Zahiriddin Muhammad Bobur sara ruboiylari va g’azallari to’plami

Zahiriddin Muhammad Bobur sara ruboiylari va g’azallari to’plami qabul qiling.

G’azallari

TOPMADIM

Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,
Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

Charxning men ko’rmagan

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi k’oldimu?!

Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi k’oldimu?!

Meni xor etti-yu k’ildi muddaini parvarish,

Dahri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?!

Meni o’lturdu jafoi javr birla ul k’uyosh,

Emdi turguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?!

Oshik’ o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafik’,

O’zga ko’nglimning bu olamda harosi k’oldimu?!

Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,

Tengri uchun de bu olamning safosi k’oldimu?

YAXSHILIG‘

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

KO‘RGAMEN

Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.
Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.
Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.
Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.
Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.

SOCHING

Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching.
Muyassar o’ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.
Soching shikastida bordur shikasta ko’ngullar,
Ko’ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.
Ochildi ko’ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.

MUSHKULDUR

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag’i bisyor mushkuldur.
Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Ne osig’ nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.
Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.
Visolinkim tilarsen nozini xush tortg’il, Bobur,
Ki olam bog’ida topmoq guli bexor mushkuldur.

BAHOR AYYOMIDUR

Bahor ayyomidur dog’i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim – ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg’uvonidur.
Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sunning naqqoshig’a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog’ining sarvi ravonidur.
Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G’aribingg’a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.

Tavsiya etamiz: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) hayoti va ijodi

Tavsiya etamiz  Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) hayoti va ijodi

GUL JAMOLIN YOPQON UL GULNING IKI RAYHONIDUR

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G’uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.
Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og’nar, magar, ul ikkining davronidur.
O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.
Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg’onidur!
Lojaram bo‘lg’ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.
Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.

G‘OFIL O‘LMA

G’ofil o‘lma ey soqiy, gul chog’in g’animat tut!
Vaqti aysh erur boqiy ol chag’ir, ketur, bot tut!
Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla,
Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g’animat tut!
G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!
Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor,
Bo‘sa, vasl beag’yor davlat-u saodat tut!
G’am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur, Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!

Ruboiylari

Topilmas — Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azali

Sendek manga bir yori jafokor topilmas,
Mendek sanga bir zori vafodor topilmas.

Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen,
Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q,
G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g’amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida,
Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.

Bobur seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.

* * *

Mening ko‘nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog’i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog’ gashtin orzu qilsam,
Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g’uncha paykondur.

Bahor-u bog’ sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.

Visoli lazzatidin zavq topmog’liq erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.

Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur,
Mening na’shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.

* * *

Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.

Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.

Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.

Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.

* * *

Yana ko’z uyida ma’vo qilibsen,
Ko’ngul koshonasida jo qilibsen.

Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

G’aming yo’q jon agar bersam g’amingda,
O’zungni muncha beparvo qilibsen.

Qoshingdin meni o’qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

Ko’zumdin yoshurib, ey bahri altof,
Ko’zumning yoshini daryo qilibsen.

Sog’inmas jannatu-l-ma’voni Bobur,
Oning ko’nglida to ma’vo qilibsen.

* * *

Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.

Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base
Mehru vafo raqibg’a javru jafo manga.

Begona bo’lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo’ldi ul pariy sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,
Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim ko’rub mu’olajada zoyi’ etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

To yor kimni istaru ko’nglina kim yoqar,
Tashvishi bejihatdurur oxir sanga, manga.

Bobur bo’lubturur iki ko’zum yo’lida to’rt,
Kelsa ne bo’ldi qoshima bir-bir manga-manga.

* * *

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.

Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tavsiya etamiz  Umar Xayyom sara ruboiylar sherlari

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.

Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.

Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.

Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.

Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

* * *

Yor yuzumni ko’rub dardu g’amim bilsa kerak,
Yuz ko’rub dardu g’amim chorasini qilsa kerak.

Ey sabo, jonu ko’ngulni o’zining chun qildi,
Ko’ngli birla degasen joni uchun kelsa kerak.

Vaslini ne qilayin g’ayrdin ayrilmadi hech,
Yor vasli menga, u ag’yordin ayrilsa kerak.

Vaslining qadrini chun bilmadi bu telba ko’ngul,
Hajrining tiyg’i aning yuragini tilsa kerak.

Shukr Boburni bilurmen degan ermish ul oy,
Lojaram bandalarin shohlari bilsa kerak.

* * *

Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.

Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,
Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,
Bizni ham gohe sog’in shurbi mudoming borida.

Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,
Lablaridin sharbati yuhi-il izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo’lg’il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.

Bobur ul gul ko’yida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.

HAR KIM-KI

Har kim-ki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kim-ki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kim-ki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.

Manga

Jono, bilginki, bo’ldi marqum manga,
Mehnat bila mayni qildi ma’dum manga.
Ko’rgach ani garchi shod behad bo’ldum,
Mazmuni, vale, bo’lmadi ma’lum manga.

Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga, 
Ne toqat uchun go'shai mehrob manga, 
Ne fisq qilurg'a bordur asbob manga.
Ne zohid o'lurg'a toqatu tob manga.

To bo’lg’ali dildor o’shal oy manga,
Holimni bilib qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko’p mustag’niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Asarlari haqida

Hush ulki, ko'zum tushti sening ko'zungga,
Bevosita holimni desam o'zingga,
Bermay so'zuma javob achig'lanasen,
Qilding meni muxtoj chuchuk so'zingga.

~
Asru ko’p emish jura’tu himmat sizga,
Ro’ziy qilg’ay Hudoy nusrat sizga,
Mardonalig’ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, xazor rahmat sizga!

To qildi meni firoq aro yod Habib,
Mahjur ko'ngulni ayladi shod Habib,
Gar vasli muyassar o'lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod Habibu ohu faryod Habib!

Ey qomatu sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, – yetkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr qoldi, ne sabot,
E kel bu sorig’a yo meni o’zungga qot!

Bu qoziyu fosiqqi,
yubordim sanga bot,
Sen dog’i uzatqil botu ham badarqa qot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg’ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.

Keldi Ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldiyu zikri may qilurmen payvast,
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun – kun mayu ma’jun bila devonayu mast.

MEN NE QILAY?

Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay?
Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay?
Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay?
Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?

JISMIMDA ISITMA

Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur.
Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,
Borg’on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.

Tavsiya etamiz  Mavlono Lutfiy g’azallar ruboiylar to’rtliklar tuyuqlari

AZM AYLA SABO

Azm ayla sabo, yet guli xandonimg’a,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg’a.
Yetgil dog’i ishtiyoq ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuqqonimg’a.

* * *

Tushumda chun k’uyoshdek orazingni ko’rdum o’trudin,

Tilarmen to k’iyomat ochmag’aymen ko’zni uyk’udin.

Sening vaslingdin ayru tushgali borg’on sori ortar

Tahassur — ork’adin, mehnat — yonimdin, hajr — o’trudin.

Ko’nguldin k’ati ummid ayladim ul vak’tkim, bildim,

Kesildi rishtai jondin, osildi tori gisudin.

Tiya olmon yig’ini ko’rgach ul yoshni, vale, ul ham

Ko’zum yoshini ko’rgach, asray olmas o’zni kulgudin.

Ko’zum yoshiki, emruldi shikebu sabr uyi ondin,

Ziyonlar sanga, ey Bobur, bu yanglig’ bilmadim sudin.

* * *

K’uyoshim har sorig’a azm kilsa, zarrae k’olmon,

Ne uchunkim, agar ayrilsam ondin, kun ko’ra olmon.

Oningdek bo’lmisham hayron k’uyosh yanglig’ yuzungakim,

K’uyoshdek nayzalar tegsa ko’zumga, ko’z ola olmon.

Agarchi yor ishki notavon ko’nglumga o’t soldi,

Vale, men notavon ul yor ishk’ida ko’ngul solmon.

Ibodat vak’ti bo’lsa, har necha mehrob o’trumda,

K’oshin nak’shin tasavvur k’ilmag’uncha erga bosh cholmon.

Irok’u Fors gar etsa, sening bu she’ring, ey Bobur,

Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutk’usi Salmon.

* * *

Mening k’o’nglumni har dam og’ritib, parvoe k’ilmaysen,

Sen, ey bedard, naylaykim, ko’ngul dardini bilmaysen.

Ne bilgaysen mening dardu g’amim har soatu har dam

—Ki, husn usruklugidin oyu yil, ey oy, oyilmaysen.

Vafo maktubi birla g’amza o’k’in hech yozmaysen,

Jafo rasmiyu javr oyinini hargiz yongilmaysen.

K’otilma, ishk’ eli holin chu bilmassen, manga, ey shayx,

Ne bilgaysenki, hargiz bu jamoatk’a k’otilmaysen.

Bo’lubtur ishk’ing ichra garchi xasdek jismi Boburning,

Vale, ne foydakim, xascha chog’lik’ ko’zga ilmaysen.

Tuyuk’lari

Vasldin so’z derga yo’k’ yoro manga,

Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.

O’k’ung etti ko’p yomon yoro manga,

Marxami lutfung bila yoro manga.

* * *

Ulki, har ko’zi g’azoli Chindurur,

K’oshida payvaeta oning chindurur.

Chunki ko’p yolgon aytti ul manga,

Gar desam yolg’onchi oni chindurur.

* * *

Meni behol aylagan yor oydurur

—Kim, oning vasli menga yoroydurur.

Gar visoli bo’lmasa, ketar erim

YO Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.

* * *

Ishk’ ahli ishk’ dardini taning,

Ko’p yomondur, dardi ishk’idin taning.

Har necha ko’zum och ersa, ko’z to’yor

Gar ochilsa siymdek nozik taning.

* * *

Mehrkim, ko’kka k’ilur ohang tong,

Ollida bo’lsa, emas berang tong.

Xoliyu ikki labidek bo’lmag’ay,

Hindu ar keltursa shakkar tang-tang.

* * *

Kel, k’ilay jonni nisoring, o yorim,

Nak’di jonni bormu sendin oyorim?!

Bo’sa bersang gar tamom og’zing bila,

Kunji og’zingdin oloyin oyorim.

* * *

Sen kibi bir dilraboni bilmanam,

Oshiki sodikki derlar, bil, manam,

K’il tasavvur ko’z yoshimni bir tengiz,

O’zga oshik’ ashki yanglig’ bilmanam.

* * *

To chik’ardi xat uzori pokidin,

Gul yuzi ozurda bo’ldi pokidin.

Istar erdi el burun yuz mehr ila,

Emdi ul yuz mehri ketti pokidin.

* * *

To ko’ngul berdim o’shal k’oysorig’a,

Borgonini bilmadim k’oy sorig’a.

Do’stlar, yorg’a meni sog’indurung,

Solsangiz nogah k’ulok’ k’oysorig’a.

* * *

Shah, supuray ostoning yuz ila,

Tiymanakdin necha uray yuz ila,

Ikki yuzluk muddaiydin ne g’amim,

Gar ishim tushsa alardin yuzila?!

* * *

Ne balo biyikturur davlat tog’i,

Ko’yi g’amni ne bilur davlat tog’i.

Himmate tut, dog’i davlat istagil,

Ximmating bo’lsa, bo’lur davlat tog’i.

* * *

Jong’a soldi daf g’urbat norini,

Ko’z yoshim bo’ldi mo’g’ulning norini.

Bu aroda men degandek bo’lmasa,

Ko’zlay Issig’ko’lu andin norini

* * *

K’addimni firok’ mehnati yo k’ildi,

Ko’nglum g’amu anduh o’tig’a yok’ildi.

Holimni sabog’a aytib erdim, ey gul,

Bilmon, sanga sharh k’ilmadi yo k’ildi?!

Tavsiya etamiz:
Alisher Navoiy eng sara g’azallari, she’rlari to’plami

Прокрутить вверх