha salom maktab tadbir ssenariylari to’plami

Tavsiya etamiz

kontrakt.edu.uz online ariza berish tartibi

Eng sara ta'sirli sherlar to'plami

Xayr bog’cha, salom maktab tadbir ssenariysi

Bog‘cha  sahnasi bayramona bezatilgan. markaziy devorga   “ xayr bog‘cham, bog‘cham” yozuvlari aks ettirilgan. atroflariga gullar qo‘yilgan. bolalar sahnaga qo‘llarida gul va bayroqchalar bilan kirib keladilar.

     bolalar “ o‘zbekiston “ musiqa fonogrammasiga kirib keladilar.

     so‘ng  “ o‘zbekiston davlat madhiyasini tinglaydilar.

boshlovchi: qimmatli bolalar, hurmatli mexmonlar! bugun bizning bog‘chamizda katta

                     tantana. biz bog‘chamizning navbatdagi qaldirg‘ochlarini maktab bo‘sag‘asiga

                     kuzatyapmiz!

                                          yuzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona

                                          bir qo‘lingda sumka bor, biridachi guldasta.

                                          oylar o‘tar yil o‘tar, ulg‘ayasan bir kun sen.

                                          seni kutar koinot , kutadi qahramon el.

      endi bayramimizni ochib berish uchun so‘zni bog‘chamiz mudirasiga beramiz.

1  bola:      hurmatli ota — onalar va mehmonlar, bog‘cha xodimlariyu, jajji ukajonlar,

                    qalbi qaynoq murabbiyalar! mana, bugun biz, maktabga ketish oldidan xayr-

                    lashish kechasiga yigilganmiz. bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.

 2  bola:     to‘g‘ri_______________________, bugungi kun hech kimning yodidan chiqmaydi,

                    chunki go‘daklik chog‘imizdan tarbiyalab, ta’lim olishga o‘rgatgan

hamma:      mo‘’tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!

1  bola:                            nima uchun bugun biz, quvnoq bayram qilamiz.

                                          chunki tez kun ichida , biz maktabga boramiz.

2 bola:                             ona kabi mehribon,ilm fanlarga makon.

                                           yayrab o‘qiyman har on, qadrdonim maktabim.

      bolalar “ tishim ham tushib ketdi “ qo‘shig‘ini aytib beradilar .

      so‘ng “  bo‘laman “ raqsiga tushib beradilar .

1 bola:                               mehr nuri yog‘ar doim, yuzingizdan ustozlar.

                                             yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.

2 bola:                               biri gul, biri bulbul, o‘g‘il qizlar shod bugun.

                                             qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.

      bolalar “ ustozlar “ qo‘shig‘ini aytib beradilar.

      so‘ng “ do‘ppi tikdim “ raqsiga tushib beradilar.

boshlovchi: qimmatli bolajonlar! bugun sizni tabriklagani ota-onalaringiz, mehmon-

                    lar va kichkintoy ukalaringiz tashrif buyurishgan . ular hammasi sizlarni

                    mustaqqil o‘zbekistonimizni yetuk farzandlari bo‘lib yetishishingizda omad

                     va muvaffaqiyatlar tilamoqchilar.

      katta guruh bolalari musiqa ostida kirib keladilar.

bola:                                   opajonlar, akajonlar yetti yoshga to‘libsiz,

                                               tabriklaymiz biz sizni siz o‘quvchi bo‘libsiz.

                                                                       — 1 —

                 “ taxmina “ raqsiga qizlar o‘yinga tushib beradilar .

bola:                                    shu o‘lkaning erkasi bizlar

                                                 ham buguni ertasi bizlar.

                                                 vorislari biz o‘g‘il qizlar

                                                 nurli bo‘ston hur gulistonim

                                                 tilda doston o‘zbekistonim!

         bolalar  “  tinchlik bo‘lsin  “ qo‘shig‘ini  aytib beradilar .

                   so‘ng  “  xorazmcha  “ raqs ijro etib beradilar .

boshlovchi:  bolajonlar kelinglar sizlar bilan maktab- maktab o‘yinini o‘ynaymiz!

                       qani, bog‘chada olgan bilimlaringizni bir sinab ko‘raylikchi!

                                      darsga  qo‘ng‘iroq  chalinadi 

boshlovchi:  bolalar! qo‘ng‘iroq bizni ona tili darsiga chorlayapti. kim ona tilimiz

                       haqida she’rlar  biladi.

bola:                                   ona tilim dono tilim berar menga dunyo bilim.

                                             ona tilim o‘tkir so‘zim senda kamol topdi tilim.

bola:                                   qayga borsam o‘tkir so‘zim oyga uchsam oydin yuzim

                                             aqlim oshar baxtim toshar ona tilim, ona tilim.

                                      tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinadi .

boshlovchi:  bolajonlar tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinyapti . tanaffus nimaligini bilamizmi? tanaffusda qo‘shiq aytish, raqsga tushish, o‘ynash mumkin .

           bolalar  “ maktab nimani o‘rgatadi  “ qo‘shig‘ini ijro etib beradilar .

                    so‘ng  “ matroslar  “  raqsiga o‘yinga tushib beradilar .

                                       darsga qo‘ng‘iroq  chalinadi .

boshlovchi:     navbatdagi darsimiz  matematika. misollarni eshiting!

1 misol:                          qorga yiqildi  vali, uning ketidan ali ,

                                           keyin yiqildi jabbor, qorda  qancha bola bor.(3ta).

2 misol:                          tushlikka quyonchaga tashrif buyurdi do‘sti.

                                          to‘nkaga o‘tirvolib, sabzini mazza qilib,

                                          har biriga beshtadan, yedilar qarsillatib

                                          kim bilar sanog‘ini, nechta yeyilgan sabzi.(10ta).

3 misol:                          menda bordir besh pufak, birin berdim nodirga.

                                          menda hammasi bo‘lib, nechta qoladi pufak? (4ta).

                                                                     —   2    —

Tavsiya etamiz: Bolalar uchun sara sherlar to’plami

                                         tanaffusga qo‘ng‘iroq  chalinadi .

boshlovchi: bolajonlar taraffusga qo‘ng‘iroq chalindi. hozir bizning qizlarimiz

                      chiroyli raqs  ijro etib beradilar.

                                         “  bog‘  ichida  “  raqsi .

                                          darsga qo‘ng‘iroq  chalinadi.

boshlovchi: qo‘ng‘iroq bizni aziz bolajonlar, fizkulьtura darsiga  chorlayapti.

                                  “ biz alpomish o‘g‘lonlari “  qo‘shig‘i.  

                                  “bayroqchalar bilan  mashq  “.

                                    tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinadi .

boshlovchi: yana qizlarimiz ijrosida sho‘x  raqslar tamosha qiling .

                                     “ shabnam- surayo  “  raqsi .

boshlovchi: bolajonlar yana sizlarni bilimlaringizni sinab ko‘ramiz!

                                      qor erib shoshar, ariqlar toshar.

                                      gullar ko‘p asl, bu qaysi fasl?

bolalar:                      b a h o r !

boshlovchi:                  qizdirar quyosh , cho‘g‘dek yonar tosh.                                     

dalada hosil bu qaysi fasl ?

bolalar:                     yo    z      !

boshlovchi:                 bo‘m-bo‘sh dala, qir, yog‘adi yomg‘ir.

                                     tinmay muttasil, bu qanday fasl ?

bolalar:                     k  u  z   !

boshlovchi:                 yerni qor qoplar, soyni muz yopar.

                                     ayoz behazil,  bu qaysi  fasl ?

bolalar:                     q  i  sh  !

boshlovchi: rahmat bolajonlar, judayam bilimli, zukko, dono bolalar ekansizlar.

                                                                      — 3 —

                    o‘g‘il  bolalar ijrosida “qari navo” raqsi.

          sho‘x  musiqa  ostida  davraga  bilmasvoy  kirib  keladi  .

bilmasvoy:    ie, bu yerda nima bo‘lyapti. bunchayam odamlar  ko‘p  .

boshlovchi:     ha , bilmasvoy! salom yo‘q , odob  yo‘q , alik  yo‘q   2ta  sumkani ko‘tarvolib

                          qaerga ketyapsan ?

bilmasvoy:     ey! shuniyam bilmaysizmi , maktabga ketyapman maktabga !

boshlovchi:      xo‘b yaxshi ,  maktabga ketayotgan ekansan, sanashni , yozishni, o‘qishni

                          bilasanmi?

bilmasvoy:     ey! mani nima deyapsiz! qoyillataman !

boshlovchi:       bo‘lmasa seni bir sinaylikchi. 2+2 nechchi bo‘ladi.

bilmasvoy:      3 bo‘ladi .

boshlovchi:       to‘g‘rimi bolalar!

bolalar:          yo‘q, noto‘g‘ri 4 bo‘ladi .

boshlovchi:      1+1 qo‘shsak nechchi bo‘ladi .

bilmasvoy:     be…..shuniyam bilmaysizmi, 11 bo‘ladi .  11 tramvay borku 2 oyoq..

boshlovchi:       to‘g‘rimi bolalar !

bolalar:           yo‘q, noto‘g‘ri 2 bo‘ladi .

boshlovchi:        ko‘rinib turibdi qoyillatishing. matematikani boplading. endi

                            o‘qish va yozishga o‘tamiz . mana shu yotgan harflardan “ vatan “ va “ ona “

                            so‘zlarini tuzib yozib berchi .

bilmasvoy:       mana , hozirda , zo‘r qilib man sizlarga yozib beraman .

                            / bilmasvoy harflarni to‘g‘ri qo‘ya olmaydi./

boshlovchi:       bolalar to‘g‘rimi ?

bolalar:           yo‘q, ,  noto‘g‘ri !

boshlovchi:     qani_______________va ________________ to‘g‘ri qilib tuzib beringlarchi

                          mana , bilmasvoy bog‘chaga kelmaganingni oqibati mana shunaqa bo‘ladi .

                          bog‘chaga doimiy qatnashganingda ko‘p narsalarni bilib olar eding.

bilmasvoy:      bilmapmanda, bo‘lmasa har kuni kelar edim !

                                                                       — 4—

boshlovchi:     bu  2 ta sumkani nima qilasan ?  qani bir ko‘raylikchi .

bilmasvoy:    1  tasini kelayotib shaftolizor bog‘dan topib oldim. 2chisida o‘zingiz

                          ko‘rib turganingizdek .

boshlovchi:     ko‘rib turibman. kolbasa , murabbo ,  pechenьe , qatiq ,  nonlar , bulochkalar

                          nima qiladi buni ichida ? kitob , daftarlaring esa ezg‘ilanib, buklanib

                          ketibdiku !ey… essiz daftar, kitoblar.  maktabga o‘qigani emas , qorin

                          to‘yg‘izgani borasan shekilli – a  !

bilmasvoy:    bo‘lmasamchi , qorin och bo‘lsa miyaga dars kirarmidi !

boshlovchi:     mana bu sumkang ochilmayaptiku !

bilmasvoy:    buni bog‘dan topib oldim dedimku … o‘zimam rosa urinib ocha olmadim .

                          bunga kalit bo‘lmasa ocha olmaymiz !

       musiqa ostida davraga  katta oltin kalit ko‘targan buratino kirib keladi .

buratino:       assalomu alaykum  qadrli bolalar, aziz mehmonlar va ustozlar !

                          bugun bayramlaringni eshitib sizlarni tabriklagani ertaklar

                          olamidan keldim .

bilmasvoy:    kalitni ber, bu yoqqa , ber deyapman , ber pismiq .

buratino:       ey… buni esi bormi o‘zi, qanaqa bolasan . sen odobni bilasanmi .

                          tuyog‘ingni shiqqilat , bunaqa odobsiz bolaga hech narsa yo‘q !

bilmasvoy:    berasan dedimmi , berasan ! bo‘lmasam seni maktabga borganingda

                          tutvolib rosa boplayman. bu yerda hamma borligi uchun hovliqyapsanmi?

boshlovchi:      to‘xta, to‘xta bilmasvoy ! sen o‘zing haqiqatan ham odobni bilmas

                           ekansan . sen buratinodan kalitni iltimos qilib so‘rab ko‘rchi .

bilmasvoy:     / mazzax qilganday . /  hurmatli buratino , iltimos , kalitingizni

daqiqaga berib tursangiz . sumkamni ochib olaylik .

buratino:       xo‘b beraman , faqat bitta  topishmog‘im bor . shuni topsang beraman .

bilmasvoy:     topaman tezroq ayt .

buratino:        qat – qatgina qatlama , esing bo‘lsa tashlama .

bilmasvoy:      ey… bu qatlamaku !

buratino:         ey… shu darding ovqat ekanda sani . noto‘g‘ri !

                 /bilmasvoy bolalardan topishmoqning  javobini so‘rab oladi . /

bilmasvoy:      bu   k  i  t  o  b .

                                                                    —  5  —

buratino:        ha ,bilmasvoy ayyorlik qilib ,toptshmoqning javobini bolalardan

                          so‘rab olding-a ! ha shumtaka !

bilmasvoy:     ha ,  pismiq  !

boshlovchi:      qo‘yinglar bugun bayram , biz bilan mehmon bo‘linglar . bayramda

                          urushish yaxshi emas .

buratino:        ma , g‘irromchi  kalitni ol !

bilmasvoy:     ha pismiq ! opke kalitni !

9  bola:              quchog‘ingdan ketaman , ardog‘ingdan ketaman .

                            seni eslayman har dam , maktabim bag‘rida ha

                                                                —  6  —

hamma:              unutmaymiz hech qachon , hayr mehribon bog‘cham .

qizlar  “  atirgul  “  raqsini ijro etib beradilar .

“  yagonamsan  “ musiqa fonogrammasiga bayram ertaligi yakunlanadi .

maktabga tayyorlov guruhi bolalarini bog‘cha ma’muryati maqtov yorliqlari va

esdalik sovg‘alari bilan taqdirlaydi . bayram dasturi  “ ommaviy  raqs “  bilan yakuniga yetadi .

Tuzuvchi  :   Ro‘zieva  Shoira  Djuraevna . 

Xayr bog’cha Salom maktab tadbir ssenariysi word variantini yuklab oling.