Yangi yil haqida sara sherlar to‘plami

Yangi yil bayrami haqida eng sar sherlar to‘plami. Ushbu sherlar to’plami barchaga yoshu qari birdek mamnun bo’ladi deb umid qilamiz. Yangi yil yangi kun bayram muborak bo’lsin azizlar.

Yangi yil bu

Yana odimlaydi soat millari,
Hayot sabogini eslatar goyo.
Yillar toldiradi umr daftarin,
Bu, bu yolgon emas va yoki royo,
Bu yolgon emas va yoki royo. (x2)

Yangi yil – bu aytilmagan qoshiqlar,
Biz juda sogingan qadrdon diydor.
Yangi yil – baxtli kunlarning davomi,
Oppoq orzu kabi yogayotgan qor. (x2)

Bugun soginamiz yorug sozlarni,
Sizga aziz dostim, aziz yurtdoshim.
Shu aziz zaminga fayzlar yogilsin,
Baxtlar tark etmasin yana yil oshib,
Tark etmasin yana yil oshib. (x2)

Yangi yil – bu aytilmagan qoshiqlar,
Biz juda sogingan qadrdon diydor.
Yangi yil – baxtli kunlarning davomi,
Oppoq orzu kabi yogayotgan qor. (x2)

Yangi yil – qolni-qolga tutgan davra,
Nigohlarda bayram jilosi porlar.
Qoshiqqa aylanar yurakdagi soz,
Unga hamohang raqs tushar qorlar,
Hamohang raqs tushar qorlar. (x2)

Yangi yil – bu aytilmagan qoshiqlar,
Biz juda sogingan qadrdon diydor.
Yangi yil – baxtli kunlarning davomi,
Oppoq orzu kabi yogayotgan qor. (x2)

Oppoq orzu kabi yogayotgan qor,
Oppoq orzu kabi yog`ayotgan qor.

Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Archalar shoxida turar tillo zar , 
Yashil chiroqlarda bezandi shahar . 
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar , 
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon . 

Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda , 
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta . 
Chakkangiz chetida ochilgan paxta , 
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon . 

Tavsiya etamiz  Marhabo Karimova sara sherlar to'plami

Men yo‘q, qurum bosib yotar mo‘rilar , 
Anori sochilib yotgan so‘rilar . 
Bolam deb darvoza g‘amgin surilar, 
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon. 

“Ketdik” der yuragim, sira ko‘nmadi , 
To‘rt fasl dilimda rayhon unmadi . 
Bu yerda bo‘ronlar hali tinmadi , 
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon . 

Bahorni sog‘indim ,kuzni angladim , 
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim . 
Musofir kunlarda Sizni angladim , 
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon. 

Deysiz, sen kelguncha sira o‘lmayman , 
Tangri der, har kimni har kun qo‘llayman . 
Siz uchun xayrli duo yo‘llayman, , 
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Yangi yil kechasi Muhammad Yusuf

Ko’ngil mayus tortdi yilning so’nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko’zim o’ngida,
Yana bir yoshimni o’g’irlading, qor.
Qirqinchi qasrmga o’taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetkudek qo’lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g’alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig’lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So’rsang, sevinchimdan o’kinchim ko’proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko’zda tabassum – u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo’ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo’qlab kelganingni o’zi bir bayram.
Qulog’ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Muhammad Yusuf

Yangi yilga yetdik xudoga shukur Sheraliyev

Mayliga biz uchun qor yog’masa ham
Archa atrofida barchamiz masrur
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham
Yangi yilga yetdik xudoga shukur

Eski yilda qolsin ginayu qudrat
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat
Yangi yilga yetdik xudoga shukur

Eski yilda qolsin barcha dardimiz
Eski yilda qolsin armonlarimiz
Yangidan kuch olib darmonlarimiz
Yangi yilga yetdik xudoga shukur

Tavsiya etamiz  Qurbon hayiti, Hayit bayrami haqida she’rlar va tabriklar

Tinchgina diyorda, shodonu xurram
Kutib olinmoqda yangi yil bayram
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam
Yangi yilga yetdik xudoga shukur…

Yangi yilda

Yangi yilda yangi baxt.
Yangi quvonch xam omad.
Oylanggizga tinchligu.
Cho‘nchagizga daromad.

Yaqinlarizga quvonch.
Bir birimisga ishonch.
Mexir to‘lgan ko‘zlaru.
Doyim yelkadosh suyanch.

Mexirga to‘lgan ko‘zlar.
Bir biridan shirin so‘zlar.
Dunyo kanali dunyo bo‘ylab.
O‘z muxlislarin izlar.

Husniddin Navro‘z

Keldi mana yangi yil

Keldi mana yangi yil
Sog’intirib dillarni
Doim bahtga to’ldiring
Sog’ingan ko’ngillarni
Yuzingizdan tabassum
Arimasin sira ham
Qutlayman chin qalbimdan
Bayramingiz bilan man
Bir chetga surib g’amni
Quving dildan alamni
Sizni tabriklay deya
Qo’lga oldim qalamni

Yangi yilga yetdik

Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik xudoga shukur.
Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik xudoga shukur.
Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik xudoga shukur.
Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik xudoga shukur.

Yangi yil archasi Erkin Vohidov

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.

YaNGI YIL

Tilaklarga quloq il,
Shamolday yel yangi yil,
Quvonchlarga to‘lsin dil,
Qor bilan kel yangi yil.

Esib mayin izg‘irin,
Sochsin iforin,sirin,
Oh bu,lahzalar shirin,
Qor bilan kel yangi yil.

Orzu, umidlar oppoq,
Oppoq -dur,oppoq -munchoq,
Oppoq bo‘lsin hamma yoq,
Qor bilan kel yangi yil.

Tavsiya etamiz  Vatan haqida sara sherlar to‘plami

Bosilib dardu, g‘ubor,
Qalblar bo‘lsin beg‘ubor,
Pag‘a-pag‘a yog‘sin qor,
Qor bilan kel yangi yil.

Ortda qolsin armonlar,
Sochimizda marjonlar,
Sevinsin bolajonlar,
Qor bilan kel yangi yil.

Ko‘zlarda sog‘inchu,zor,
Mayin mungli,beozor,
Yuraklarga sanchil qor,
Qor bilan kel yangi yil.

XURShID KARIM.

Assalom yangi yil

Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!

Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!

Keldi yangi yil
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,

YANGI KUNGA YANGICHA QADAM

Oʻtmishga, bogʻlangan, oʻtmishga,
Yetmishga, kirsa ham, yetmishga,
Ishonar, odamlar, mish-mishga,
Yangi kunga, yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.

Umrimiz befoyda ketmoqda,
Hech narsa qilmasdan oʻtmoqda,
Yoshimiz bir joyga yetmoqda,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.

Ginayu qudratni unutib,
Gʻamlarni bir chetga berkitib,
Olaylik endi bir oʻzgarib,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.

Yangi kunga, yangicha oʻzgarish,
Yangicha odatlar, bezanish,
Bu soʻzlar, bizlarga lek tanish,
Yangi kunga, yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.

Kulgudan charaqlab lovulab,
Ish boshla doʻstginam bir oʻylab,
Yurmagin hech qachon yuz burib,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.

Ginayu qudratni unutib,
Gʻamlarni bir chetga berkitib,
Olaylik doʻstlarim oʻzgarib,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.

Musurmonqul Suvonqulov

Прокрутить вверх