Yaxshi niyat bilan nafrat hech qachon birga bo‘la olmas hikoyasi

Yaxshi niyat bilan nafrat hech qachon birga bo‘la olmas.

Bir paytlar Muhammad ismli suv sotuvchi yigit bo‘lib, har kuni bozorda aravasini sudrab suv sotar ekan. Odamlar uning go‘zal odobi-yu, gap-so‘zlariga juda oshiq ekanlar.

Suv sotuvchi yigitning dovrug‘i podshohgacha yetib kelibdi. Shunda podshoh vaziriga “Suv sotuvchi Muhammad ismli yigitni huzurimga keltiring”, debdi. Vazir tezda bozorga borib, uni axtarib topib, podshohning huzuriga keltiribdi.

Podshoh Muhammadga dedi:

  • Bugundan boshlab bozorlarda emas, balki mana shu saroyda ishlaysan. Mehmonlarimga go‘zal odobing ila suvingni ulashasan va yonimda o‘tirib, seni mashhur etgan nodir hikoyalaring haqida menga so‘zlab berasan.

Muhammad:

  • Siz nima desangiz shu Mavlono,- debdi.

O‘sha kuni Muhammad uyiga borib, zavjasiga xush-xabarni hursand bo‘lib yetkazibdi. Ertasiga aravasini yuvib, yaltiratib, eng sara kiyimlarini kiyib, saroyga otlanibdi.

Mehmonlar bilan to‘lgan saroyga kirib, odamlarga suv ulashishni boshlab yuboribdi. Bo‘shashi bilanoq o‘zining kulgili hikoyalari-yu, nodir voqealarni so‘zlab berish uchun podshohning oldiga borib o‘tirar ekan. Kunning so‘ngida esa ish haqini olib, uyiga ketar ekan.

Tavsiya etamiz  Adolat mushti hikoyasi Jaloliddin Rumiy

Kunlar shu zaylda davom etibdi.
Bir kuni Muhammad podshohning qalbiga yo‘l topa olgani uchun vazirning g‘ayrligi kela boshlabdi. Uyiga qaytib ketayotgan Muhammadni kuzatib turgan vazir unga qarata debdi:

  • Ey Muhammad, sening og‘zingdan taralayotgan yoqimsiz hidga podshohim shikoyat qilyaptilar.

Muhammad taajjublanib debdi:

  • Bu karih hid bezovta qilmasligi uchun nima qilsam ekan?

Vazir:

  • Har kuni og‘zingga sarimsoq piyoz solib, keyin saroyga kel.
  • Yaxshi, shunday qilganim bo‘lsin,- deb ketibdi.

Tong otgach Muhammad og‘ziga sarimsoq solib, odatdagidek aravasini sudrab, saroyga kelibdi. Podshoh buni ko‘rib xayron bo‘libdi, ammo biron-bir so‘z demabdi. Bu xol har kuni takrorlanavergach, podshoh vazirdan buning sababini so‘rabdi.

Vazir:

  • Mavlono, sizga aytsam boshimdan ayrilamanmi, deb cho‘chib turibman.

Podshoh:

  • Senga omonlikni va’da qilaman. Menga bilganlaringni aytaver.
  • Mavlono, Muhammad shikoyat qildi. Guyoki, og‘zingizdan karih hid taralayotgan emish.

Podshoh o‘rnidan sapchib turib, g‘azab bilan borib Malikaga bu xabarni yetkazibdi.

Malika debdi:

  • Kim bu fitnani tarqatgan bo‘lsa, ertagayoq boshidan judo bo‘ladi. Toki, obro‘yingizni kamsitmoqchi bo‘lganlarga bu saboq bo‘lsin.
Tavsiya etamiz  Usta hikoyasi O'tkir Hoshimov

Podshoh:

  • Fikringizga qo‘shilaman,- debdi.

Ertasiga podshoh jallodni chaqirtirib:

  • Bugun oqshom saroydan guldasta ko‘tarib, chiqib ketayotgan odamning boshini tanasidan judo qilasan. Uqdingmi?- debdi.

Jallod «ha» deb ishiga qaytibdi.

Tong otishi bilan suv sotuvchi odatdagidek qasrga tashrif buyurib, hammaga iliq tabassumi ila suvini ulasha boshlabdi. Ketar chog‘i yetganida esa podshoh unga hadya tariqasida bir dasta atir gullarni tortiq qilibdi. Muhammad hursand bo‘lib gullarni olib ketayotganida, yo‘lda vazirni uchratib qolibdi.

Vazir unga:

  • Kim senga bu gullarni berdi?
  • Podshohim berdilar,- debdi Muhammad.

Shunda vazir:

  • Ularni menga ber, sendan ko‘ra ularga men ko‘proq haqliroqman, debdi.

Muhammad gullarni vazirga berib, o‘zi uyiga ketibdi.
Gullarni ko‘tarib chiqayotgan vazirni ko‘rgan jallod esa uni darrov boshidan judo qilibdi.

Ertasiga Muhammad qasrga kelib, hozir bo‘lganlarga suv ulasha boshlabdi. Podshoh uni ko‘rib, xayron bo‘lib so‘rabdi:

  • Sarimsoq piyozni og‘zingda olib yurishingni sababi ne?
  • Podshoxim, vaziringiz kelib menga og‘zimdan taralgan karih hid tufayli shikoyat qilganingizni aytib, og‘zimga sarimsoq solib yurishimni amr etdi.

Podshoh yana so‘rabdi:

  • Senga bergan gullarimchi?
Tavsiya etamiz  Fidokor hikoyasi (Bo‘lgan voqea)

Muhammad debdi:

  • Vaziringiz gullarni mendan olib, ularga ko‘proq u haqliroq ekanligini aytdi.

Podshoh kulib debdi:

  • Chindan ham gullarga ko‘proq u haqliroq ekan..

Kun hikmati

Qalbing toza bo‘lsa, senga Alloh taolo sen bilmagan nur ato etadi.
Sen bilmagan xolatingda odamlarning suyuklisi bo‘lasan..
Sen kutmagan yerdan sen istagan narsalaring kelaveradi..

Go‘zal niyat sohibi, istisnosiz barchaga yaxshilikni ravo kurar…

Прокрутить вверх