Yufka lavash xamiri uy sharoitida pishirish

Barcha sevib istemol qiladigan lavash xamirini uy sharoitida pishirish tayyorlashni tavsiya qilamiz. Yufka lavash xamiri uy sharoitida pishirish tayyorlash uchun kerak bo’ladigan mahsulatlar.

Mundarija:

Tarkibi

  • 100 gr iliq suv
  • 1 disert qoshiq yogurt yoki smetana
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 300 gr un
  •  kraxmal bug’doy, kukuruz, yoki kartoshkali ( xamirni yoyish uchun)

Yufka asli tandirda pishiriladi. Yufka uncha katta bo’lmagan hajimda qilinadi va har xil pishiriqlar pishirish uchun ishlatiladi. Har kimga qulay bo’lgan xolda oshxona pechkasining usti piltasiga, tovada, pizza pishirish uchun mo’ljalangan pechga va hatto duxovkada pishirib olish mumkin. Biz buni lavash deyish mumkin albata, turklarda lavash achiqili yaniy oshirma xamirdan tayyorlashadi.

Tayyorlanishi:

Idishga illiq suv, yogurt va tuz solib aralashtiriladi.

Boshqa idishga 300 gr un elanib, unning o’rtasi chuqur ochiladi. Chuqur o’rtasiga aralashma solinadi. Chuqurning o’rtasiga o’ng qo’l bilan un va suvni soat yo’nalishida yo’naltirib, bir xil qo’shiladi. So’ngra sekin-asta  qo’shimcha un bo’lmasligi uchun, qo’lga yopishmaydigan silliq  mustahkam xamir qoriladi. Xohlasa oddiy osh xamirdan tayyorlash mumkin.

Xamir zuvala qilinib, usti 30 daqiqaga yopib qo’yiladi. So’ngra xamir 1 daqiqa mushlanadi. Aslida tandirga pishiriladigan yufkalar xamirining og’irligi 100 gr zuvalachalar bo’ladi, siz pishirish idishinggiz hajmi (tova)ga qarab, zuvalachalarga bo’liasiz. Kaft bilan  zuvalachalar dumaloq yoyiladi va bir xil siliq tekst bo’lish  kerak.

Tavsiya etamiz: Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar tayyorlash

Прокрутить вверх