Zulfiya tong kuychisi adabiy-badiiy kecha ssenariysi

Tavsiya etamiz

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami senariylar to’plami yuklab oling:

8-mart bayrami uchun sara sherlar tabriklar to‘plami

Bahor fasli haqida eng sara sherlar guldastasi yuklab oling

Ayollar opa-singillarimiz haqida sara sherlar tabriklar to‘plami

TV dasturlar:

Tush tabiri:

Zulfiya – tong kuychisi.

Zulfiya ijodini o`rganishda hamda keng kitobxonlar o`rtasida targ`ib etishda adabiy-badiiy kecha tashkil etish va o`tkazish alohida ahamiyatga ega. Kecha o`tkazilishidan o`n besh,yigirma kun ilgari e’lonlar tayyorlanib, ko`zga ko`rinadigan joylarga ilib quyilishi kerak.Taklifnomalar tayyorlab maktablarga, atrofdagi tashkilot va muassasalarga tarqatilishi lozim. Shuning bilan birga faol kitobxonlarga yozuvchi haqidagi kerakli ma’lumotlar topshiriladi. Kechaga inistitut, kollej yoki maktab-litseylarining adabiyot o`qituvchilari, jamoatchilik vakillari, yozuvchilar uyushmasi a’zolarini taklif etish maqsadga muvofiqdir.

Kecha ssenariysini taxminan quyidagicha tuzish mumkin.

1-boshlovchi; – O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi,  Zulfiya tavalludiga bu yil 95 yil to`ladi . Shu munosabat bilan Zulfiya hayoti va ijodiga bir hur nazar tashlab, she’rlarini o`qib, ruhini shod etish niyatida ushbu adabiy kechamizga shoiraning hayoti va ijodi haqida so`zlab berish uchun so`zni ………..ga beramiz.

2- boshlovchi-O`zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan o`quvchi orangizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o`z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb xarorati bilan isitib kelmoqda.

1-boshlovchi – Hozir Zulfiyaning bolalar uchun yozgan ajoyib she’rlaridan namunalar tinglaysiz: She’rlarni faol kitobxonlar yoddan aytib beradilar. Masalan:

Ona turgan xonaga

Qizi kirdi  yugurib,

Go`yo sig`may    olamga

Dedi  shoshib -ko`pirib.:

Oyijonim,  tez   yuring,

Ko`rsataman   qiziq  gul.

Hurriyatning   tomini

Lola  qoplabdi  butkul

Tavsiya etamiz: Zulfiyaxonim eng sara she’rlari to’plami

 Kabi  bolalar  uchun  algan  she’rlarni  Zulfiyaning   Bulut   o`yini. -T.: Cho`lpon, 1995  to`pladan   olish   mumkin.

2-boshlovchi:- “Ijodiy mehnat va tinchilik taronalari” ruknida  ARM mutaxassisi tayyorlagan adabiyotlar sharqini e’tiboringizga havola etamiz. Bu orqali Siz shoira Zulfiya ijodiga yana bir bor nazar tashlaysiz.

(Adabiyotlar sharqini yetakchi mutaxassislar tayyorlab tinglovchilarga havola etadilar.Mungli musiqa yangraydi.”Bahor keldi seni so`roqlab”  rukni ochiladi. Bunda shoiraning hayotidagi og`ir kunlar yodga olinadi)

1- boshlovchi: – 1944 yil 3 iyulda Hamid Olimjon vafotidan so`ng Zulfiyaning boshiga og`ir musibat tushdi. Ayrilik alamlari, hijron azoblari tufayli tug`yon urgan shoiraning qalbiga yana she’r xamdard bo`ldi. Vafodor yor va sadohatli do`stning murakkab insoniy tuyg`ulari ” hijron kunlarida”, “Baxtiyor sevgini kuylardi sozim”, ” Ne baloga etding mubtalo”, “Sen haydasan yuragim” kabi she’rlarida hazin  ohangda yangragan edi.   

Lekin, inson va hijron, hayot va o`lim mavzuida yozilgan bunday abadiyligi va unga muhabbat hoyasi hukmrondir shubxasiz, eng mumtoz, vafo va sadoqat tuyg`ulari samimiy ifodalangan shoiraning she’rlaridir. Bu she’rlarda butun qalbi bilan xalq baxt-saodatini kuylagan Hamid Olimjonning yorqin obrazi yaratilgan. Shoira o`z ijodi va ovozida Hamid Olimjon barhayot ekanini komil ishonch bilan bayon etar ekan,shunday deydi:

                                 Hijroning qalbimda, sozing qo`limda,

                                 Hayotni kuylayman, chekinar alam.

                                 Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,

                                 Men hayot ekanman, hayotsan sen ham !

(Kuy ohista to`xtatiladi.) Shu o`rinda Zulfiya haqidagi telefil’m namoyish etilib, boshlovchining ovozi fondan yangraydi:

2-boshlovchi: -Zulfiyaning ovozi uning ona qalbi, ayol nazokati, mu’tabar inson orzusini kuylagan otashin she’rlari faqat O`zbekistondagina emas, butun Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham kitobxonlar diqqatini jalb qildi. Zulfiyaning yangroq poetik ovozi jahon kezib yuribdi. Zulfiya jamoat arbobi, xorijiy mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p mamlakatlarda bo`ldi. Bundan tashqari

“O`g`irlamang qalamim bir kun” turkumidagi she’rlari, “quyoshli qalam” dostoni kitobxonlarga manzur va ma’quldir. Chunki dostonda shoira atoqli adib Oybek obrazini badiiy gavdalantirgan.

1-boshlovchi:- Zulfiya urushdan keyingi yillarda tinch ijodiy mexnatda insoning matonati va qahramonligining yuksak namunalarini ko`rsatayotgan zamondoshlari, tinchilik va do`stlik haqida kitobxonlarga manzur bo`lgan ajoyib she’rlar yaratgan. Shoiraning “Dugonalar bilan suhbat”, “Yuragimga yaqin kishilar” kabi she’riy to`plamlaridagi she’rlari urushdan keyingi tarixiy davrning chaqiriqlariga munosib javob bo`ldi. Zulfiya mehnat mavzuida yozgan she’rlarida zamondoshlarining yuragiga yakin, kalbiga tutash bulgan dugonalariing, qahramon xotin-qizlarning muvaffakiyatlaridan cheksiz quvonadi, ularning yangi zafarlarga chorlaydi. “Cho`pon”, “Yangi yil”, hamma safarbar”, “Lobar qizlarga” kabi she’rlari shular jumlasidandir.

Hayot kitobini bexos varraqlab,

Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim.

Tabassum o`rnida kuldim charaqlab,

Suyish kerak bo`lsa, telbacha suydim…

Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim,

Xech kimda ko`rmayin umrimga o`xshash:

Suydim,

Erkalandim,

Ayrildim,

Kuydim,

Izzat nima bildim.

Shu-da bir yashash!..

Tavsiya etamiz: Zulfiya hayoti va ijodi. Tarjimai hol. She’rlari ijod yo’li

2- boshlovchi:- Xalqimiz izzatiga sazovor bo`lgan ajoyib shoiraning hotirasi abadiydir. Chunki uning izdoshlari bisyor. Ushbu kechani o`zlari yozgan she’rlari bilan yakunlashni men shoira qizlarimizdan iltimos qilaman.(Shoira qizlarning chiqishlari kechaga yakun yasaydi)

“Sevimli shoiramiz”

(Kitob ko`rgazmasining tashkil etish uchun tavsiyalar)

       Ko`rgazma  uch qismdan iborat bo`lishi mumkin.

1   qism. “Betakror shoira” Shoiraning hayoti va faoliyatini yorituvchi sahifa:

a) Shoiraning dastlabki ijod yillari.

B) “Ayol qalbi sadosi”.

V) Zulfiya jurnalist, tarjimon va faol jamoat arbobi.

2   qism. “Zulfiya- uzbek  she’riyat bo`stoning betakror  guli”  deb nomlanadi.Bu sahifaga quyidagi kitoblardan namunalar qo`yish mumkin.

A) “Men tongni kuylayman”(1969), “Ko`lda” (1999), “Yurtimni kuylayman”(1998), “O`g`lim sira bo`lmaydi urush” (1951)

3   qism. “Zulfiya zamondoshlari nigohida”  deb nomlanadi.

a) Zulfiya va uning ijodi to`g`risida ulug` insonlarimizning fikrlari.

B) “Zulfiya ijodi yoshlarimiz qalbida“.Viloyat va tumanlardagi Zulfiya izdoshlarining kitoblaridan namunalar qo`yiladi. Gazeta va jurnal maqolalari va suratli al’bom , bukletlar ham kitob ko`rgazmasini bezaydi.

ZULFIYA-IJODINI O`RGANAMIZ.

(Adabiy viktorina)

1.  Zulfiya hayoti haqida nimalarni bilasiz?-

–    Zulfiya    Isroilova    1915    yil    1   martda    Toshkentda hunarmand-degrez   oilasida   tug`ilgan.   Otasi   zahmatkash temirchi   bo`lgan,   onasi   Xadicha   opa   qo`shiq,   ertak   va afsonalarni juda ko`p bilgan va bolalarga aytib bergan.

        Zulfiya       1928   yilda       boshlangich   maktabni   tugalab, Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim gortiga ukishga kiradi.

2.  U adabiy faoliyatini qachon boshlagan?

–    1930 yildan boshlab “Ishchi”, “Turkiston”, “Yangi yul” jurnallarida dastlabki she’rlarini chop etilishi bilan adabiy faoliyati boshlangan.

3.  Zulfiyaning    jurnalist,    tarjimon    va    faol    jaoat arbobi ekanligi haqida nimalarni bilasiz?

–    Zulfiya       1941-1950      yillarda       O`zbekiston      Davlat nashriyotida   adabiyot bo`limi mudiri, 1950-1954 yillarda “O`zbekiston xotin-qizlari (Saodat) jurnalining adabiyot va san’at bo`limi mudiri vazifasida ishladi. U mohir tarjimon sifatida o`zbek kitobxonlarini rus va boshha qardosh       xalqlar       adabiyoti       namunalari       bilan tanishtirishda   ham   samarali   mehnat   qilgan.   Masalan: A.S.Pushkin, M.Yu.Lermantov M.Isakovskiy,T.Shevchenko shular   jumlasidandir.   Zulfiya   katta   jamoat   arbobi sifatida    ham    mashhur bo`lgan.    U    Osiyo-afrika    xalqlari birdamlik   komitetining   a’zosi,   o`zbek-hind   do`stligi O`zbekiston Jamiyatining prezidenti  sifatida  o`zining butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchilik va do`slik ishiga katta hissa qo`shgan shoiradir.

4.  Shoiraning     xijron,     umid     va     g`alaba     qo`shiqlari mavzusidagi ijodiga qaysi she’rlar turkumi kiradi?

–    Ikkinchi jahon urushi   yillari   Zulfiyaning   ijodi   yanada mazmundor   bo`lgan.   Bu   yillarda     “Uni   Farhod   der edilar”,   “Xijron   kunlarida”,   she’riy   to`plamlarini hamda rus tilida “Vernost'” to`plami nashr  etilgan. Shoira she’rlarida mashuqaning frontda qahramonona jang qilayotgan yigitga yozgan maktublari orhali dushmanga nafrat, g`alabaga ishonch, sevgida vafo va sadoqat tuyg`ularini ifodalagan. Bu mazulardagi she’rlariga “qo`limda qurolu ustimda shinel'”, “Gullar ochilganda”, “Ikki maktub”, “Bizni kut”, “Iigitlarga” va boshqalar kiradi.

5.  Zulfiya     Hamid    Olimjonning     qaysi     poemasiga     opera liberetasini yozgan?

–    Zulfiya   Hamid Olimjonning   “Zaynab   va   Omon”   poemasi asosida yaratilgan opera liberetosining avtoridir.

6.  Zulfiya- tinchilik elchisi sifatida  qaysi she’rlariga ko`proq ahamiyat bergan?

–    Zulfiya “Xulkar”, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin  kishilar”   nomli   she’rlariga   tinchilik   elchisi sifatida ahamiyat bergan.

7.  Prezidentimiz    tomonidan    Zulfiya    nomidagi    Davlat mukofot nechinchi yilda ta’sis etilgan?

–    O`zbekiston Respublikasi Prezidenta 1999 yil 10 iyundagi PF-2336 raqamli qarori  bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Ushbu viktorinani o`tkazish uchun  hakamlar haya’ti saylanadi . Ular adabiyot o`qituvchilari, adabiyotshunoslar, yozuvchi shoirlar, jurnalistlar, shuningdek adabiyot bilimdonlari bo`lishi mumkin. G`oliblarni sovg`alar bilan taqdirlash tavsiya etiladi. Sovga tariqasida kitoblar, gullar va esdaliklar topshirish mumkin.

Ushbu senariylar to’pmati to’liq word varianti yuklab oling.

Zulfiya tong kuychisi tadbir senariy yuklab olish